Frans shubert ijodi. (1797-1828) Reja



Download 16,92 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi16,92 Kb.
#927864
  1   2
Bog'liq
Frans SHubert ijodi


Frans SHubert ijodi.
(1797-1828)
Reja:

    1. SHubert – buyuk avstriyalik kompozitor. Musiqa san’atidagi romantizm oqimining ilk namoyandalaridan biri.

    2. SHubert ijodiga xarakteristika.

Buyuk avstriyalik kompozitor Franc SHubert Betxovenning zamondoshi edi. U bor yo’g’i o’ttiz bir yil umr ko’rdi va ijodiy faoliyati gullab yashnagan paytda vafot etdi. Hayotidagi doimiy muvaffaqiyatsizliklar, muhtojlik va nochorlik kompozitorni jismonan va ruhan holdan toydirdi va bevaqt vafotiga sabab bo’ldi. SHubert yaratgan to’qqizta simfoniyaning birortasi ham kompozitor hayotligida ijro etilmadi. Operalari ham sahna yuzini ko’rmadi. Olti yuzdan ortiq qo’shig’idan faqat ikki yuztasi, yigirmadan ortiq sonatasidan faqat ikkitasi nashr etildi. Agar kompozitorlar R.SHuman va I.Brams kabi SHubert musiqasining qadriga etuvchi jonkuyar kishilarning sa’i-harakati va izlab topish borasidagi ulkan mehnati bo’lmaganda SHubertning juda ko’p asarlari izsiz yo’qolib ketardi.
Tabiatan ochiqko’ngil, quvnoq va o’ta kamtarin inson bo’lgan SHubert yorqin, maftunkor, dilrabo musiqa asarlari yaratgan. Ammo uning oxirgi asarlarida qayg’u, dard-alam, tushkunlik va fojiali kayfiyat seziladi. Buning sababi faqat kompozitorning shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatsizliklarda emas, balki o’sha davr ijtimoiy-siyosiy muhitida ham edi. Betxovenning otashin musiqasi Buyuk Franciya revolyutsiyasi g’oyalaridan ilhomlanib yaratilgan. SHubert ijodining gullab yashnagan davri esa 19-asrning 20-yillariga, ya’ni barcha inqilobiy, ilg’or g’oya va fikrlar qatag’on qilingan davrga to’g’ri keldi. Ozodlik, birodarlik, tenglik haqida gapirish tugul eslash ham taqiqlangan edi. Bunday haqsizlik, to’siqlar va chegaralashlar SHubert kabi ijodkorlarga katta ruhiy azoblar berar edi. Ularning ijtimoiy – siyosiy ahvoldan qoniqmasligi va noroziligi san’atda o’z ifodasini topdi va yangi – romantizm oqimi dunyoga keldi. SHubert musiqa san’atidagi romantizmning ilk namoyandalaridan biri edi. U butun iste’dodini «kichkina inson» ning boy ichki dunyosini ko’rsatish, eng nozik his-tuyg’ularini tarannum etishga sarfladi. Doimiy turmush qiyinchiliklari, omadsizlik, muhtojlik uni tinimsiz ijoddan chalg’ita olmadi. «Men har kuni ertalab musiqa yozaman. Bir asarni tugatishim bilan darrov boshqasini boshlayman», - der edi kompozitor. U asarlarini juda tez fursatda yozib tugatar, musiqiy fikrlari uzluksiz ravishda tug’ilganidan qog’ozga tushirishga arang ulgurar edi. Agar nota qog’ozi tugagan bo’lsa turli qog’oz parchalariga yozar edi. Agar asar sifat jihatdan mukammal holatga kelmasa, kompozitor uning ustida to qoniqish hosil qilmaguncha ishlardi. Ba’zi she’rlarga SHubert ettitadan qo’shiq variantlarini yozgani ma’lum. SHubert mavjud barcha janrlarda juda ko’p ajoyib asarlar yozdi. Vokal va fortepiano miniatyuralaridan tortib yirik simfoniyalargacha – hamma janrlarda o’zining yangi, o’ziga xos va betakror uslubini namoyish qildi. Bu asarlarida ifoda vositalarining, birinchi navbatda kuy, ritm va garmoniyaning boy va xilma-xilligi, go’zalligi va nafosati tinglovchini maftun etadi. SHubert ijodi xalq musiqasi, Vena hayotiy musiqasi bilan bog’liq. Bu shaharda yashovchi turli xalqlarning kuy va qo’shiqlari kompozitorga kuchli ta’sir ko’rsatgan. SHubert o’z asarlarida ularni deyarli ishlatmagan bo’psa ham, xalq kuy va qo’shiqlaridan ilhomlanib ijod qilgan.
SHubert fortepiano uchun yoziladigan ekspromt, musiqiy lahza, qo’shiqlar turkumi, lirik-dramatik simfoniya kabi janrlarning asoschisi bo’lib, ularning keyingi rivojlanishiga yo’l ochib berdi. U qanday janrda ijod qilmasin, o’zi yaratgan janrlarda ham , an’anaviy janrlarda ham, barchasida o’zini yangi davr – romantizm davri kompozitori ekanligini ko’rsatdi. Uning yangi romantik uslubi keyinchalik SHuman, Mendelson, List va boshqa kompozitordar ijodida rivojlandi.
SHubert yaratgan asosiy asardar quyidagilardir:
600 dan ortiq qo’shiqlar, 9 ta simfoniya, 4 ta opera , 4 ta zingshpil, 22 ta torli kvartet, «Forel» nomli kvintet, fortepiano uchun 22 ta sonata, ekspromtlar, musiqiy lahzalar, xor va vokal ansambl uchun 100 dan ortiq asarlar,

Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish