Frans shubert ijodi. (1797-1828) Reja


Frants SHubertning qo’shiqchilik ijodi



Download 16,92 Kb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi16,92 Kb.
#927864
1   2
Bog'liq
Frans SHubert ijodi

Frants SHubertning qo’shiqchilik ijodi.


Qo’shiq kompozitor SHubertning eng sevimli janrlaridan biri bo’lib, u butun ijodiy yo’li davomida qo’shiqlar yozgan. Ular SHubert ijodida asosiy o’rin egallagan. Ularning soni 600 dan ortiq. Kompozitor musiqa san’atiga olib kirgan yangiliklar aynan uning ajoyib qo’shiqlarida yaqqol namoyon bo’ldi. Bu yangiliklar o’sha davr jamiyati hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar bilan bog’liq edi. Betxoven asarlari qahramoni –baxt va saodat uchun kurashuvchi inson o’rniga SHubertning qahramoni – oddiy va kamtar inson keldi. U o’zining shaxsiy hayotida baxtli bo’lishni orzu qiladi. Ammo bu unga nasib qilmaydi. Uning barcha orzu-umidlari amalga oshmaydi. Uning yagona sodiq do’sti tabiatdir. Faqat tabiatga u o’zining barcha fikrlari va sirlarini izhor qiladi. SHuning uchun daryo, o’rmon, gullar va qushlar obrazi SHubert qo’shiqlarida doim mavjud. Ular doim qo’shiqlar qahramoniga hamroh, uning g’ami va quvonchlariga sherikdir. SHubert qo’shiqlaridagi kuylar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Keskin, deklamacion xarakterdagi kuylar ko’p. Kompozitor ifodaning haqqoniy bo’lishi uchun ko’p hollarda chiroyli kuylar yozishdan voz kechgan. Fortepiano partiyasi ham SHubert qo’shiqlarida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Qo’shiqlardagi manzaralarni va obrazlarni tasvirlashda fortepiano ijrosi muhim ifoda vositasidir. SHubert qo’shiqlari orasida buyuk nemis shoiri Gyote sherlariga yozilgan qo’shiqlar nihoyatda mashhurdir. «Margarita charx yonida» deb atalgan qo’shiq 1814 yilda yozilgan. Qo’shiq qahramoni yolg’iz, g’amgin kayfiyatdagi qiz ip yigirib o’tirib uni tashlab ketgan sevgilisini eslaydi. Muhabbat o’tida kuygan qizning ruhiy holati mahorat bilan tasvirlangan. Qo’shiqning kuyi g’amgin, lirik xarakterda. Fortepiano partiyasi charxning bir maromda aylanib turishini tasvirlaydi. Gyote she’riga yozilgan yana bir qo’shiq –«O’rmon shohi» 1815 yilda yozilgan. Bu murakkab asarni qo’shiq emas, uch kishi ishtirokidagi dramatik sahna deb hisoblash mumkin. Ular tun qorng’usida o’rmonda ot choptirib ketayotgan ota, uning kichik yoshdagi kasal o’g’li va shu alaxsirayotgan kasal bolaga ko’rinayotgan o’rmon podshohidir. Ularning har birini kompozitor alohida kuylar bilan tasvirlaydi. Bolani ifodalovchi kuyda azob, qo’rquv va yolvorish ohanglari eshitiladi. Otasi uni tinchlantiradi. O’rmon shohi partiyasi mayin, yoqimli xarakterga ega. U bolani o’zining ajoyib saltanatida qolishga undaydi. Bu musiqiy xarakteristikalarni bog’lab turuvchi vosita fortepiano partiyasi bo’lib, dahshatli tun manzarasini va otning tez chopishini tasvirlaydi. Asar fojiali tugaydi. Kasallikdan qiynalib ketgan bola otasi qo’lida jon beradi. Asarda hikoyachi partiyasi ham bor. Bunday hikoyaga oid, musiqa syujet rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan dramatik asar ballada deb ataladi. Tinimsiz rivojlanish jarayonida bir biriga o’xshamaydigan obrazlarni qarama-qarshi qo’yib ko’rsatish ballada janriga xos xususiyatdir. Ballada o’zi adabiy janr bo’lib unda biror qahramon ko’rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. SHubert «O’rmon shohi» nomli qo’shiq–balladasi bilan bu janrni birinchi bo’lib musiqa san’atiga olib kirdi.
SHubertning vokal ijodida qo’shiq turkumlari alohida o’rin egallaydi. «Go’zal tegirmonchi qiz» va «Qishki yo’l» nomli qo’shiq turkumlari vokal musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan asarlardir. Bu ikki asar mazmuni uzviy bog’liq. Qo’shiqlarning hammasi shoir Vilgelm Myuller she’rlariga yozilgan. Qo’shiqlarning qahramoni bitta – yolg’iz, baxtsiz, darbadar inson. U hayotdan baxt va shodlik izlaydi. Ammo o’zgalarning unga nisbatan befarqligi, hiyonati uni baxtsizlik va yolg’izlikka mahkum etadi. «Go’zal tegirmonchi qiz» nomli qo’shiqlar turkumi qahramoni hayotga katta quvonch va yorqin orzu-umidlar bilan qadam qo’ygan yosh yigitdir. «Qishki yo’l» qo’shiq turkumida shu qahramon hayotdan xafsalasi sovigan, orzu-umidlari barbod bo’lgan kishi sifatida ko’rsatilgan. Ikkala qo’shiqlar turkumida qahramonning ichki kechinmalari tabiat hayoti bilan uzviy bog’liq. Birinchi turkum voqealari bahor tabiati fonida rivojlanadi, ikkinchisinikida esa qahramon qish peyzaji fonida ko’rsatiladi. Yoshlik va beg’ubor orzu-umidlar gullayotgan bahor timsolida, keksalik va baxtsizlik esa qish timsolida ifodalangan.
«Go’zal tegirmonchi qiz» nomli qo’shiqlar turumi 1823 yilda yozilgan bo’lib 20 ta qo’shiqdan iborat. SHoir Myuller she’rlari yosh tegirmonchi yigitning hayoti, omadsiz muhabbati va ruhiy azoblari haqidagi qissadir. Dunyoni kezib yurgan paytda u tegirmonga ishchi bo’lib yollanadi. Xo’jayinning qizini sevib qoladi va orzularga beriladi. Ammo u muhabbati va sadoqatiga javob ololmaydi. Tegirmonchi qiz ovchi yigitga turmushga chiqadi. G’am va ruhiy azobda qolgan yigit o’zini daryoga tashlab uning tubida osoyishtalik topishni orzu qiladi. SHu voqealar 20 ta qo’shiqda hikoya qilingan. Birinchi o’nta qo’shiq qahramonning yorqin, beg’ubor orzu umidlarini, keyingi o’nta qo’shiq esa boshqa kayfiyatlar: gumon, rashk va g’amginlikni ifodalaydi. Qo’shiqlarda daryo obrazi ham bor. U qahramonning doimiy hamrohi bo’lib bu obrazni ifodalashga ham kompozitor alohida e’tibor bergan.
«Qishki yo’l» qo’shiq turkumi 1827- yilda yozilgan bo’lib, 24 ta qo’shiqdan iborat. Hayotdan ko’ngli sovishi, g’am va mashaqqatlar bir paytlar yosh va navqiron yigitni butunlay o’zgartirib yuborgan. Endi qo’shiqlar qahramoni yolg’iz, darbadar inson. Baxtsizligi sabab u o’z yurtini tashlab sarsonlikda yuradi. Uning doimiy hamrohlari shamol, bo’ronlar va qarg’alardir. Qahramon bu qo’shiqlarda odamlar va hayotning mazmuni haqida falsafiy fikr yuritadi. «Qishki yo’l» turkumida syujetning rivojlanishi yo’q. SHuning uchun qo’shiqlar fojiali mavzu va kayfiyatlar bilan bog’langan.
Qo’shiq turkumlari misolida SHubert qo’shiqchilik ijodining o’ziga xos xususiyatlari haqida bemalol fikr yuritish mumkin. Birinchi o’rinda juda go’zal, ifodali, shehriy tekst bilan uyg’unlashib ketgan kuylarga e’tibor qaratish zarur. Qo’shiqlar kuyining xarakteri syujetning rivojlanishi bilan ham bog’liq. Tekstdagi muhim so’zlarni kompozitor ifodali inotaciyalar va garmonyalar bilan ta’kidlagan. Fortepiano partiyasining ham barcha qo’shiqlarida ahamiyati nihoyatda katta. SHubert qo’shiqlarining oddiyligi va nihoyatda ifodaliligining sababi ularning xalq qo’shiqlariga nihoyatda yaqinligidadir. Kompozitor qo’shiq yaratishda xalq qo’shiqlaridagi kabi kuplet shaklini doim qo’llagan. SHubert ko’p ishlatgan uslublardan biri major va minorning tez-tez almashib turishidir. Bu narsa qo’shiq qahramoni kayfiyatidagi o’zgarishlarni ifodalaydi.
Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish