Frank Gers tajribasi



Download 46,55 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2022
Hajmi46,55 Kb.
#402086
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 мавзу лаб 20 (2)

Tajribaning tavsifi

1914 yilda, James Frank and Gustav Gers lar simob bug'i orqali o'tayotgan elektronlar uchun energiyaning yo'qolishi aniq "qadamlar" bilan sodir bo'lishini va unga mos keladigan emissiya simobning ultrabinafsha chizig'ida bo'lishini e'lon qilishdi. Bundan bir necha oy keyinroq, Nils Bo'r bu hodisa uning atom modelini tasdiqlovchi isbot ekanligini tan oldi. Shunday qilib, Frank-Gers tajribasi kvant nazariyasini tasdiqlash uchun klassik tajriba hisoblanadi.

Bu tajribada tezlanish beruvchi kuchlanish U2 ning qiymati 0 dan 30 V gacha oraliqda o'zgarishi mumkin, boshqaruvchi potensial U1 va tormozlovchi kuchlanish U3 lar esa doimiy holda saqlanadi, va mos keluvchi anod toki IA o'lchab olinadi. Bu anod toki, dastlab, tezlashayotgan elektronlarning kinetik energiysi G2 setka yaqinidagi simob atomlarini uyg'ongan holatga to'qnashish natijasida o'tkazish uchun yetarli bo'lgan energiyaga (EHg = 4.9 eV) tenglashguncha, xuddi oddiy tetroddagi kabi ortib boradi. Ammo, tenglashgan paytda maksimal qiymatga erishib, keyin kamayadi, chunki elektronlar simob atomlari bilan to'qnashish natijasida energiyasini yo'qotadi, va energiyasi U3 tormozlovchi potensialni yengish uchun yetarli bo'lmay qoladi.

Tezlanish beruvchi kuchlanish U2 ning ortib borishi bilan, elektronlar G2 setkadan uzoqroqda bo'lgan simob atomlarini ham uyg'ngan holatga o'tkazish uchun yetarli bo'lgan energiyaga erisha boshlaydi, anod toki yana orta borib ikkinchi maksimumga erishadi. Simob atomlari bilan to'qnashishda yana energiyasini yo'qotganligi uchun, elektronlar tormozlovchi kuchlanishni yengishga zarur bo'lgan energiyaga yana ega bo'lmay qoladi, anod toki yana kuchli kamayib ketib, ikkinchi minimum hosil bo'ladi. Tezlantiruvchi kuchlanishni yana orttirilishi bilan elektronlar elektr maydonidan yana qo'shimcha energiya olishi natijasida yuqoridagi jarayon davriy ravishda takrorlanadi.





2-rasm. Frank - Gers tajriba sxemasining umumiy ko`rinishi. (Pocket-CASSY )
Tajribani o'rnatish(chizmaga qarang)

  • Frank-Gers tajribasining manbai o'chirilganligiga ishonch hosil qiling.

  • Manbaning orqa tomonidagi 4-mm li xavfsiz rozetkaga qizdiruvchi pechni ulang. Xususan, ulayotganingizda sariq vilka sariq rozetkaga va yashil vilka yashil roztkaga ulanganiga ishonch hosil qiling.

  • Qo'shimcha ravishda, 4-mm li mis vilkaning mis simini yashil-sariq xavfsiz rozetkaga ulang ( Frank-Gers trubkasini maydonlar interferensiyasidan ekranlash uchun).

  • Temperatura sensorini "NiCr-Ni" DIN rozetkaga ulang va Frank-Gers trubkasini manba sistemasining "Franck-Hertz tube" DIN rozetkasiga ulang.

  • Temperatura sensorini qizdiruvchi pechning yopiladigan teshigiga oxirigacha kiriting va mis tutgichli Franck-Gers trubkasini pechning ichiga siljiting.

Izoh: Agar temperatura sensorining issiqlik kontakti yomon bo'lsa, u pechning temperaturasini past ko'rsatadi va buning natijasida trubka o'ta qizib ketishi mumkin.

  • Operatsion modulni RESET ga qo'ying va manba sistemasini ulang (bir necha sekunddan keyin simob (Hg) uchun LED indikator yashildan ko'kka o'zgaradi.

  • "Default setting ϑS = 180 °C" ni tekshiring va ishchi temperaturaga yetguncha kuting (LED indikator qizildan yashilga o'zgaradi, temperatura ϑ dastlab maksimumga erishadi va keyin oxirgi temperaturada to'xtaydi).

Agar displeydagi indikator chaqnasa:

  • Temperaturani o'lchashni o'rnatishda xatolik mavjud (Instruksiya kitobiga qarang).

  • Sensor-CASSY uchun A kirish kuchlanishini anod kuchlanishiga proporsional bo'lgan UA chiqishga ulang va Sensor-CASSY uchun B kirish kuchlanishini tezlashtiruvchi kuchlanish uchun U2/10 chiqishga ulang.


Download 46,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish