Frame Relay texnologiyasining tuzilish prinsiplari va komponentlari



Download 61,98 Kb.
bet2/6
Sana30.12.2021
Hajmi61,98 Kb.
#96434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhammadiyev j KT MI

1. Frame Relay tarmog'i

Frame Relay tarmog'i kadrlarni kommutatsiyalaydigan tarmoqdir yoki raqamli aloqa liniyalaridan foydalanishga qaratilgan kadrlarni retranslyatsiyalovchi tarmoqdir. Frame Relay texnologiyasi OSI ning fizik va kanal satxlarini qo'llab-quvvatlaydi. Frame Relay texnologiyasi ma'lumotlarni uzatish uchun virtual ulanishlar (kommutatsiyalanadigan yoki doimiy) texnikasidan foydalanadi. Frame Relay protokollari steki fizik va kanal satxlari protokollari bo'yicha virtual ulanish o'rnatilganda kadrlarni uzatadi. Frame Relay da tarmoq satxining funksiyalari kanal satxiga siljigan, shuning uchun tarmoq satxi zarurat yo'q. Kanal satxining har bir kadrida, mantiqiy ulanishning nomeriga ega bo'lgan sarlavxa mavjud, u marshrutlash va trafikni kommutatsiyalashda ishlatiladi. Frame Relay – bitta aloqa kanalida bir nechta ma'lumotlar oqimini multipleksirlaydi. Kadrlar kommutatordan uzatilganda o'zgartirishlarga duchor qilinmaydi, shuning uchun tarmoq kadrlar retranslyatsiyasi deb nomlanadi. Shunday qilib, tarmoq paketlarni emas, kadrlarni kommutatsiyalaydi. Ma'lumotlarni uzatish tezligi 44 Mbit/s gacha bo'ladi, lekin bunda ma'lumotlar butligi va ularni yetkazish aniqligi kafolatlanmaydi.

Frame Relay ma'lumotlarni sifati yaxshi raqamli kanallarda uzatishga mo'ljallangan, shuning uchun uning kanal satxida uzellar orasida ulanish bajarilishini tekshirish va ma'lumotlar aniqligini nazoratlash mavjud emas. Kadrlar lokal tarmoqlar kommutatorlaridagiga o'xshash xolda o'zgartirishsiz va nazoratsiz uzatiladi. Shuning xisobiga Frame Relay tarmoqlari yuqori unumdorlikka ega bo'ladi. Kadrlarda xatoliklar aniqlanganda, kadrlar takroriy uzatilmaydi, balki buzilgan kadrlar yaroqsiz deb topiladi. Ma'lumotlar aniqligining nazorati OSI modelining yuqoriroq satxlarida amalga oshiriladi. Frame Relay tarmoqlari korporativ va xududiy tarmoqlarda quyidagi sifatlarda keng qo'llanadi:

-olisdagi lokal tarmoqlar (korporativ tarmoqlarda) orasida ma'lumotlar almashinish uchun kanallar sifatida;

-lokal va xududiy (global) tarmoqlar orasida ma'lumotlar almashinish uchun kanallar sifatida.

Frame Relay (FR) texnologiyasi asosan umumiy (ochiq) kommunikatsion tarmoqlar orqali lokal tarmoqlar protokollarini marshrutlash uchun foydalaniladi. Frame Relay paketlar kommutatsiyalanadigan ma'lumotlarni interfeys orqali foydalanuvchi oxirgi qurilmalari DTE (marshrutizator, ko'priklar, SHK) va ma'lumotlar uzatish kanalining oxirgi uskunalari DCE ("bulut" turidagi tarmoqning kommutatorlari) orasida uzatilishni ta'minlaydi.

Frame Relay kommutatorlari kommutatsiyaning to'ppa-to'g'ri o'tadigan texnologiyasini qo'llaydi, ya'ni kadrlar kommutatordan kommutatorga manzil adresi o'qilishi bilan uzatiladi, bu ma'lumotlarni katta tezlikda uzatilishini ta'minlaydi. Frame Relay tarmoqlarida yuqori sifatli uzatish kanallari qo'llanadi, shuning uchun kechikishga sezgir trafikni (tovush va mul`timedia ma'lumotlari) uzatish imkoniyati mavjud. Magistral kanallarda Frame Relay tarmoqlari optik-tolali kabellardan foydalanadi, kirish kanallarida esa yuqori sifatli o'ralgan juftliklar qo'llanishi mumkin. 1-rasmda Frame Relay tarmog'ining strukturaviy sxemasi keltirilgan. Frame Relay tarmoqlari quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

1.DTE (data terminal equipment) – ma'lumotlar uzatish apparaturasi

(marshrutizatorlar, ko'priklar, SHK).

2. DCE (data circuit-terminating equipment) – ma'lumotlar uzatish kanalining oxirgi uskunasi (tarmoqqa kirishni ta'minlaydigan telekommunikatsion uskuna).



1-rasm. Frame Relay tarmog'ining strukturaviy sxemasi

Frame Relay ning fizik satxi. Fizik satxda Frame Relay raqamli ajratilgan aloqa kanali, fizik satxning I.430/431protokolidan foydalanadi.

Frame Relay ning kanal satxi. Frame Relay tarmog'ida virtual kanallarning ikkita turidan foydalanadi: doimiy (PVC) va kommutatsiyalanadigan virtual kanallar.

Kanal satxida ma'lumotlar oqimi kadrlarga strukturalanadi, kadrdagi ma'lumotlar maydoni o'zgaruvchan qiymatga ega, lekin 4096 baytdan oshmaydi.


Download 61,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish