FRAKTAL TASVIRLARNI YARATUVCHI DASTURLARNING ZA’MONAVIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI
A.Z. Zaripova-magistrant
Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy shahri
Tabiatdagi ko‘pgina tizimlar ikki xil xususiyatni o‘ziga jamlagan: birinchidan, ular juda ulkan, serqirra va murakkab, ikkinchidan esa ular oddiy qonuniyatning juda kichik miqdori ta’sirida shakllanadi va ushbu oddiy qonuniyatlarga bo‘ysingan holda rivojlanib boradi. Bular kristallardan, va oddiygina klasterlardan tortib, to ekotizimlar biologik obyektlargacha bo‘lgan turli tuman tizimlardir. Fraktallar aynan shunday obyektlar sirasiga kiradi: bir tomondan murakkab, boshqa tomondan esa juda oddiy qonuniyatlar asosida qurilgan. Ushbu xususiyati tufayli fraktallar va ko‘plab tabiat obyektlari va hodisalari bilan juda ko‘p umumiylik xususiyatiga ega. Ammo fraktal, tabiat obyektiga nisbatan ma’lum qulaylik bilan farqlanadi. Fraktal- bu o‘z-o‘ziga o‘xshashlik xususiyatiga ega, ya’ni har biri butun shaklni takrorlovchi bir nechta qismlardan tashkil topgan geometrik shaklni bildiruvchi atama. Yanada kengroq ma’noda aytadigan bo‘lsak, fraktal deganda, kasrli metrik o‘lchamga yoxud metrik o‘lchamga ega, qat’iy ulkan topologik nuqtalar to‘plami tushuniladi.
Fraktal tasvirlarni yaratish uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud bo‘lib, ularning ichidan bir nechta dasturni ko‘rib chiqishimiz mumkin:
JFP Greator. Dastur, koeffitsiyentlar o‘zgarishi jarayonida nihoyatda go‘zal bo‘lgan Juliya fraktalining cheksiz shakl o‘zgarishlarini taqdim qiladi va to‘liq ekranli ko‘rinish, slaydlar taqdimotlariimkoniyatlariga ega. Shakl o‘zgarishlari jarayonida ranglar mutanosibligining parametrlarini, uning turlarini, masshtabini va ko‘rish sohalarini o‘zgartiradi. Yaratilgan tasvirlarni fraktal formatda va tanlangan miqyoslarda BMP formatda saqlaydi. BMP formatda saqlash va hisob kitob shakli, saqlanayotgan tasvirning o‘lchamlarini mm,sm,m, dyumlarda va miqyozini dpi da tanlash imkonini beradi [3].
Ultra Fractal. Yuqori sifatli noyob fraktal tasvirlarni yaratish uchun eng qulay dastur. Dastur nihoyatda do‘stona interfeysi bilan ajralib turadi va uning ko‘plab elementlari Photoshop interfeysini eslatadi hamda favqulotdda mukammal va ko‘rgazmali hujjatlar bilan ta’minlangan. Yaratilgan tasvirlarni poligrafiya uchun yaroqli bo‘lgan yuqori miqyoslardagi ko‘rinishga keltirish yoki ommaviy fraktal formatlardan birida saqlash mumkin. Bunday ko‘rinishdagi tasvirlar rastorli grafik formatlardan (jpg, bmp, png va psd) biriga fraktal animasiyalar esa AVL formatga eksport qilinishi ham mumkin [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |