Foydali qazilma uyumi – sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy mineral xom ashyoning er yuzasida yoki er ostida to‘planishi.
Formatsiyalar – bir xil geologik sharoitda paydo bo‘lib, o‘zaro birga hosil bo‘lishi jihatidan bog‘langan va yoshiga ko‘ra yaqin tog‘ jinsi, mineral va ma’danlarning tabiiy to‘plamlari.
Elyuviy – nurash jarayoniga uchragan va hosil bo‘lgan eridan siljimagan bo‘shoq tog‘ jinslari.
13. NURASH KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI
13.1. Nurash jarayoni
Quyosh nuri, havo, suv va tirik mavjudotning aktiv ishtrokida er qobig‘ining ustki qismidagi tub jinslar doim o‘zgarib, emirilib turadi. Bu protsess nurash deb ataladi.
Haroratning o‘zgarib turishi natijasidagi emirilish – fizik-nurash deyiladi. Bunda asosan, haroratning sutkalik o‘zgarishi va suvning muzlashida kengayishi katta ahamiyatga ega. Ma’lum bo‘lishicha, muzning er yoriqlari devorlariga tasir kuchi 6000 lg/sm2 gachiqar ekan.
Nurash protsesslarining samarali bo‘lishida tektonik, ya’ni er qobig‘idagi darzliklarning kattaligi, ularning relefi va tog‘ jinslari yotqiziqlariga nisbatan yo‘nalishi kabi faktorlar ham katta ahamiyatga ega.
Fizik nurash jarayonida jonli dunyo, ayniqsa o‘simliklar sezilarli ish bajaradi. Ular, birinchidan ildiz otib, suvning chuqurlikka kirib borishiga yordam bersa, ikkinchidan o‘zida nam saqlab nurash jarayonlari uchun qulay sharoit tug‘diradi.
SHamol tog‘lardagi yoriq va darzliklarga kirib qoluvchi qum va boshqa nurash mahsulotlarini o‘chirish bilan birga emirilishini ham bajaradi. Buni shamol eroziyasi yoki defilyasiyasi (lot. Defilyasiya – uchiraman) deyiladi. Nurash materiallari o‘z og‘irligi bilan pastga qulaydi va migratsiya agentlari yordamida yiroqlarga olib ketiladi. Bu jarayon denudatsiya (lot. Denuda –yalong‘ochlayman) deb ataladi.
Nurash hodisalarida dengiz ham katta ish bajaradi. Dengiz suv to‘lqinlari har qanday mustahkam toshlarni urib sindirish va ming tonnagacha og‘irliklarni dumalatib siljitishga qodir.
Tog‘ jinslarida havo qismlarida karbonat sulfat kislotalari va ularga boy bo‘lgan suv ta’sirida hosil bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar – kimyoviy nurash deyiladi.
Kimyoviy nurash protsesslarida juda muhim bo‘lgan oksidlanish reaksiyalarining bajarilishida asosiy agent kislaroddir. Korbanat, sulfat, organik, gumus kislotalarini va boshqa kislotalar ba’zi slikatlarni suvda eruvchi korbanat va sulfat birikmalariga aylantirib turish aktiv ish bajaradi. Bu kislotalar sulfatlarning oksidlanishidan va organizmlarning chirishidan hosil bo‘ladi.
Organizmlar asosan o‘simliklar va bakteriyalar kislorod ishlab chiqaradi va uning bir turidan ikkinchi turiga o‘tib turishi ta’minlangan, hamda o‘lish natijasida o‘zidagi vodorod tog‘ jinslarining kationlariga (metallariga) almashib, muhitni agressiv kislotalarga boyitib beradi.
Kimyoviynurash jarayonida temperatura hamkatta rol o‘ynaydi. Ma’lum bo‘lishicha vodorodning 10oS ga oshishi gidroliz reaksiyasini 2-2,5 marta tezlashtirar ekan (N.Straxov).
Gidrotlanish o‘z yuzasiga suv shimib ushlab tura oladigan adsorbent minerallar sistemasiga xosdir. Bunda shimilgan suv miqdori shimish yuzasi va muxitdagi bug‘ bosimiga bog‘liq bo‘lib, u mineralning kristallik tugunlarigakirish (gidroksid suv) qattiq eritmalar hosil qilish (kristall gidrad suvlari) mineral to‘qimalarning oraliq kanallariga joylanishi (siolitsuvi) shimilgan (adsorbsion) suv holida bo‘lishi mumkin. Alyuminiy, marganets va temir oksidlari ana shunday hususiyatlarga egadir.
Gidrolizlanish suvning parchalanishi natijasida ajralgan va dorodioni bilan tub jinslarning asoslari o‘rtasidagi almashinuv reaksiyasini xarakterlaydi. Buprotses rN soni, kislotalar miqdori va suv haroratining ortishi bilan kuchayadi. Bunda silikatlar o‘rnida gil minerallari, temir, marganets, alyuminiy oksidlari va gidrooksidlari hosil bo‘ladi.
Dioliz gilning o‘z tarkibidagi metall kationlarini diffuziya yo‘li bilan tarqatib, «tozagil» holiga kelishini xarakterlovchi jarayondir.
Kimyoviy nurash tub jins minerallarining tarkibiga bog‘liq. Bunda asosli va magnezial minerallar nordon va temirlilarga qaraganda tezroq nuraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |