18-rasm. Kolchedan konlarining hosil bo‘lishi jarayonlari (a); Urpin kolchedan koni; Ushnotan (v) (YAponiya) kolchedan koni.
SHartli belgilar: 1-To‘rtlamchi davr yotqiziqlari; 2-andizit-bazalt, datsit vulkanik jinslar; 3-porfiritlar; 4-dengiz tubiga qadar otilib chiqqan vulkanlar; 5-andizit-bazaltvulqonlar; 6-zamin (fundament) tog‘-jinslari; 7-qadimiy terregen yotqiziqlar; 8-qadimiy gneyslar; 9-dengiz osti loyqa yotqiziqlar; 10-razlom (darz)lar; 11-ma’dan yotqiziqlari; 12-oxaktosh yotqiziqlari.
SHuning uchun bu gruppa konlari ko‘pincha qadimiy ofeolit va regional metamorfizm oqibatida xlorit-epidotlashgan (zelenoslansevaya fatsiya) cho‘kindi tog‘ jinslari tasmalari tarkibida uchraydi.
O‘zbekistondagi bu gruppaga kiradigan bitta «Xondiza» koni ma’lum. Bu kon Surxondaryo viloyatining Sariosiyo xududida Surxantau tog‘ining (G‘issor tog‘ining janubiy-g‘arb tomoni) shimolida joylashgan. Dastlab bu kon ohaktosh qatlamlari bilan bog‘langan, deb taxmin qilingan (19-rasm).
19-rasm. Xondiza ma’danlar maydonining soddalashtirilgan geologik xaritasi.
SHartli belgilar: 1-Zamonoviy va to‘rtlamchi yotqiziqlari; 2-yuqori paleozoy vulkanik jinslar; 3-porfiritlar; 4-kembiriyga qadargi granit-gneyislar; 5-ordovik-silur-yoshidagi cho‘kindi-terregenjinslar; 6-gneys va slanetslar; 7-darzlar; 8-Xondiza va CHinorsoy kolchedon polemetalik konlar va na’munalar.
Lekin 1961 yili berilgan burma kuduq, chuqurlikda er yuzasiga chiqmagan ko‘p ustunsimon madanlarini aniqladi. Keyingi olib borilgan tadqiqotlar koni ko‘p metalli-kolchedon turidan ekanligini ko‘rsatdi. Xondiza ma’danlar maydoni tarkibiga o‘zidan boshqa YAna unga yaqin ko‘p metalli oltin-kumush na’munali uchastkalar – YAngi-soy, CHernov, Eng‘oqli va boshqalar kiradi.
Bu konlarning hosil bo‘lishi asosan xududda yuqori paleozoy davrida Boysun O‘rta massivining aktivlanishi oqibatida hosil bo‘lgan darzlar va vulkanik jarayonlar bilan bog‘liq.
Asosiy ma’danlar andezit-datsit, riodatsit formatsiyalari va quyi karbon ohaktosh qatlamlari tarkibida uchraydi. Markaziy qismi ko‘p metallikolchedan, kuragi sof kolchedon rudalaridan iborat. Ruda gavdalari buklangan, egilgan va linza shaklida bo‘lib, 80-90% pirit,qolgan qismi boshqa sulfidlardan iborat. O‘zgargan jinslari: berezitlashgan, propilitlashganriodotsit tuflar, ba’zan andizitlar. Uzunligi 200 m dan 1-1,2 kmgacha bo‘lib, 350-500 m chuqurlikgacha tarqalgan.
Xulosa
Mavzuda kolchedan konlarining hosil bo‘lish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ulardagi tog‘ jinslari va foydali qazilmalar qanday termodinamik faktorlar, chuqurliklarda paydo bo‘lishi aytib o‘tilgan. Mavzudagi rasmlarda Rossiyadagi Urpin, YAponiyadagi Ushnotan kolchedan konlarining hosil bo‘lishi jarayonlari va O‘zbekistondagi Xondiza ma’danlar maydonining soddalashtirilgan geologik xaritasi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |