Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


KOLCHEDAN KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI



Download 17,73 Mb.
bet38/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

11. KOLCHEDAN KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI


Kolchedan – temir, mis, margimush, nikel, kobalt, kalay metallarining oltingugurtli birikmalari, biosulfidlari, kamroq monosulfidlari va ba’zan sulfotuzlarining yig‘ma umumiy nomi.
Kolchedanlar (yunon. Chalkedon – Kichik Osiyodagi kadimgi yunon shahri) – rudali minerallar, temir, mis, kobalt, nikel va boshkalarning oltingugurt, surma va margimushli birikmalari.
Kolchedanlarning oltingugurt (pirit) FeS2, mis (xalkopirit) CuFeS2, margimush (arsenopirit) FeAsS, kobalt (lineit) Co3S4. Nikel (nikelin) NiAsS va boshqa turlari ma’lum. Kolchedanlar qattiq, metalldek yaltiroq, murakkab kompleksli rudadir. Masalan, mis va mis-rux kolchedanida 42% oltingugurt, 35% temir, bir oz mis, rux, juda oz miqdorda margimush, oltin, kumush, selen va tellur bo‘ladi.
O‘zbekistonda polimetall, qo‘rg‘oshin, mis-rux va boshka kolchedan konlari bor. Qoramozor, Kurama, CHotqol, Nurota, Zirabulok-Ziyovutdin, Xisor, Zarafshon tizma tog‘laridagi konlar bunga misoldir. Kolchedanlar metallurgiya sanoati uchun muhim ahamiyatga ega. Ulardan, asosan, oltingugurt, mis, rux, kumush, oltin, tellur va boshqalar olinadi.
Kolchedanlarning keng tarqalgan turlari – oltingugurtli kolchedan – FeS2 (pirit), mis kolchedani – CuFeS2 (xalkopirit). Pirit tarkibida 53,4% oltingugurt, 46,6% temir mavjud.
Kolchedan konlari turli geologik jarayonlar, masalan: magmaning kristallanishida (mis-nikelli kolchedan) va skarnlarning paydo bo‘lishida (mis, oltin kolchedani) hosil buladi.
Kolchedanlar vulqon mintaqalari orasida uzunligi bir necha 1000 km li uyumlar hosil qiladi. Vulqon otilishidan chiqqan eritmalar katta miqdorda metallarni olib chiqadi, ular oltingugrt bug‘lari bilan birikib sulfidli kolchedan konlarini g‘osil qiladi. Kolchedan konlari dunyo bo‘yicha keng tarqalgan.
O‘zbekistonda – Olmaliqda, polimetall, qo‘rg‘oshin, miss-rux va boshqa kolchedan konlari mavjud. Kolchedanlar metallurgiya sanoati uchun muhim ahamiyatga ega. Piritdan, asosan, oltingugurt kislotasi olishda foydalaniladi. SHuningdek, uni qayta ishlash natijasida olinadigan oltin, kumush, nikel, kobalt, vismut va boshka kimmatbaho metallarning konsentratori ham hisoblanadi.
Kolchedan konlar gruppasiga gidrotermal – metasamatik, gidrotermal-cho‘kindi va ularning aralashgan konlari kiradi. Ko‘p yillar davomida bu konlar cho‘kindi konlar gruppasi tarkibida o‘rganilib kelingan. Faqat A.Zavaritskiyning 1930-1940 yillar davomida janubiy Ural xududidagi quyi devon ohaktosh va vulqon yotqiziqlari tarkibidagi temir-mis ma’danlarini o‘rganish oqibatida mustaqil konlar gruppasi deb tan olingan. Deyarli hamma kolchedan konlarining ma’danlari qandayholda va shaklda uchramasin, mineralogik tarkibi bir xil: pirit, pirrotin ba’zan markaziy va bular bilan birga uchraydigan xalkopirit, bornit, sfalerit, galenit va boshqa sulfidlardan iborat bo‘ladi.
Kolchedan konlarining uch xil sanoatbob turlari ma’lum: 1-Karelsk turi yoki oltingugurtli kolchedan konlari. Bu turdagi konlar asosan oltingugurt kislotasi olishda xom-ashyo sifatida foydalaniladi; 2-Ural turidagi miss-kolchedan konlari. Bu turdagi konlardan mis olinadi; 3- Altay turidagi ko‘pmetalli-kolchedan konlari. Bulardan mis, qurg‘oshin va rux metallari olinadi. Bazan bu turlardagi konlardan asosiy komponentlardan tashqari qo‘shimcha sifatida yana oltin, vismut, margamush, kadmiy, selen, tellur va boshqa elementlar ham olinadi.
Er sharida deyarli hamma tektono-magnitik sikllarda hosil bo‘lgan kolchedan konlari ma’lum: arxey sikli bilan Kanada, AKSH va Rossiya (Korelsk) kolchedon konlari; proterazay davrida esa Rossiyaning deyarli hamma kolchedan konlari (SHimoliy Ural, Baykal ko‘li atrofi, Karpat tog‘larining orqa qismi va SHimoliy Tyan-SHan konlari), shuningdek Kanada, Xindiston, Marokash, JAR, SHvetsiya, Finlandiya kolchedan konlari va kaledan sikli bilan Buratiya, Garbiy Sayan, Djungar, Alatau, CHexoslovakiya, Eron, Norvegiya va boshqa konlar; Gersenidlar bilan esa Ural, Altay, Qozog‘istan, O‘rta Osiyo va Kavkazdagi kolchedan konlari bog‘liq.
Madan yotqiziqlarining pastki va ustki kismlaridagi cho‘kindi tog‘-jinslar kon hosil kiluvchi gidrotermal eritmalar (flyuidlar) tasirida xloritizatsiya, seritsitizatsiya, piritizatsiya, okvarsevaniya va boshka avtometasamotik o‘zgarishlarga uchraydi. Genetik jixatidan kolchedan konlari evgsosinklinal burmalarning boshlang‘ich rivojlanish davrida, suv ostida submarin sharoitda sodir bo‘ladigan tarkibi bazalt-liporit, vulkanik jarayonlar (formatsiyalari) bilan bog‘lik bo‘ladi (18-rasm).



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish