10.3. Past haroratli gidrotermal konlar
Past haroratli gidrotermal konlar gidrotermal eritmalarining xarorati 200o – 50oS gacha pasayshi natijasida yuzaga kelib, bunda bosim ham past bo‘ladi. Bu jarayon gidrotermal eritmalari boshlanish davrlarida (yuqorida aytilgandek) baland temperatura va bosimdan past temperatura holatiga o‘tguncha sezilarli uzoq masofani (6-8 km) bosib, er qobig‘ining ichki qisimlaridan ustki (bosim past) qismlariga etib kelguncha sodir bo‘ladi.
Past temperaturali gidrotermal konlari rivojlangan xududlarida o‘sha konlarni hosil qiluvchi (eritmalarini beruvchi) magmatik ona jinslari ko‘pincha uchramaydi. CHunki ular konlarga nisbatan ancha chuqurlikda joylashgan bo‘lib, kuzatish imkoniyatdan tashqarida bo‘ladi. Bunday sharoitda konlar magmatik ona jinslarining ustida yotgan cho‘kindi-metamorfik jinslar (ohaktosh, qumtosh, slanets, effuzivlar va ularning aralashib yotgan qatlamlari) ichida joylashadi.
Past temperaturali gidrotermal jarayon natijasida turli ma’dan va noma’dan foydali qazilmalar paydo bo‘ladi. Bularning ichida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlarni quyidagi minerallar – kinovar (HgS), antimonit (Sb2S2), realgar (AsS), auripigment (As2S3), oltin (Au), kumush (Ag), elektrum (Ag, Au), telluridlar-kalaverit (AuTe2), silvanit (AuAgTe4) va boshqalar tashkil etadi. Noma’dan minerallar safiga kvars, karbonatlar, barit, alunit va boshqalar kiradi.Ko‘pchilik past temperaturali gidrotermal konlardagi ruda gavdalarining shakli tomir, linza, tabaqasimon bo‘ladi. Bu xil konlarda ruda oldi o‘zgarishlaridan seritizatsiya, dolomitizatsiya, baritizatsiya, kvarslanish jarayonlari sodir bo‘ladi.
Polimetall formatsiyasining vakillari Qozog‘istonning Qorotog‘ida (Achisoy, Mirgolimsoy), AQSHning Missisipi daryosi atrofida uchraydi. Simob va surma formatsiyasiga Donbassdagi Nikitovka, O‘rta Osiyoda Xaydarkon, Qadamjoy, Ispaniyadagi Amaden va Xitoydagi bir nechta konlar kiradi.
Plutonogen-gidrotermal koniga misol tariqasida Qoramazor tog‘idagi Kalmoqqir mis-molibden va Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin konlari bilan tanishamiz.
“Qalmoqqir” mis-molibden konining geologik tuzilishida devon davrining (D1-D2-3) cho‘kindi vulqon jinslari va ularni o‘rta toshko‘mir davrida yorib chiqqan sienit-diorit intruziv massivi qatnashadi. Sienitdioritlari o‘z navbatida C3-P1 yoshli granodiorit-porfir, sienit-diorit-porfir, aplit, diabaz-porfirit daykalari yoradi (15-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |