10.2. O‘rta haroratli gidrotermal konlar
O‘rta haroratli plutonogen gidrotermal konlarining hosil bo‘lishi eritmalarining 300o dan 200oS ga pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib, katta va o‘rta chuqurliklarda paydo bo‘ladi. Agar baland temperaturali konlar, asosan nordon magmatik jinslar bilan genetik bog‘liqlikda bo‘lsa, o‘rta temperaturali konlar magmatik jinslarning barcha turlari (nordon, ishqoriy, asosiy, o‘ta asos) bilan bog‘liq bo‘ladi. Xalq xo‘jaligida o‘rta temperaturali gidrotermal konlari katta ahamiyatiga ega. Ulardan Au, Ag, Cu, Bi, Pb, Zn va boshqa metallar olinmoqda. Bu konlarning asosiy minerallarini oltin (Au), kumush (Ag), elektrum (Ag, Au), xalkopirit (CuFeSe), bornit (Cu5FeS4), kuprit (Cu2O), sfalerit (ZnS), nikelin (Ni As), millerit (NiS), kobaltin (Co, Fe)AsS), shmaltin (Co As3), gematit (Fe2O3), siderit (FeCO3), pirit (FeS2), arsenopirit (FeAsS), kassiterit (SnO2), stanin (Cu2FeSnS4), molibdenit (MoS2), uraninit (U2UO7), nasturin (U2UO7) va boshqalar tashkil etadi. Bulardan tashqari, bu klass konlarida bir qancha noma’dan foydali qazilmalar: talk, magnezit, xrizotil-asbest, tog‘ xrustali va tomir minerallari-kvars, barit, karbonatlar ham uchrab turadi.
Qora minerallarga boy bo‘lgan o‘rta magmatik jinslar xloritlanadi. Bu hodisa natijasida jinslar tarkibidagi temir hisobiga xlorit, slyudalar paydo bo‘ladi. Ayrim (miss, qurg‘oshin, rux) konlarida karbonatlanish ham yuz beradi. Agar qurshovchi jinslar loyqa katlamtosh, arkoz-qumtosh bo‘lsa kvarslanish va boshqa o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.
O‘ta asosli jinslarda, ikki tur o‘zgarish (serpentinlanish va listvenitlanish) sodir bo‘ladi. Serpentinlanish – o‘ta asosli jinslarning magnezial silikatlari xisobiga serpentinlar paydo bo‘lishidir. Listvenitizatsiya deganda o‘ta asosli magmatik jinslarning silikatlari (olivin, piroksen) eritmalar ta’sirida parchalanib, o‘rinlariga temir va magnititli karbonatlar, kvars, fuksit hosil bo‘lishi tushuniladi. Bu o‘rta temperaturali gidrotermal konida bir emas, balki bir necha turi birdaniga sodir bo‘lishi mumkin.
O‘rta temperaturali gidrotermal konlari ona magmatik jinslarning bag‘ridangina joy olmasdan, ulardan ancha o‘zokda yotgan turli (cho‘kindi va metamorfik) jinslar ichida joylanishi ham mumkin. Bu turdagi konlar metasomatik yo‘llar bilan yoki ochiq darzlarga joylanish yo‘llari bilan yuzaga kelib, oddiy va murakkab tomir, linza, shtok, shtokverk, ustun, qatlam va boshqa shakllarga ega bo‘ladi.
Bu turdagi konlar tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular ichida turli ma’danli formatsiyalar ajratiladi:
1)oltin sulfidli formatsiyasi. Bu formatsiya konlari O‘zbekiston (Muruntov), Qozog‘iston (Stepnyak) va AQSH (Materinskaya jila) da topilgan;
2) mis-molibden formatsiyasiga O‘zbekistondagi Qalmoqqir, Qozog‘istondagi Kounrad, AQSH dagi Bingxem va boshqa konlar kiradi;
3) sof molibden formatsiyasi. Bu formatsiya kam uchrashiga qaramay, tabiatda juda kata konlar hosil qiladi (AQSH dagi Klyaymaks koni);
4) polimetall (Pb, Zn) formatsiyasi juda keng tarqalgan formatsiyalardan biri hisoblanib, Rassiyadagi Takeli, Sadon, Gorevskoe, Leninogorskoe, Timinskoe va boshqa konlarni o‘z safida uyushtiradi. Bu formatsiya boshqa davlatlarda ham eng ko‘p tarqalgan formatsiyalar qatoriga kiradi;
5)xrizotil-asbest formatsiyasini tashkil etuvchi konlar Ural, Kanada va Rodeziyada uchraydi;
6)tog‘ xrustali formatsiyasi (Pamir, Aldan va boshqa erlarda uchraydi) ham shu temperaturali gidrotermal konlari bilan bog‘liq. Bulardan tashqari bu klass konlarda barit (Salayir, Oltoy), Miaskit (Uralda), flyuorit (Obiraxmat, Takob-O‘rta Osiyoda), magnezit (Satka-Uralda) formatsiyalari ham ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |