Glossariy
Abissal – dengiz tubining 3000-6000 m chuqurliklariga to‘g‘ri keladigan qismi. Okean tubining 75% ga yaqin qismini egallaydi.
Metasomatoz– tog‘ jinslarining eritmalar ta’sirida o‘z kimyoviy tarkibini o‘zgartirishi. Metasomatoz natijasida tog‘ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi o‘zgaradi; minerallar erishi bilan birga yangilari hosil bo‘ladi. Bunday metasomatoz magmatik jarayondan keyin ajralib chiqadigan eritmalar ta’sirida yuzaga keladi.
Magnezial skarnlar – kontakt-metasomatik tog‘ jinslari, ko‘pincha granitoidli intruzivlarning dolomitlar bilan kontakt qismlarida hosil bo‘ladi.
Ohaktoshli skarnlar – yuqori haroratli ohaktosh-magnezial-temirli metasomatik tog‘ jinslari. Silikatlar va alyumosilikatli tog‘ jinslari kontaktlarida va ularning chekkasidagi yuqori haroratli (1000-1400oS) eritmalar haroratining pasayishi sharoitlarida mineral hosil bshlishining magmatizmdan keyingi bosqichidagi ishqorlar ta’siri ostida, hamda gipabissal va mezoabissal sharoitlarida shakllanadi.
Skarn – granit magmasining ohaktosh bilan o‘zaro ta’siri oqibatida metasomatik vujudga keluvchi ohakli-temirli yoki ohakli-magnezial-temirli tog‘ jinslari.
Skarnoid – genezisi bo‘yicha skarn va rogoviklar o‘rtasidagi oraliq tog‘ jinsi.
Tektonika – geologiyaning Er po‘sti strukturasi va uning umuman Er taraqqiyoti bilan bog‘liq (tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida) o‘zgarishini o‘rganadigan tarmog‘i.
9. ALBIT VA GREYZEN KONLARINING
HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI
Bu ikki hil konlarning bir gruppaga kirishining asosiy sababi shundan iboratki, ular bitta geologik jarayon oqibatida ketma-ket hosil bo‘ladilar. Albitit konlarida uchraydigan foydali qazilma va minerallar qatoriga sirkoniy, niobiy, tantal, toriy, greyzenlarda esa berilliy, litiy, qalay, volfram, flyuorit, topaz va boshqalar kiradi. Bularning hosil bo‘lishida nafaqat ishqoriy metasomatoz jarayoni, balki ma’lum darajada bu elementlarning miqdori ona jinslar tarkibida yuqori bo‘lganligi ham sababchidir. Bu gruppaga kiruvchi konlar Qozog‘istonda, Baykol yo‘li atrofida, Uzoq SHarqda, SHarqiy Sibirda, O‘zbekistonda va uzoq xorijdan - Kichik Osiyo, Indoneziya, Xitoy, Markaziy va G‘arbiy Afrika davlatlarida ma’lum.
Albititli konlar geologik nuqtayi nazardan, avvalam bor, burmalarning ohirgi va keyingi rivojlanish stadiyalarida, qadimiy щit va platformalarni aktivlashgan qismlarida ko‘p tarqalgan rasmona biotitli granitlar, ishqoriy va o‘ta nordon granitlar, ba’zan esa nefelinli sienitlar tarkibida uchraydi. YOshi jihatdan bu konlar kembriy davridan tortib, mezo-kaynozoy davrigacha hosil bo‘ladi. Strukturasida intruzivlarning yuqoridan qoplab turgan cho‘kindi tog‘ jinslarining qatlamlari, fizik-kimyoviy hususiyatlari, burmalari, yoriqlar alohida o‘rin oladi.
Bu gruppa konlarining hosil bo‘lish jarayoni quyidagicha sodir bo‘ladi (12- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |