Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


YOnuvchi foydali qazilmalar



Download 17,73 Mb.
bet13/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

YOnuvchi foydali qazilmalar – ko‘mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanets).
Foydali qazilma – sanoatda yoki xalq xo‘jaligida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, er bag‘rida joylashgan minerallarning to‘plami. Qazib olinayotgan foydali qazil-malar qattiq, suyuq va gaz holida bo‘lishi mumkin.
Ma’dan – foydalanish iqtisodiy jihatdan naf keltiradigan tabiiy minerallar uyumi.
Ma’dan belgisi – etarli o‘rganilmagan yoki qazib olishga yaroqsiz foydali qazilmalar yig‘indisi.
Ma’dan gavdasi – metall elementlar va ularning minerallari to‘planishidan hosil bo‘lgan foydali qazilma koni.
Ma’dan koni – metall elementlar va ularning minerallari to‘planishidan hosil bo‘lgan foydali qazilma koni.



  1. MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI

Foydali qazilmalarga boy magmaning differensiyalanishi jarayonlarida, o‘ta asosiy, asosiy va ishqorli qotishmalardan hosil bo‘lgan konlar m a g m a t i k konlar deb ataladi. Bu konlarda titan-magnetit, apatit-magnetit, mis-nikel, xromit rudalari, platinoidlar, oltin, olmos, kobalt, vanadiy, siyrak er elementlari, grafit kabi foydali qazilmalarning yirik zahiralari ma’lum.
Magmatik konlar 1300o-1500oS dan ham ortiq haroratda, yuzlab atmosfera bosimi ostida sezilarli chuqurlikda shakllanib, yuqorida aytib o‘tilgan tog‘ jinslarning orasida uchrashligi bilan harakterlanadi. Demak, bu xil konlarning va ularni o‘rab turgan tog‘ jinslarning hosil bo‘lishi magmaning er bag‘ridan ko‘tarilib chiqib qotish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq.
Ko‘pincha magmatik konlarni o‘zida joylashtiruvchi tog‘ jinslari gabbro, norit, piroksenit, dunit kabi asosiy va o‘ta asosiy jinslar bo‘lib, bu jinslarning ma’lum turlari bilan aniq foydali qazilmalar bog‘langan bo‘ladi. Jumladan, asosiy jinslarning – gabbro, norit, anortozit xillari bilan titan, vanadiy, mis-nikel, kobalt, konlari fazoviy va genetik bog‘lansa, dunit, peridotit, piroksenit kabi o‘ta-asosiy jinslar bilan platina, xromit, olmos konlari birga uchraydi.
Ko‘pchilik magmatik konlar joylashgan massivlarning yo‘l-yo‘l tuzilishi (ya’ni differensiyalashgan otqindi jinslardan tuzilishi) e’tiborni jalb qiladi. Bu xol asosiy jinslarda temir gruppasi metallarining yuqori miqdorda va kremnezyomning kam bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada bunday tog‘ jinslarini hosil qiluvchi magmaning qayishqoqligi kam, lekin engil harakatchan bo‘lishiga, ya’ni uning differensiyalanishiga sabab bo‘ladi. Magmaning sial va femik qisimlarga bo‘linish jarayoniga rudalarning suyulish temperaturasini kamaytiruvchi va birikmalarnining harakatlanishini yaxshilovchi turli uchuvchi komponentlar (H2O, Cl, B, F, P)ning ham ma’lum ta’siri bo‘ladi. Bo‘linish natijasida magma eritmasida ilgari kristallanib olgan minerallar pastga cho‘kadi, engillari esa yuqoriga ko‘tariladi, ya’ni magmatik jinslarning och rangli engil minerallari ustki va qoramtir og‘irlari pastki zonalarda joylashadi. Bunday differensiyalanish darajasi har xil bo‘lib, ayrim rayonlarda, masalan, Uraldagi intruziv massivlarida zonadan zonaga o‘tishi sezilarsiz bo‘lsa, boshqa erlarda keskin farqlanuvchan bo‘lishi mumkin.
Ona jinslarni tashkil qilgan massivlarning shakllari lakkolit, silla, monoklinal bo‘lib, cho‘kindi va metamorfik jinslarni yorib chiqqan, ba’zan ularning orasida monan yotgan bo‘ladi va o‘lchamlari turlicha bo‘ladi. Masalan, Uraldagi Kachkanar intruzivini ko‘rinib turgan maydoni 100 km2 dan oshiq.
Magmatik konlarni o‘rganishda rus geologlari M.Godlevskiy, A.Zavaritskiy, V.Sobolev, G.Sokolov, chet el olimlaridan I.Fonn, P.Vagner va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra magmatik konlar turli yo‘llar bilan hosil bo‘lishi aniqlangan.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish