Genetik tasniflash
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib foydali qazilma konlarini o‘rganish alohida bir fan darajasiga aylanib, bu fanni chuqur o‘rganish, konlarning kelib chiqishiga qarab klassifikatsiyalash imkonini yaratdi. Bu klassifikatsiyani genetik (konlarning hosil bo‘lish shart-sharoitlari va uning er bag‘rida tarqalish) klassifikatsiya deyiladi.
Konlarning genetik klassifikatsiyasini yaratishda jda ko‘p olimlar ish olib borganlar. Keyingi yillar ichida V.I.Smirnov ma’lum klassifikatsiyalarni umumlashtirib o‘zining yangi klassifikatsiyasini yaratdi (1965). V.I.Smirnov hamma konlarning hosil bo‘lish jarayonlarini uchta katta seriya (endogen, ekzogen,metamorfogen)ga bo‘ladi.
E n d o g e n seriyasiga kiruvchi konlarning hosil bo‘lishi er qobig‘ining chuqur qismlarida bo‘lib o‘tadigan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Endogen seriyasida 5 gruppa (magmatik, pegmatit, karbonatit, skarn, albit va greyzen, gidrotermal) konlari, bu konlar ichida esa 14 klass-konlar ajratiladi. Keyingi vaqtda bu seriya konlar tarkibida yangi kolchedan konlar gruppasi ham ajratilmokda.
E k z o g e n seriyasiga nurash va qoldiq konlar kiradi. Nurash konlariga 3 gruppa kiradi. Qoldiq (sizma, sochma, cho‘kindi) konlarning paydo bo‘lishi er qobig‘ining yuqori qismida sodir bo‘ladigan geologik, mexanik geokimyoviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu 3 gruppaning ichida esa 11 klass-konlar ajratiladi.
M e t a m o r f o g e n seriyasidagi konlar esa er bag‘rida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mahsuli hisoblanadi. Bu seriyada 2 gruppa (metamorflangan va metamorfik) konlari ajratiladi. Metamorfik gruppa o‘z navbatida 2 klass-konlariga bo‘linadi.
A. Endogen konlar seriyasi
I. Magmatik konlar:
1) erta magmatik konlar;
2) kech magmatik konlar;
3) likvatsion konlar.
II. P e g m a t i t k o n l a r:
oddiy (keramik) pegmatit konlari;
qayta kristallangan pegmatit konlari;
metasomatik o‘rin almashish pegmatit konlari;
desilitsir pegmatit konlari.
III. K a r b o n a t i t k o n l a r:
1)magmatik;
2) metasamatik;
3) aralashgan.
IV. S k a r n k o n l a r i:
magnezial skarn konlari;
ohak skarn konlari.
V. Albit va Greyzen konlari:
1)albitiy;
2) greyzen.
VI. G i d r o t e r m a l k o n l a r i:
plutonogen-gidrotermal konlari;
vulkanogen- gidrotermal konlari;
amagmatik.
VII. K o l ch e d a n k o n l a r i:
1) gidrotermal-metasomatik;
2) gidrotermal-cho‘kindi;
3) aralashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |