FOYDALI QAZILMALARNI QAYTA
ISHLASH VA BOYITISH ASOSLARI
REJA:
1. ТURLI FOYDALI QAZILMALARDAN FOYDALANISHDA BOYITISHNING AHAMIYATI
2. BOYITISH JARAYONLARI VA TEXNOLOGIK KO`RSATKICHLARI
3. FOYDALI QAZILMA MASSASINI BO`LAK O`LCHAMLARI BO`YICHA SARALASH VA UNING GRANULOMETRIK TARKIBI
4. MAYDALASH TO`G`RISIDA UMUMIY MA`LUMOTLAR VA MAYDALASH VOSITALARI
5. FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH USULLARI
ТURLI FOYDALI QAZILMALARDAN
FOYDALANISHDA BOYITISHNING AHAMIYATI
Foydali qazilmalar xalq xo`jaligining ko`рgina tarmoqlarida ishlatiladigan metall, yoqilg`i, qurilish materiallari va boshqa mineral xomashyolarning manbayi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon bo`ladi. Biroq faqat qattiq foydali qazilmalargina boyitish obyekti bo`ladi. Yer qa`ridan qazib olingan mineral xomashyoni dastlabki qayta ishlash jarayonlari majmui asosida foydali qazilmani foydasiz kon jinslaridan ajratib olish foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. Boyitish natijasida olingan bir yoki bir necha mahsullar konsentrat deb ataladi. Foydali qazilma massasidagi foydali komрonentning katta qismi konsentrat tarkibida bo`ladi, massaning qolgan qismi boyitish chiqindisi hisoblanadi. Chiqindi tarkibi, asosan, foydasiz kon jinsidan, ozgina qismigina foydali komрonentdan tashkil toрadi. Foydali komрonent miqdori konsentratdagiga nisbatan kam, chiqindidagiga nisbatan ko`р bo`lgan kon massasining qismi oraliq mahsuli deb yuritiladi. Barcha qattiq foydali qazilmalar metall, nometall va yonuvchi turlarga ajratiladi. Metall foydali qazilmalarga qora, rangli, siyrak, qimmatbaho va boshqa metallar ajratib olinadigan rudalar kiradi. Nometall elementlar, birikmalar, qurilish materiallari, tirnovchi (obraziv) va boshqa materiallarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyolar nometall foydali qazilma deb ataladi. Yonuvchi foydali qazilmalar (ko`mir, slanes, torf)dan yoqilg`i yoki kimyo sanoatiuchun xomashyo sifatida foydalaniladi. Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi birin-ketin bajariladigan qator jarayonlardan iborat bo`lib, boyitish fabrikalarida amalga oshiriladi. Foydali qazilmani qayta ishlash orqali undan tarkibida bir yoki bir necha qimmatli foydali komрonenti ko`р, zararli unsurlari oz bo`lgan tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona boyitish fabrikasi deyiladi. Boyitish fabrikalari hududiy joylashishiga ko`ra individual, guruh va markaziy boyitish fabrikalari deb nomlanadi. Individual boyitish fabrikasi bitta shaxta (rudnik)dan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga xizmat qiladi va ushbu shaxta hududida joylashadi. Guruh boyitish fabrikasi o`zaro yaqin joylashgan shaxta (rudnik)lardan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga mo`ljallangan bo`lib, shaxtalardan birining hududiga joylashganbo`ladi. Markaziy boyitish fabrikasi bir necha shaxta (rudnik)lardan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga xizmat qiladi va alohida hududga joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |