Foydali qazilmalarni boyitish



Download 17,82 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi17,82 Kb.
#370023
Bog'liq
Hujjat23


Foydali qazilmalarni boyitish

Foydali qazilma konlarini boyitishda tayyorlovchi, asosiy,yordamchi jarayonlardan tashkil topadi.

Tayyorlovchi jarayonlar bevosita shaxta (rudnik), karyer va boyitish fabrikalarida bajariladigan maydalash, yanchish, saralash, tasniflash, g'alvirlash, klasifikatlash, yer osti usulida tanlab eritish va boyitish, uyumlarda tanlab eritish va boyitishni o'z ichiga oladi.

Asosiy boyitish jarayonlarida fizik va fizik-kimyo jarayonlar ta'sirida foydali qazilmadagi foydali minerallar ajratilib, konsentratga, qolgan qismi chiqindilarga o'tkaziladi va bu boyitish usuli garavitatsiya, flatatsiya, magnit, elektr maxsus, changlarda tanlab eritish usullariga bo'linadi.

Yordamchi jarayonlar boyitilgan mahsulotni (konsentiratini) suvsizlantirish asosida belgilangan namlik me'yoriga keltirish, ajratib olingan suvni tozalash va boyitish jarayonlarida hosil bo'lgan changlarni bostirib (tutib olish) bilan bog'liq ishlardan tashkil topadi. Bu jarayon rudalarni changsizlantirish, sexlarni shamollatish, suvsizlantirish, maxsulotlarni quyiltirish, maxsulotlarni filtirlash, konsentrlarni quritish, chiqindilarni zararsizlantirishlarga bo'linadi.

Foydali qazilmalarni boyitishda ularni bir-biridan farqlovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalaridan foydalaniladi.Masalan boyitiladigan foydali qazilma massasi tarkibidagi jinslarning rangi, yaltiroqligi,qattiqligi,zichligi,shuningdek, magnitlash, elektirik va shu kabi boshqa xossalaridan boyitish jarayonlarida keng foydalaniladi.

Minerallar rangi, yaltiroqligi asosida ruda va ko'mirni qo'lda saralab boyitish jarayonlari amalga oshiriladi.Foydali qazilma tarkibidagi minerallarning qattiqligi ayrim ruda va ko'mir massasini maydalash hamda boyitish usullarini tanlab olishda katta ahamiyatga egadir.

Chunki yumshoq minerallar qattiq minerallarga nisbatan oson maydalanadi va yanchiladi.

Minerallar zichligi o'zgarishi, doirasining kengligi (foydali minerallar va foydasiz kon jinslari zichligining turlicha bo'lishi) asosida ruda va ko'mirni boyitish jarayonlari bajariladi.

Minerallarning turli kuchlanishga ega bo'lgan magnit maydonida magnitlash darajasining turlicha bo'lishiga asoslangan foydali qazilmalarni boyitish usullari ham konchilik amaliyotida keng qo'llaniladi. Elektr maydonda mineral zarachlarning elektirik va mexanik kuchlar ta'sirida turlicha munosabatda bo'lishiga asoslangan foydali qazilmalarni elektirik boyitish rudalarni boyitishda qo'llaniladi.

Boyitish fabrikalarida,ko'pincha, mustaqil boyitish jarayonlari sifatida flatatsiya, garavitatsiya, magnit boyitish usullridan foydalaniladi.

Boyitishning natijalarini bir yoki ikkinchi ko'rsatkich orqali ifodalab bo'lmaydi. Shu sababli boyitish natijalarini baholashda boyitishning barcha jarayonlarini tavsiflovchi qator asosiy ko’rsatkichlardan foydalanish lozim bo'ladi.

Asosiy ko'rsatkichlar-foydali komponentning boyitilgan xomashyo va boyitilgan mahsulotdagi miqdori, boyitish natijasida olingan mahsulot miqdori, boyitish mahsulotidan ajralib olingan foydali komponent miqdori.

Boyitiladigan foydali qazilmadagi foydali komponent massasining boyitilgan mahsulotdagi massasiga nisbati komponent deyiladi.



Komponent miqdori,odatda foizlarda,birlik ulashlarida,qimmatbaho metallar esa,gramm/tonnalar bilan o'lchanadi va kimyoviy tahlil natijalari asosida aniqlanadi. Komponent miqdorlari quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi.

Boyitishdan olingan mahsulot massasining boyitilgan foydali qazilma massasiga nisbati boyitilgan mahsulot chiqishi deyiladi va gamma orqali belgilanadi. Boyitilgan mahsulotdagi foydali komponent massasini ushbu komponentning boyitiladigan foydali qazilma tarkibidagi massasiga nisbati orqali komponentli boyitilgan mahsulotga ajratib olish darajasi tavsiflanadi. Foydali komponentning konsentratdagi miqdori boyitilgan mahsulot tarkibiga qancha komponent ajratib olinganligi darajasini ifodalaydi.

Boyitishning barcha texnologik ko'rsatkichlari o'zaro biri-biri bilan bog'liq bo'lganligi tufayli, agar ko'rsatkichlardan birining miqdori aniq bo'lsa, boshqa ko'rsatkichlarning miqdorlarini ham hisoblash asosida aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, foydali komponentning boyitiladigan va boyitilmagan mahsulot tarkibidagi miqdori aniq bo’lsa, boyitish jarayonida hosil qilinadiga mahsulot hajmi, foydali komponentni konsentiratga ajratib olish miqdori kabi boshqa ko'rsatkichlar ham hisoblash asosida aniqlanadi.

Xulosa

Foydali qazilma konlarining samaradorlik ko’rsatkichlari deganda konlarni ochish, qazish va boyitish tushuniladi.

Konlarni ochishda ularni stvollar, shtolniyalar,kvershlaglar orqali ochiladi.

Konlarni ochish usullari asosiy va aralash usullarga bo'linadi asosiy usullar aralash usul deb kon qandaydir bir asosiy kon laxmi bilan birgalikda pastki gorizontlarga yetib borish uchun xizmat qiluvchi kon laxmi, asosiy usul deb shaxtaning vertikal stvollar orqali, shaxtaning qiya stvollar orqali shtolniyalar bilan ochiladi.

Foydali qazilma konlarini qazib olishning quyidagi usullari mavjud ekan: yer osti, ochiq, geotexnologik,skvajina.

Foydali qazilmalarni boyitish deganda esa tayyorlovchi, asosiy, yordamchi jarayonlardan tashkil topgan

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Isamuxamedov U.A kon ishlari asoslari. T: O'zbekiston, 1998

  2. Sagatov N.H.Alimxodjayev S. R. Konchilik korxonalarida. Ishlab chiqarishni tashkil qilish.-T : Tosh DTU ,1996

  3. Sagatov N.H, Aripova L.T. va boshq . Ochiq kon ishlari texnalogiyasi va kompleks mexa nizatsiyalash. O'quv qo'llanma -T .2015

  4. Umarov I.K, Valiyev X.R Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash. Ma'ruzalar to'plami .-T .Tosh DTU 2000

  5. Tursunov M.X Foydali qazilmalar TDTU, 2000

  6. Qo'shmurodov O.Foydali qazilmalar (ma'ruzalar matni) 2002.

Download 17,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish