Foydali hasharotlar va ularning ahamiyati va biologiyasi



Download 321,65 Kb.
bet11/12
Sana07.01.2022
Hajmi321,65 Kb.
#327815
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Foydali hasharotlar va ularning ahamiyati va biologiyasi

Achchiq arpabodiyon. Ladybug, qo'ng'iz, mayda ari va o'rgimchaklarni jalb qiladi.

  • Karabuğday. Bu hid hosil qilganda organik moddalarni ko'paytiradigan samarali tuproq hosil qiluvchi o'simlik.

  • Asal o'simlik. Bu nafaqat changlatuvchi asalarilarni, balki chivinlarni, ladybuglarni, kichkina qo'ng'izlarni, yirtqich bug'ularni ham o'ziga jalb qiladi.

  • Nayza zarbasi U tetiklantiruvchi choy tayyorlashda va xushbo'y hid sifatida ishlatiladi. Yalpiz chivinlar va o'rgimchaklarga yoqadi.

    Dukkaklilarning ko'p turlari foydali hasharotlarni jalb qilish qobiliyatiga ega, masalan, qirmizi yonca, sudraluvchi yonca, vetch. Ular foydali hasharotlarni doimiy oziq-ovqat va namlik bilan ta'minlaydi, tuproqni azot bilan boyitadi.+

    Butun mavsum uchun foydali hasharotlar uchun jozibali gullaydigan o'simliklarning mavjudligini ta'minlash uchun siz oldin gullaydigan o'simliklar, masalan, xushbo'y arpabodiyon bilan almashtiriladigan karabuğday bilan boshlashingiz kerak. Darhol siz marigolds, kalendula ekishingiz kerak, shunda ular yoz o'rtalarida gullaydi. Siz tansy, yonca va kindikni o'stirishingiz kerak, ular yildan-yilga uzoq vaqt gullaydi.+

    Foydali hasharotlarni ishlatish vazifasi zararkunandalarni butunlay yo'q qilish emas, balki ularning sonini nazorat qilishdir.+

    Foydali hasharotlar va dekorativlik uchun qulay muhitni birlashtiradigan shart-sharoitlarni yaratishda zararli va foydali hasharotlar soni o'rtasida tabiiy muvozanatga erishishingiz mumkin.

    Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari

    Turlarning muhit omillariga talabchanligi har xil va bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari issiqlikka talabchan, ya’ni issiqlik sevuvchi yoki -termofil, boshqalari sovuqlik sevuvchi kriofil, namlik sevuvchi — gigrofil va quruqlik sevuvchi— kserofil. O’simlik qoplamida yashovchilar — fitofil, tuproqda yashovchilar — geofillar va boshqalar. Turlarning bu qobiliyati irsiy bo’lib evolyusiya natijasida vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik omillarga talabchanligi deb aytiladi.

    Abiotik yoki anorganik omillar: organizmga iqlim sharoitlarini (issiqlik, namlik, yorug’lik va boshqalar) hamda tortish kuchi, atmosferaning tarkibi va xususiyati, radioaktivlik, relyef va boshqa omillarning ta’sir etishi hisoblanadi.

    Abiotik omillar ichida hayotiy muhit sharoitini yaratishda iqlim omillari — yorug’lik, issiqlik, namlik muhim rol o’ynaydi.

    Hasharotlarga yorug’likning ta’siri.

    Hasharotlarning hayoti uchun yorug’lik ekologik omil sifatida muhim rol o’ynaydi. Yorug’ kunning uzunligi (fotoperiodik reaksiya) ko’pgina turga oid hasharotlarning qishga tayyorlanishiga, diapauza holatga kirishiga, bo’g’inining uzun - qisqa bo’lishiga ta’sir etadigan juda muhim omil hisoblanadi.

    Fotoperiodik reaksiya hasharotning rivojlanish fazasi va yoshiga bog’liq ekanligini A.S. Danilevskiy (1961 y.) aniqlagan. Hasharotlarning ko’payish tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik bitlarining jinsiy mahsuloti yorug’lik yetarli bo’lganda tezroq rivojlanadi: tungi kapalaklarning ko’pi faqat yetarli darajada qorong’ulik bo’lgandagina tuxum qo’yadi.

    Hasharotlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi. Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligi 15 soatdan kam bo’lganda o’tsa, bunday qurtlardan paydo bo’lgan g’umbaklar diapauza holatiga o’tadi, ya’ni ularning rivojlanishi to’xtaydi va yetuk hasharotga aylanishi kechikadi. Yorug’lik spektral tarkibining eng faol qismi qisqa to’lqinli soha hisoblanadi.

    Hasharotlarning tarqalishiga va ko’payishiga shamol tezligi katta ta’sir etadi, ayniqsa qanotli mayda hasharotlarning (o’simlik bitlari, mayda kapalaklar va boshqalar) tarqalishiga, hid chiqaruvchi hasharotlarning erkak urg’ochilarini topishiga yordam beradi. Meteorologik omillar hasharotlarning ko’payish tezligiga ta’sir etish bilan birga ular hayot faoliyatining boshqa tomonlariga: harakatchanligiga, hayotiy chidamligiga va hatto tashqi ko’rinishiga ham ta’sir etadi. Tropik mamlakatlardagi hasharotlarning rangdor va yirik bo’lishi yuqori harorat va yorug’lik ta’siri natijasidir.

    Hasharotlarga namlikning ta’siri.

    Muhit namligi turlicha bo’lib, hasharotlar ekologiyasida havoning nisbiy namligi, ya’ni suv bug’i bilan to’yinish darajasi muhim ahamiyatga ega. Namlikning ta’siri turlicha bo’lib, hasharot tanasidagi suv miqdoriga bog’liq. Muhit namligi hasharotning xayotchanligi va serpushtligiga ta’sir etadi. Ayrim tur hasharotlarning rivojlanishiga namlik haroratga qaraganda turlicha ta’sir etadi. Masalan, bir tur 12 hasharot namlik ta’sirida tez rivojlansa, boshqa turlari sekin rivojlanadi. Karam kuyasi va chigirtkasimonlar qurg’oqchil davrda tez ko’payadi, o’simlik bitlari esa aksincha namchil mavsumda tezroq ko’payadi. Hasharotlar tanasidagi namlikni bir me’yorda saqlash maxsus mexanizm talab etadi. Bu mexanizm hasharotlarda morfologik, fiziologik va ekologik moslanishdir.

    Morfologik moslanish — suv o’tkazmaydigan teri qoplag’ichi epikutikulasi, mumli qoplamlari, kutikulaning qalinlashganligi, nafas teshiklarining tuzilishi g’umbakning tuzilishi, pilla hosil qilishi va boshqalar.

    Fiziologik moslanish — hasharot orqa ichagining hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlaridagi suvlarni so’rishi, terining namlikni qabul qilish qobiliyati, organizmga ovqat bilan namlikni tushish xususiyatlari kiradi.

    Ekologik moslanish — yashash joyini o’zgartirishdir. Tuproqda yashaydigan hasharotlar tuproqning tashqi qatlami quriganda, pastki namlik yuqori bo’lgan joyga ko’chadi yoki hasharotlar g’umbakka aylanishdan oldin qulay joyga ko’chadi va hokazo.

    Hasharotlarga haroratning ta’siri.

    Hasharotlar uchun issiqlik — termik faktor katta rol o’ynaydi. Chunki hasharotlar sovuqqonlilar - poykiloterm organizmlardir, ya’ni doimiy tana haroratiga ega emas. Shuning uchun hasharotlarning hayot funksiyasi, ularning xulqi, o’sish tezligi, populyasiya dinamikasi tashqi muhit harorati bilan aniqlanadi. Hasharotlar odatda 10-40̊S o’rtasidagi issiqlikda harakatchan bo’ladi.

    Harorat pasayganda hasharotlar ovqatlanishdan, so’ngra harakatlanishdan to’xtaydi va nihoyat nobud bo’ladi. Haroratning normadan ortiq ko’tarilishi ham hasharotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Harorat hasharotlar jinsiy mahsulotining yetilishiga ham ta’sir etadi. Suli shved pashshasi g’umbakdan chiqqandan keyin 22°S issiqlikda 10 –kundan so’ng, 17 ̊S da 14, 14 ̊S da 36 va 4̊S da esa 50 kundan so’ng tuxum qo’yadi. Lekin harorat normadan ortganda hasharotlarning nasldorligi pasayadi yoki to’xtaydi. Masalan, g’o’za bitining tirik tug’ilishi issiqlik 30°S dan ortganda pasayadi. Hasharotlarning embrional va postembrional taraqqiyoti yuqori haroratda tezlashadi. Natijada taraqqiyot sikli qisqaradi va hasharot tezroq ko’payadi.

    Hasharotlarning haroratga qarab rivojlanish tezligini haqiqatga yaqinroq aniqlash va yil mobaynidagi bo’g’in berish mikdorini belgilash uchun rivojlanish samarali haroratini aniqlash muhim rol o’ynaydi. Rivojlanish nuqtasidan yuqorida va yuqori nuqtadan chiqmagan oraliqda joylashgan issiqlik samarali harorat deb aytiladi. Bu harorat hasharotning normal rivojlanishini ta’minlaydi.

    Hasharotlarning ekologik guruhlari.

    90% dan ortiq hasharot turlarining yashashi suv yoki tuproq bilan bog’liq. Suv havzalari va tuproq biosfera, ya’ni yer qobig’ining asosiy tarkibi bo’lib, unda hamma organik hayot to’plangan. Bu ikki hayot muhiti tirik moddalar bilan to’yingan va ularning hosil bo’lishida hasharotlar muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik hasharot turlari hayotining ma’lum rivojlanish davri chuchuk suv havzalari bilan bog’liq. Masalan, kunlilar, ninachilar, bahorikorlar, buloqchilar, chivinlar va boshqa turkumlar lichinkalarining hayoti suv bilan bog’liq.

    Ba’zi bir hasharot turlari hayoti doimo suvda o’tadi. Masalan, qo’ng’izlardan suzgichlar oilasi va ba’zi bir qandalalar oilasi. Suv muhitida hayot sharoiti asosan uning harorati, ximizmi, oksigen va oziqa mikdori bilan aniqlanadi. Hasharotlar yashaydigan suv havzalarida suvning oqim tezligiga qarab ular ekologik guruhlarga bo’linadi. Reofillar — ular tez oqadigan suvlarda yashovchi hasharotlar bo’lsa, limnofillar — sekin oqadigan suvlarda yashaydi.

    Ko’pchilik hasharotlar hayotining normal kechishi tuproq sharoitiga ham bog’liq. Tuproq faunasida tirik jonivorlar va hasharotlarning joylanish miqdori va shakli turlicha: geobiontlar — tuproqda doim yashovchilar, bularga ko’pchilik birlamchi qanotsizlar kenja sinfining vakillari kiradi; geofillar — tuproqda faqat 15 biror bir rivojlanish fazasida yashovchilar, bularga chigirtkasimonlar, tripslar, ko’pchilik qo’ng’izlar (qoratanlilar, qirsildoq qo’ng’izlar), tunlam kapalaklari va boshqalar kiradi; geoksenlar — vaqtinchalik tuproqda yashovchilar, bularga suvaraksimonlar, qandalalar va qattiq qanotlilar turkumining ko’pgina vakillari kiradi.

    Tuproqda yashovchi hasharotlarning asosiy guruhlari.

    Chertmakchilar. Bu hasharotlar qo’ng’izlar (Coleoptera) turkumining chertmakchilar (Elateridae) oilasiga mansub. Dunyoda chertmakchi qo’ng’izlarning 500 dan ortiq turlari mavjud. Shulardan O’zbekistonda 16 ta turi uchraydi. Ulardan Turkiston chertmakchisi (Agriotes meticulosus Sond.) va mo’ylovdor qo’ng’izsimon chertmakchi (Clon cerambycinus Sem.) keng tarqalgan.

    Hasharotlarning hayotiy shakllari.

    Hashoratlar har xil turlarining tashqi muhitga nisbatan ehtiyoji favqulodda turli tuman va ular tomonidan egallangan ekologik nishalar turlicha bo’lishini hisobga olganda hasharotlar orasida ham hayotiy shakllarning juda xilma-xilligini ko’rish mumkin.

    Hashoratlarda hayotiy shakllarning turli kategoriyalari mavjud bo’lib, ular qo’yidagilar:

    1.Geobiontlar- bular tuproqda yashovchi hasharotlar bo’lib, ular yana mayda guruhlarga bo’linishi mumkin:

    1). Rizobiontlar-o’simliklarning ildiz tizimi bilan bog’liq bo’lgan hashoratlar: ildiz bitlari, uzunburun qo’ng’izlar, Curculionidae tilla qo’ng’iz, Buprestidae va boshqa ba’zi bir qo’ng’izlarning lichinkalari.

    2).Saprobiontlar-chiriyotgan organik qoldiqlarda yashovchi hasharotlar.

    3).Gigrofillar yuqori namlik sharoitida yashovchi hasharotlar.

    4).Mezofillar - mo’tadil namlik sharoitiga moslashgan hasharotlar.

    Ushbu hamma ekologik guruhlar hayotiy shakllar toifalaridan joy olishi mumkin. Masalan, xortobiontlar, dendrobiontlar ichida fotofoblar va fotofillar uchragani kabi geobiontlar, epigeobiontlar, gerpetobiontlar, tamnobiontlar, ksilobiontlar ichida ham ksero-, mezo- va gigrofillar bo’lishi mumkin

    Hasharotlar organizimi tuzilishida belgilarning o’zgaruvchanligi, ularning muhit sharoitiga moslashishi bilan ifodalanadi va ularning morfoekologik tiplarini xarakterlaydi.

    Masalan, voyaga yetgan bosqichida tuproqda yoki go’ngda harakatlanuvchi hasharotlarning oldingi oyoqlari kovlovchi tipda (pedes fossorii) bo’ladi, jumladan plastinkasimon mo’ylovli qo’ng’izlar (Scarabaeidae) va medvedkalar (Gryllotalpa Latz).

    Uzoq va tez uchadigan hasharotlarning dorzoventral muskullari kuchli bo’lib, tanasida ular birikib turishi uchun ikkinchi va uchinchi ko’krak sigmentlari orasida teri qoplamalarining maxsus o’simtasi bo’ladi, traxeyasida havo to’plashi uchun kengaygan joyi (havo xaltalari) bo’ladi. Misol uchun Osiyo chigirtkasi (Locusta migtratoriya L.), tok qurti kapalaklari (Sphingidae) yoki xonaki asalarilar (Apis mellibera L.)

    Hayotining voyaga yetgan holati suv bilan aloqador bo’lgan hasharotlarda masalan, suv qandalasi (Notonecta glaucal) va suzuvchi qo’ng’iz (Dutiscus marginalis L.) lar suvga sho’ng’ishdan oldin havo to’playdigan moslamasi, suzuvchi tipdagi jipslashgan orqa oyoqlari (Pedes natatorii) tortilgan tanasiga ega bo’ladi.

    Psammofil hasharotlar morfologik tuzilishining xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, ular tanasida (asosan oyoqlarida) tukchalari, junlari yoki 25 o’simtalari bo’lib, ular qumlarda o’zini ushlab turish va harakatlanish uchun xizmat qiladi.

    Ba’zi hasharotlarning urg’ochilari qandaydir bir substrat ichiga tuxum qo’yadi. Masalan, kuznichiklar (Tettigoniidae) tuproqqa, shoxdumlilar (Siricidae)- o’simlik tanasiga, tekinxo’r yaydoqchilar (Ichneumonidae) va (Braconidae) oilalari o’z xo’jayinlari tanasining ichiga tuxum qo’yadi. Ularning tuxumdonlari substrat turiga qarab ma’lum uzunlikka ega bo’ladi (Ovipositor).

    Mayda qumlar orasida yashovchi hasharotlarni hayotga moslashuvini L.V.Arnoldi (Vinogradov va hammualliflar, 1948.) Stibaropus Dall. avlodiga kiruvchi qandalalar misolida yaqqol ifodalaydi. Ular tanasining hamma qismi, asosan oyoqlarining tuzilishi qum ichiga tez sho’ng’ib ketishiga yordam beradi.

    Ksilobiont hasharotlar morfologiyasini Mamayev va Semenov (1961) tomonidan qiyosiy o’rganilishi natijalariga ko’ra quruq yog’ochlarda yashovchi qurtlarda tayanch kutikulyar organlaridagi moslashuvlari yaxshi rivojlangan, yog’och o’zining boshlang’ich mustahkamligini yo’qotganda ulardan tana tuzulishi S-shaklda bo’lgan qurtlar tushadi.

    Tripslar (Thysanoptera) orasida daraxt po’stlog’ida yashovchi, gullarda va barglarda yashovchi juda harakatchan yirtqich turlari bo’lib, ular bir-biridan teri qoplamasi va muskullari tuzilishining ko’pgina o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi.

    O.I.Ivanovskaya (1951) geobiontlar, gerpetobiontlar, psammobiontlar, tamnobiontlarga kiruvchi chigirtkalar (Acridodea) morfologik tuzilishining xarakterli xususiyatlarini ko’rsatib o’tdi. I.X.Sharova (1960) jujelisalar (Carabidae) hayot tarzi xususiyatlaridan kelib chiqib ular lichinkalarining 9 ta morfoekologik tiplarini aniqladi. Tuproqda yashovchi hasharotlarning ko’pgina moslashuvchi belgilari M.S. Gilyarov (1942) tomonidan aniqlangan hasharotlar tuzilishining moslashuvchi belgilari to’g’risida hozirgi vaqtda adabiyotlar yetarlicha.

    Hasharotlar moslashuvchi belgilarining xarakterli xususiyatlariga qarab, ularning yashash tarzi, yashash joyi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Bu yuqoridagi misollarda ham ko’rinadi.

    XULOSA

    Xulosa qilib aytganda, hasharotlar va ayrim turlarning ekologiyasini o’rganish muhim ilmiy kuzatishning asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Chunki ularning ekologik xususiyatlarini bilmasdan turib, ba’zi bir nazariy va amaliy masalalarni, jumladan, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash choralarini hamda ularning ommaviy ko’payishini oldindan bilish choralarini ishlab chiqishni tasavvur qilish mumkin emas.



    Hasharotlar tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib hozirgi davrda evolyutsion jarayonlarning biologik jarayonlar yo’nalishida rivojlanayotgan hayvonlar jumlasiga kirib, tabiatning xilma-xil sharoitiga muvofiqlashgan organizmlaridir. Ularning katta qismi kishilarga bevosita foyda keltiradigan hasharotlar bo’lib, asalari va uning mahsulotlari, tut ipak qurti va uning ipak mahsulotlari, davolash maqsadida ishlatiladigan hasharotlar bo’lib, sanitar vazifasini o’tovchi hasharotlar, qishloq xo’jaligi o’simliklarini changlantiruvchi hasharotlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Hasharotlar tevaragimizdagi tabiatning bir qismi bo’lgani holda u bilan o’zaro mustahkam bog’lanib turadi. Organizmning tashqi muhit bilan o’zaro bog’lanishini ekologiya fani o’rganadi|. ("Ekos" so’zi grekchasiga muhit, "logos" - fan demakdir.) Hasharotlar biotsenoz tarkibiga, ya‘ni biror hududda yashovchi tirik o’simlik va hayvon organizmlari kompleksiga kiradi. Biotsenoz organizmlari o’zaro mustahkam bog’langan holda bir-biriga katta ta‘sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, hasharotlar jonsiz (abiotik) tabiat ta‘siriga yo’liqib turadi. Hasharotlar hayotiga odam ham ta‘sir qiladi (antropogen omil). Biotsenoz - o’simlik va hayvonlar kompleksi yashaydigan ozmi-ko’pmi bir xil tuproq va iqlim sharoiti mavjud territoriyaning har qaysi biotopi uchun xosdir. Hasharotlarga harorat, namlik va yorug’lik jiddiy ta‘sir etadi. Har qaysi tur uchun haroratning cheklangan pastki va yuqori ko’rsatkichlari bo’lib, uning pastkisidan pastida yoki yuqorida hashoratlar rivojlanmaydi. Har bir hasharot turining rivojlanishi uchun muayyan miqdor harorat zarur, u o’rtacha sutkalik harorat yig’indisi bilan ifodalanadi, ya’ni muayyan doimiy foydali harorat yiqindisi zarur.


    Download 321,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish