Real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish
Multimedia ilovalari uchun imkon qadar samarali uzatish qobiliyatidan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Audio va tasvirni uzatish uchun siqish algoritmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratish zarur. MPEG standarti CD-ROM, kasata, turli optik disklarda hamda ISDN va LAN kabi aloqa kanallarida raqamli formadagi audio va video ma’lumotlarni saqlash hamda tashish uchun ISO tomonidan ishlab chiqilgan. Tizimning xususiyatlariga bog‘liq ravishda, MPEG faqat tasvirni emas balki audio raqamli formatga siqish uchun mo‘ljallangan. MPEG tasvirni 1.5Mbit/s bit tezligida sifatli ko‘rinishda zichlashtirishni qo‘llaydi hamda audio xabarlarini uzatish uchun ham aynan video siqishdan foydalanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |