Ro‘yhatga oluvchi: Bu server REGISTER so‘rovlarini qabul qiladi hamda so‘rovda joylashgan SIP adres va qURIlmaning IP adresini xizmat joylashgan muhitga uzatadi va qayta ishlaydi.
Xizmat manzili: Xizmat manzili – foydalanuvchining manzili haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish uchun SIP yo‘naltiruvchi hamda proksi server tomonidan foydalaniladi. Buning uchun, xizmat manzili SIP adres/IP adresning ma’lumotlar bazasida saqlaydi.
Turli serverlar mantiqiy qURIlmalardek RFC 3261 qoidalar to‘plamida tavsiflangan. Ular internetda ajratilgan serverlardek o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin yoki ular bitta ilovaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin va shu bilan birga ular fizik serverlarda joylashgan bo‘lishi ham mumkin. 14.1-rasmda SIP komponentlarning bir biri bilan qanday bog‘langani keltirilgan hamda protokoldan foydalanish holati tasvirlangan. Klientdek faoliyat ko‘rsatuvchi foydalanuvchining agenti SIPdan foydalanib seansni o‘rnatadi. Seans dialogi SIPdan foydalanadi va bitta yoki ko‘p proksi serverdan foydalanib ikki foydalanuvchi agenti orasida so‘rovlarni hamda javoblarni uzatadi va qabul qiladi. SHuningdek, foydalanuvchi agentlari media seansni tasvirlash uchun SDP protokolidan foydalanadi.
Proksi severlar talab qilinganida server yo‘naltiruvchidek faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Agar yo‘naltirish amalga oshirilganida, proksi server xizmat ma’lumotlar bazasi manzilini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi. Odatda ma’lumotlar bazasi proksi server bilan birgalikda ishlashi yoki ishlamasligi mumkin. DNS ham SIP jarayonlarining muhim qismi hisoblanadi. Odatda, UASning domen nomidan foydalanib UAC so‘rov ishlab ishlab chiqadi. Proksi server DNS serverigamaqsadli domen uchun proksi serverni topsih zarURIyati tug‘ulganida kerak bo‘ladi.
SIP odatda ishonchli mexanizmni ta’minlash uchun UDP protokolining yuqori qismida ishlaydi ammo TCPdan ham foydalanishi mumkin. SIP protokolidan bir yoki ber nechta qatnashuvchilarni seansga taklif qilish uchun foydalaniladi. SDP asosida kodlangan SIP xabari qanday media (ovoz, video) kodlanganligi haqidagi axborot tashiydi. Bir marta shunday axborot almashinishi natijasida barcha qatnashuvchilar bir birlarining IP adreslarini, uzatish qobiliyati va media tURI haqidagi status bilan ogohlantiriladi. Keyin mos transport protokolidan foydalanib ma’lumot uzatish jarayoni boshlanadi. Odatda real vaqt transport protokollari sifatida RTP protokollaridan foydalaniladi. Seans davomiyligida, ishtirokchilar seans parametrlarini o‘zgartirishlari mumkin masalan media turlari yoki seansga SIP xabaridan foydalanib yangi guruhni qo‘shish.
8.1-rasm. VoIP komponentlari hamda protokollari
SIP tarmog‘idagi resurs URI tomonidan aniqlanadi. Resurslarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
Online xizmatlar foydalanuvchisi
Xabar almashish tizimidagi xabar qutisi
Telefon nomerlari
Tashkilotdagi guruhlar masalan sotuvchilar
URI shuningdek port nomerini, parol va shunga bog‘liq parametrlarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi holat yuzasi bo‘yicha misol ko‘rib chiqamiz.
SIPning tasnifi juda murakkab bo‘lib, 14.2-rasmda ikki foydalanuvchi o‘rtasida (Bob va Alisa) muvafaqqiyatsiz seans o‘rnatilishi jarayoni keltirilgan. Bobning URI adresi bob@biloxi.com. Alisaning UACsi o‘zining domenidagi proksi server bilan bog‘lanish uchun unga INVITE xabarini jo‘natib Bobni UASni seans bog‘lanishiga taklif qiladi (1); server so‘rovni tasdiqlaydi (2). Garchi, Bobni UASsi o‘zining URI orqali aniqlansada, bu holat proksi serverning chiqishida Bobni xarakatlanib boshqa joyga ko‘chganligi yoki Bob mavjud emasligini muhokama qilishi uchun zarur bo‘ladi. Proksi server chiqishida biloxi.com uchun ma’sul bo‘lgan domen proksi serveriga INVITE so‘rovini jo‘natadi. SHuning uchun, proksi server chiqishida biloxi.com proksi serverining IP adresiga ega bo‘lishi uchun maxalliy DNS serveri murojat qiladi (3).
DNS serveri biloxi.com proksi serverining IP adresi bilan javob qaytaradi (5). Alisani proksi serveri esa qabul qiluvchi proksiga INVITE xabarini yo‘naltiradi (6). Keyin proksi server Bobni manzilini (7) aniqlash uchun maxalliy serverga murojaat qiladi hamda maxalliy server so‘rovga javob qaytaradi (8). Bu axborot chiqish proksisiga (9, 10) hamda Alisaga (11, 12) qayta aloqa o‘rnatish uchun bog‘lanadi. Quyidagi rasmda keltirilganidek.
8.2-rasm. VoIP qo‘ng‘iroq o‘rnatilishi jarayoni
Keyingi misol vaziyatida (8.2-rasmda) ikki xabar turidan foydalanadi. Xabar formati SIP standartining xali qismi hisoblanmaydi ammo RFC2848 qoidalari majmuasiga binoan keyingi versiyadagi SIP qismi xabarlari hisoblanadi. Bu xabarlar telefoniya ilovalarini qo‘llaydi. Misol vaziyatining oxirgi jarayonida Alisa Bobning mavjud emasligi haqida ogohlantiriladi. Alisa SUBCRIBE xabaridan (1) foydalanib, Bob mavjud bo‘lgan holatda Alisani ogohlantirish uchun. Bu so‘rov OPINT (PSTN-internet networking) serveriga ikkita proksi orqali jo‘natiladi (2, 3). PINT telefon va IP tarmoqlari o‘rtasida shlyuz kabi faoliyat ko‘rsatadi hamda telefon tarmog‘i qabul qiluvchi terminaliga bog‘lanishni amalga oshirishni ta’minlaydi. Ro‘yxatdan o‘tish holati OK (4, 5, 6) xabarini qaytarish orqali taminlanadi. Keyin, Bobni ayni vaqtdagi holatini (7, 8, 9) yuzasidan NOTIFY xabari jo‘natiladi hamda Alisaning UACni tasdiq xabarlari (10, 11, 12) jo‘natiladi, quyidagi rasmda keltirilganidek.
Do'stlaringiz bilan baham: |