Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini taqdim etish



Download 32,5 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2022
Hajmi32,5 Kb.
#866648
  1   2
Bog'liq
Ganiyev 2-mus ish


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini taqdim etish
Adabiyotlar ro'yxatini (bibliografiyani) tuzish ilmiy tadqiqot o'tkazish ishining muhim qismi hisoblanadi, buning natijasida muayyan masalaga doir axborot manbalarini topa olish mahorati shakllanadi. Tadqiq qilinayotgan muammo to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lish, o'z fikrini aniq ifoda etish, biror hodisani tadqiq qilishning zaruriy metodlarini tanlash nafaqat tadqiqot mavzusiga bevosita mansub bo'lgan adabiyotlarnigina emas, balki yaqin nazariy muammolar doirasiga kiradigan ishlarni ham o'qish lozim.
Odatda ilmiy rahbar dissertatsiya mavzusiga bag'ishlangan asosiy manbalarni tavsiya qiladi. Ammo, bu bitiruvchiga tanlangan mavzu bo'yicha ilmiy adabiyotlarning to'liq ro'yxati taklif etilganligini anglatmaydi. Bundan tashqari, o'rganilayotgan masalada bilimdon bo'lish uchun va dissertatsiya uning himoyasi jarayonida materiallarni yaxshi bilishini namoyish etish uchun nafaqat dissertatsiya mavzusiga doir, balki muayyan muammo ozmi-ko'pmi yoritilgan barcha ishlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Adabiyotlar ro'yxatiga asosiy terminlar, tushunchalarning ta’rifi berilgan darsliklar, lug' atlar, monografiyalar, ilmiy jurnallar va to'plamlardagi maqolalar, so'ngi yillardagi dissertasion tadqiqotlar, Internet to'ridan olinadigan maqolalarni kiritish lozim. Turli axborot resurslarini o'rganish muallifga muammoga har tarafdan qarashga va o'zining tadqiqotining dolzarbligini va uning yangiligini aniq ifodalashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati bibliografik tavsiflashning yagona talablariga mos holda tuzilishi lozim. Dissertatsiyaning bu bo'limi mavzu bo'yicha talaba tomonidan ishlab (o'rganilib) chiqilgan bibliografik manbalar (adabiyotlar)ni o'z ichiga oladi. Odatda bu bo'lim bosmadan chiqqan nashrlardan, qo' lyozma, arxiv va fond materiallaridan iborat bo'ladi. Bu ro'yxatga mualliflik guvohnomalari, dissertasiyalar va ularning avtoreferatlari, deponent maqolalar ba qo' 1 yozmalar, kartografik materiallar, tashkilotlarning hisobotlari kiradi. dissertatiyani yozishda foydalanilmagan va ish matnida havola berilmagan ishlarni kiritishga yo'l qo'yilmaydi. Foydalanilgan adabiyotlarda axborotning barcha foydalanilgan: bosmadan chiqqan (nashr qilingan) ishlar, davlat standartlari, ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha hisobotlar va boshqa manbalar kiritiladi. Adabiyotlar ro'yxati muammoning o'rganilganlik va talabada ishning informasion tarkibiy qismlari bilan mustaqil ishlash ko' nikmasi shakllanish darajasining dalolati bo'lib, u quyidagi tartiblashgan tuzilmaga ega bo'lishi lozim:
xalqaro rasmiy xujj atlar;
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining qonun chiqarish va me’yoriy aktlari, boshqa xujjatlari va materiallari;
monografiyalar, dissertasiyalar, ilmiy to' plamlar, darsliklar va o'quv qo'llanmalari;
davriy nashrlarning ilmiy maqolalari va boshqa nashr qilingan ishlar;
statistik ma’lumotlar manbalari, ensiklopediyalar, lug' atlar, elektron resurslar.
Internetda joylashtirilgan (bosilgan) materiallarga ularning Web-manzili bo'yicha alb atta havolalar qilinadi, topilgan material va muallif (mualliflar)ning familiyasi va uning Web-manzili albatta adabiyotlar ro'yxatiga qo'shiladi.
Bibliografik yozuvni alifbo bo'yicha, tizimli (matnda ko'rsatilishi tartibi bo'yicha), manbalarning turlari (alifbo bo'yicha kitoblar, davriy nashrlar, standartlar va h.k. alohida- alohida) va xronologik taribda guruhlashtirishga yo'l qo'yiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida ko'pincha adabiyotlar ro'yxati alifbo bo'yicha beriladi. Adabiyotlar ro'yxatida materiallar alifbo tartibida avval lotin alifbosidagi (birinchi navbatda o'zbek tilidagi adabiyotlar), keyin esa kiril alifbosidagi (o'zbek va rus tilidagi) adabiyotlarni joylashtirish tavsiya etiladi (keyingi yillarda nashr qilingan kiril alifbosida yozilgan manbalarni lotin alifbosida yozishga yo'l qo'yiladi).
Bibliografik tavsifning unsurlari va sohasini bir-biridan ajratish uchun shartli ayiruvchi belgilarning zaruriy tizimi - punktuatsiya ko'rsatmalari qo'llaniladi. Punktuatsiya ko'rsatmalari sifatida tinish belgilar va matematik belgilar: - nuqta va vergul, “ / ” - qiyshiq chiziq, “ // ”
-ikkita qiyshiq chiziq va boshqalar foydalaniladi. Punktuatsiya ko'rsatmalari har bir belgigacha va belgidan keyin albatta ochiq joy (bo' shliq) qoldirilshini taqoza etadi (nuqta va verguldan so'ng bo'sh joy faqat belgidan keyin qo'yiladi).
Bibliografik tavsif quyidagi unsurlarni o'z ichiga oladi: tavsif sarlavhasi - muallif yoki mualliflarning familiyasi va inisiallari; nomi, nashrga oid ma’lumotlar - nashr qilingan joy, nashriyot, nashr qilingan vaqti, nashrning hajmi to'g'risidagi ma’lumotlar. BMIni yozishda foydalanilgan adabiyotlar soni 30-50 ta bo' lishi maqsadga muvofiq. Asosiy bibliografik manbalar (darsliklar, o' quv-metodik qo'llanmalar) keyingi 5 yilda, qo' shimcha adabiyotlar keyingi 15 yilda nashr qilingan bo'lishi lozim.

Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish