Nominal narx
Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina mahsulot narxlari kabi belgilanadi deb izohlagan bo‘lsa ham, u talabning rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U bazida tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bog‘liqligini ta’kidlagan. Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o‘rni haqida qayd etib o‘tgan. Smitning nominal narxlarning shakllanishi haqidagi tahlili, uning davridagi iqtisodni ikki davrga ajratdi: qisqa va uzun muddat hamda iqtisodning ikki katta sektori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish. Qisqa muddat mobaynida yoki savdo-sotiq davrida Smit ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida tez sur’atlarda tushayotgan talab va ko‘tarilayotgan ta’minot ko‘rsatkichlarini topdi va shu sababli savdo-sotiq narxlari talab va ta’minotga bog‘lidir. Smitning uzun muddatda uchraydigan murakkabroq “tannarx” ustidagi tahlili o‘z ichiga ba’zi bir qarama-qarshililarni oladi. Qishloq sektori uchun tannarx ehtiyoj va ta’minotga bog‘liq, buning sababi uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichi o‘smoqda va bu esa o‘z navbatida narxlarning ko‘tarilishini ko‘rsatadi. Ammo ishlab chiqarish sektori uchun uzun muddatli ta’minot ko‘rsatkichi vaqti-vaqti bilan mutlaqo elastikligi (gorizontalligi) ya’ni o‘zining o‘zgarmas narxlarning ifoda qilishi deb taxmin qilinsa, tahlilning boshqa qismlarida esa u pastga yo‘nalgan ko‘rsatkich ya’ni narxlarning pasayishi deb ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarishda uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichi butunlay elastik
bo‘lganda, narx mahsulot bahosiga bog‘liq, ammo u pastga yo‘nalganda esa tannarx ikkala ehtiyoj va ta’minotga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini aniqlashga kelganda, Smitning fikriga bir necha xil mumkin bo‘lgan izohlar mavjud. Birining taxminicha, uning ta’rifi ozgina nomunosib bo‘lgan, buning sababi ehtimol “Wealth of nations” – “Xalqlar boyligi” kitobi uzoq muddat ichida yozilganligi yoki ushbu masalalar uning fikricha ahamiyatsiz bo‘lganligidadir. Boshqa yondashishga ko‘ra, uning ishlab chiqarish narxlari haqidagi fikrini “haqiqiy Adam Smit” vakili deb tanlamoqdir. Bu o‘z navbatida, qaysi yondashish olinmasin, bir-biridan katta farq qilmaydi, chunki Smit tannarxlarning shakllanishida va iqtisodning turli sektorlariga resurslarning taqsimotida, ehtiyojning ahamiyati haqida tez-tez eslatib o‘tadi. Bunga qaramasdan,
Smit va keying klassik iqtisodchilarga xos bo‘lgan belgi, ya’ni ishlab chiqarishdagi
uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichining shaklini hisobga olmaganda, tannarxni aniqlashdagi katta urg‘u mahsulotning narxiga beriladi.
Aqidaparastlarda nominal narxlar haqidagi savolga qiziqish uyg‘ondi, buning sababi ular ayirboshlashning etik tomonlari haqida o‘ylashayotgan bo‘lsa, savdogarlar esa boylik ayirboshlash jarayonida yaratiladi deb hisoblashar edilar. Smit narxlarni etik nuqtayi nazardan, muhokama qilishiga qaramasdan, unda nominal narxlarni aniqlashdagi omillar haqida qiziqishga muhim bir sababi bore di. Iqtisodda ixtisoslashtirish va mehnat taqsimoti amalga oshirilsa, ayirboshlash zarur omillarga aylanadi. Agar Smit ta’riflagan davrda, ayirboshlash bozordan o ‘rin olsa, ma’lum bir muammolarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, agar ayirboshlash barter darajasidan ustunroq bo‘lsa, o‘rta pul ayirboshlash savoli tug‘iladi. Smit pulning o‘rta ayirboshlashdagi ahamiyatini 1-kitobning 4-bo‘limida muhokama qiladi. Ikkinchidan, bu yerda nisbiy narx va baho savoli paydo bo‘ladi. Smitning yondashishini olsak, qanday qonun-qoidalar tovarlarning nisbiy yoki almashinadigan bahosini tashkil
etadi. U ushbu savolni 1- kitobning 5,6,7 –bo‘limlarida yoritadi. Uchinchidan, ishlab chiqarishga qaratilganlarga iqtisodiyotning mahsuloti qay tarzda bo‘linadi. Smit 1-kitobning qolgan bo‘limlarida daromadning taqsimlanishi haqida so‘z yuritadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxningeng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, Tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak.Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; raqobatda yengish qoidasi — belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vaqtincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi.Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi.
Bozor narxi – birtomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydigan muvozanatlashgan narx.
Joriy narx–yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qo’llaniluvchi amaldagi narx.
Qiyosiy narx–ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.
Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx–ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan,ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.
Chakana narx–tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx.
Chеgaralangan narx– davlat tomoni dan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi mumkin bo’lgan narx.
Dotatsiyalangan narx–davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.
Dеmping narx–bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.
Nufuzli narx–sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
Narx diapazoni–narxlar oralig’ining puldagi ifodasi Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kеlish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati dеgan tushuncha bor, u narx paritеti dеb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi mеtall narxiga, mеtall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri o’zidan kеyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy rеsurslar hisoblanadi. Bular mеtall, nеft, ko’mir, gaz, yog’och, bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini o’zgartiradi.
Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda istе’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sеzilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki istе’molchilar (xaridorlar)dan birining soni chеklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko’rsatish imkonini bеradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada bеlgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kеlishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun kеtgan xarajatlarni qoplashi kеrak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga tеng bo’lishi kеrak.
Talab va taklif muvozanatga kеlgunga qadar narx atrofidagi tеbranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar.
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopsonist o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni, masalan qishloq xo’jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi
Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar.
XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa g’arb mamlakatlarida agrobiznеs sohasining kеngayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fеrmеrlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi.
«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi.
Xulosa
Narx va narx har qanday biznes samaradorligining muhim qismidir.
Narxlar kompaniyaning daromadliligining muhim elementlaridan biri bo'lib, u savdo faoliyatiga bevosita ta'sir qiladi, chunki ma'lum turdagi mahsulotlarning narxlari darajasi va nisbati mijozlar tomonidan amalga oshirilgan xaridlar hajmiga ta'sir qiladi.
Bozorda narx belgilash ko'plab omillar ta'sirida murakkab jarayondir. Narx belgilashda umumiy yo'nalishni tanlash, yangi va mavjud mahsulotlar narxlarini aniqlashga yondashuvlar, sotish hajmini, aylanmani oshirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish, foydani ko'paytirish, kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash va boshqalar. Haqiqiy tijorat natijalari ko'p jihatdan narxlarga bog'liq bo'lib, to'g'ri yoki noto'g'ri narx siyosati firmaning bozordagi mavqeiga uzoq muddatli ta'sir ko'rsatadi.
Agar har bir iqtisodchi narx tuzilmasini bilsa, u holda u kompaniya o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga yaqinlasha oladi, foydani ko'paytiradi va bozorda qolishi, ishlab chiqarishni kengaytirishi, xarajatlarni kamaytirishi va hokazo, lekin, albatta, , yakuniy maqsadlarga erishish uchun nafaqat tuzilma, balki narx belgilash usullari va strategiyalari haqidagi bilimlarni birlashtirish kerak.
Mahsulotning yakuniy narxini hisoblashning asosiy usullarini tahlil qilib, biz bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faqat bitta usuldan foydalanmasligi kerak degan xulosaga kelishimiz mumkin, chunki bu har doim ham rejalashtirilgan foydani olishga imkon bermaydi.
Hozirgi vaqtda narxlarni belgilash jarayoni juda murakkab. Doimiy o'zgarib turadigan bozor muhitida malakali iqtisodchi har qanday faoliyat sohasida ishlab chiqarishni kengaytirish va rentabellik uchun narxlarni belgilashning barcha ta'sir qiluvchi omillari va nuanslarini bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |