REJA: 1. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi. 3. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar. 4. Foyda solig‘i stavkalari.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra foyda solig‘i to’g’ri soliqlar tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 2004-yilda 7,0 foizni tashkil etgani holda, 2006-yilda 5,4 foizni, 2018-yilda esa 4 foizni tashkil etgan, ya’ni tahlil etilgan 15 yil davomida ushbu ko‘rsatkich 2,2 barobarga kamaygan. Bu holat yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarining mazkur yillarda pasayib borganligi bilan izohlanadi. Biroq, 2019-yilda foyda solig’ining salmog’i 11,6 foizli bandga ortgan va 15,6 foizni tashkil etgan. Bunday o’sish foyda solig’i to’lovchilarining keskin ortishi bilan izohlanadi.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 294-moddasiga muvofiq quyidagilar foyda solig’ining soliq to’lovchilari deb e’tirof etiladi:
- O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
- O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;
- soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so’mdan ortiq bo’lgan yoki o’z ixtiyori bilan foyda solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi. Soliq kodeksining 33-moddasiga muvofiq, quyidagi yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:
- O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
- O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo’llash maqsadlari uchun O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
- haqiqatdagi boshqaruv joyi O’zbekiston Respublikasi bo’lgan chet el yuridik shaxslari, agar O’zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo’yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lmagan yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar.
Rezidentlar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lsa, norezidentlar faoliyati Respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi
Soliq kodeksining 295-moddasiga muvofiq soliq to’lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig’i bo’yicha soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Soliq kodeksining 296-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo’lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to’lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo’yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi. Soliq kodeksining 297-moddasiga muvofiq, jami daromad yuridik shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.
Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
2) aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi;
3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog’ida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash chog’ida olingan mablag’lar;
4) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag’lar; (jami 20 ta banddan iborat).
Foyda solig‘i stavkasi 1998-yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001-yilda 26 foizga tushirilgan. 2002-yilda esa 24 foiz, 2003-yilda 20 foiz, 2004-yilda 18 foiz, 2005-yilda 15 foiz, 2006-yilda 12 foiz, 2007-yilda 10 foiz, 2009-yildan boshlab esa 9 foiz qilib belgilangan. 2010–2013-yillarda mazkur miqdor saqlab qolindi. 2014-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 8 foiz etib belgilandi. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mazkur stavka 7,5 foiz miqdorida tasdiqlandi. 2018-yil 1-yanvardan boshlab esa mazkur stavka 14 foiz miqdorida belgilandi. 2019 yilda esa ushbu miqdor 12 foizni tashkil etgan.