151-modda. Sug’urtatashkilotlariningchegiriladiganxarajatlarinianiqlashningo’zigaxosxususiyatlariSug’urtatashkilotlariningchegiriladiganxarajatlarigaSoliqkodeksning142—146-moddalaridanazardatutilganxarajatlardantashqariquyidagilarkiradi:
1) qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha to’langan to’lov summalari;
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug’urta texnik zaxiralari o’sishining qayta sug’urta qiluvchilarning sug’urta zaxiralaridagi ulushi o’zgarishi hisobga olingan holdagi summasi;
3) sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish majburiyatlari bo’yicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan to’lov summalari;
4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o’tgan yillardagi sug’urta hodisalari bo’yicha tugallanmagan to’lov summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
5) sug’urta hodisasi ro’y berganligi haqida ma’lum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar bo’yicha sug’urta summalari;
6) sug’urta tashkiloti sug’urta hodisalari ro’y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashtirishga sarflaydigan mablag’lar summalari;
7) sug’urta tashkilotlari zaxira fondlarining miqdori sug’urta tashkilotlari ustav fondining 25 foiziga yetguniga qadar mazkur tashkilotlar o’z daromadlarining 20 foizigacha miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar summasi;
8) sug’urta faoliyati bilan bog’liq o’zga yuridik shaxslarning xizmatlariga to’langan haq.
Qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan olinadigan, quyidagicha aniqlanadigan daromadlar:
- qimmatli qog’ozlar, bundan qarz qimmatli qog’ozlari (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) mustasno, va ishtirok etish ulushi bo’yicha — realizatsiya qilish qiymati va olish qiymati (hissa) o’rtasidagi ijobiy farq sifatida;
- qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha — realizatsiya qilish qiymati bilan realizatsiya qilish sanasidagi diskont amortizatsiyasi va (yoki) mukofot inobatga olingan holda olish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq sifatida;
2) qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik va boshqa xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
3) mijozlarning mablag’laridan foydalanishdan yuzaga keladigan daromadning bir qismi;
4) depozitar xizmatlar, shu jumladan qimmatli qog’ozlar to’g’risida axborot taqdim etish, depo hisobvarag’ini yuritish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
5) qimmatli qog’ozlar bilan birjada va birjadan tashqarida savdolarni tashkil etish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
6) qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya aktivlarini boshqarish bo’yicha daromadlar;
7) qimmatli qog’ozlar bozorida maslahat xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
8) professional faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.