Foyda [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan



Download 54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi54 Kb.
#301700
Bog'liq
Foyda - Vikipediya



Foyda

Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan

keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar

ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.



Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va

sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy

natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning

qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, ishlab chiqarish

omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi

ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor

iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W)

ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i

sh , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi;

b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q)

va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay

krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi.

Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni

kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. Shu sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini

muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda F.ning daromaddagi hissasi

ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor

narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F. ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan

guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi F. koʻrish mumkin emas. Har qanday

firma F.ni eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi

omillarni ishga soladi.

F.ning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. F. normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib,

kapital qanday ishlatilib, qanday F. koʻrilganini bildiradi va u orqali F. (F) kapitalning (K) ning

qanday qismiga tengligi aniqlanadi.



F. koʻrilgan. F. normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. F. koʻrish

tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim F. normasini oshirishga intilish saklanib qoladi.

F. massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. F. massasi qanchalik koʻp boʻlsa, F. shunchalik

maksimumlashgan hisoblanadi. Agar F. normasi goqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp F. olish

mumkin, bordiyu F. normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish mumkin. F.

maksimumlashtirish uchun ham F. normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. F. normasini

pasayishi hisobidan F. massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun

investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan F.ning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu

bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital

koʻpayadi. Natijada F. normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan F. miqdori qisqarmaydi. Agar F.

normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa F. massasining ortishi yuz beradi.

Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va boshqa F. turlari

mavjud. Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama F.ga boʻlinadi. Oddiy F. erkin —

mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar oladigan F.dir. Us t am a F.ni firmaning

monopol mavqei, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga

keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini beradi.

Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama F. oladi. F. nima hisobidan yaratilishiga qarab

normal, iqtisodiy va omad F.dan iborat boʻladi. Normal F.ni tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu

ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish

haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash

maʼqul boʻladi. Bundam F. xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan

sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish

kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan taqdirda normal F. ularga mukofot shaklida tegadi.

Iqtisodiy F. xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu F.

kapital egasiga tegadi. Omad F.si — bu F.ni bozor konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar yuzaga

keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad F.si hosil boʻladi.

Iqtisodiyotda tavakkalchilik F.si ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga

tegadigan mukofot hisoblanadi.

F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda F.ning bir

qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. F.ning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga

mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, F.dan dividend toʻlanadi, xayrehson

ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib

qolingan F. hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi

hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda

investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu

firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi.




F. bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy vosita hisoblanadi. F.ga intilish resurslarni kerakli sohalar

oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib F. kam

olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan

kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi. F.ning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy

salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.

Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi:

birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida

vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy

manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;

ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng

olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.

Demak, 


tovar

 va 


xizmatlar

 sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi

qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai

qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik

korxonalar 

tovarlarni

 katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga 

ulgurji


 narxlarda

sotadilar. Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda



foyda oladilar.

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Iqtisodiyot

 va 

moliyaga

 oid ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.or

g/w/index.php?title=Foyda&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.


  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval 37.110.215.148 tomonidan amalga oshirildi  

Vikipediya

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?title=Foyda&oldid=2026844



dan olindi



Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish