Kerakli asboblar idishlar va reagentlar: PAJ - 1; 2)kompressor; 3) hajhmi 100 ml li, 7 ta o‘lchov kolbasi;4) hajmi 5 ml li 1 ta o‘lchov pipetkasi; 5) 7 ta plastmassadan tayyorlangan stakanchalar; 6) yuvgich;
Analizni bajarish usuli.1. Siqilgan havoni gorelkaga uzatuvchi kompressor ulanadi. Ish stolidagi gaz jumragi ochiladi (asbobdagi emas!), asbobdagi gorelkadan metall korpus va himoya shishasi olinib unga yonib turgan gugurt cho'pi tutiladi va asbobdagi “gaz” jumragi asta-sekin ochiladi. Gazning uzatilishni shunday regulirovka qilish kerak-ki, unda spiralsimon barqaror alanga hosil qilsin. So‘ngra gorelkaga himoya shishasi va metall korpusi qo‘yiladi. Tumbler “tarmoq” (ceTb)ga ulanadi. Ish boshlanishidan oldin asbob kamida 30 min qizdirilishi kerak.
Asbob qiziguncha, o‘qituvchidan analiz qilinadigan eritmani 100 ml li o‘lchov kolbasiga olinadi va chizig‘igacha bidistillangan suv bilan suyultiriladi va aralashtiriladi. So‘ngra darajalangan grafik tuzish uchun natriy xloridning standart eritmalari seriyasi tayyorlanadi. 100 ml li o‘lchov kolbalariga pipetka yordamida titri mg/ml bo‘lgan natriy xloridning standart eritmasidan 1,0; 2,0;3,0;4,0;5,0 ml dan olinadi, bidistillangan suv bilan chizigigacha suyultiriladi va aralashtiriladi.
Asbob qizigach undan “cMeqeHHHH mKami” dastagini “O” holatiga o‘rnatiladi va “ycTaHOBKa Hyna” dastagining yordamida galvonometr strelkasi nol ga keltiriladi.
“Shtorka” dastagini oxirigacha o‘zingizga qarab torting. Bunda gal’vonometr strelkasi noldan og‘ishi mumkin. U holda “Klin opticheskiy” dastagi yordamida yana nolga keltiriladi.
So‘rg‘ich kapillyar tagiga dastlab distillangan suvli keyin esa bidistillatli stakanni qo‘yib gorelka yuviladi, shundan so‘ng so‘rgich kapillyar tagiga konsentratsiyasi eng yuqori standart eritmali stakan quyiladi. Asbobning “nyBCTBHTenbHOCTb rpy6o” dastagini “6” yoki undan yuqori holatga qo‘yiladi, so‘ngra “nyBCTBHTe^bHOCTb rpy6o” dastagi bilan galvanometr ko‘rsatkichi aniq, “100” holatiga to‘g‘rilanadi.
Standart eritmani kapillyar tagidan olinib tirqish berkitiladi va "yCTaHOBKa Hy.na" dastagi yordamida galvanometr kursatgichini yana nolga to' g‘irlanadi.
So‘rg‘ich kapillyar tagiga bidistillangan suvli stakan qo‘yiladi va tirqish ochiladi. Agar galvanometr strelkasi noldan og‘gan bo‘lsa uni “k^hh orcmHeCKHH” dastagini burab yana nolga keltiriladi. 6-8 punktlarni galvanometrning ko‘rsatgichi barqaror takrorlaguncha bir necha marta qaytariladi.
So‘rg‘ich kapillyar tagiga ketma-ket bir tekis oshib boruvchi konsentratsiyali standart eritmalar solingan stakanlar qo‘yiladi va har gal galvanometrning tegishli ko‘rsatgichlari yozib boriladi. Oxirida so‘rg'ich kapillyar tagiga analiz qilinadigan eritmali stakan qo‘yiladi va galvanometr ko‘rsatgichi yozib olinadi.
Ish tugallangach asbobni laborant quyidagi tartibda o‘chiradi: “CMe^eHHbrn mKanbi” dastagi “Arretir” holatiga buraladi.
Darajalangan grafik tuzish. Olingan natijalarning o‘rtacha qiymati asosida millimetrli qog‘ozga darajalangan grafik quyidagi masshtablarda tuziladi: absissa o‘qi bo‘yicha konsentratsiyalar -1 sm 0,0002 mg/ml ga teng qilib olinadi, ordinata o‘qi bo‘yicha 1sm galvanometer shkalasining bo‘lagiga teng qilib olinadi. Olingan natijalarni hisoblash: aniqlanadigan eritma konsentratsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri darajalangan grafikdan topiladi. Topil- gan qiymatni kolbaning hajmiga ko‘paytiriladi va analiz natijasini mg larda olinadi. Analiz natijalari absolut va nisbiy xatoliklari topiladi.