Kurs ishining maqsadi. Fotometrik tahlil to‘lqin uzunligi 180 dan 1100 nmgachabo‘lgan oraliqdagi elektromagnit nurlanishni tanlab yutilishigaasoslangan. Usul juda ham oddiy, tezkor, yuqori sezgirlikni o‘z ichiga oladi, shuning uchun analitik laboratoriyalarda, amaliyotda juda keng foydalaniladi. Fotometrik tahlilda monoxromatik nurlanish ishlatilsa spektrofotometriya deyiladi. Bularda nurli parchalash uchun spektrda prizmalar, difraksion panjaralar va fotokolorimetrlardan foydalaniladi.
Kurs ishining obyekti. Analitia kimyoda fizik-kimyoviy usullarni asosan uch gruppaga ajratish mumkin. Ular optik, elektrokimyoviy va xromotografik analiz usullaridir. Qishloq xo’jaligiga taaluqli izlanishlarda optik analizlardan biri kalorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob‘ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |