Fotoeffekt qonunlarini tekshirish Geometrik optika qonunlarini tekshirish Ishdan maqsad: Lazer nurlanishi yordamida shisha prizmada nurlanishning to’la qaytishi o’rganish va shisha prizmani sindirish ko’rsatkichini aniqlash.
Kerakli asboblar: 1) Хitоy yarimo`tkazgichli lazeri; 2) yarim dоira shaklidagi shisha prizma; 3) maхsus qurilma.
Nazariy qism
12.1-rasm.
Yorug’lik nurlari ikki muhit chegarasidan o’tayotganda o’z yo’nalishini o’zgartiradi.
Yorug’likning sinish qonuni: tushuvchi nur AB, singan nur DB va CE nurning ikki muhitning ajralish chegarasidagi tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar o’zaro qanday joylashishini ta’riflaydi. Bunda - tushish burchagi, - sinish burchagi deyiladi (12.1-rasm).
To’lqinlarning sinish qonuni Gyugens printsipi yordamida keltirib chiqarilgan. Bu qonun quyidagicha tushuvchi nur, singan nur va ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi; tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit ushun o’zgarmas kattalikdir:
(1)
bu yerda n – sindirish ko’rsatkichi. Sindirish ko’rsatkichi yorug’likning sinishi sodir bo’layotgan birinchi va ikkinchi muxitlardagi tezliklar nisbatiga teng.
(2)
shuning uchun sinish qonuni quyidagi shaklda yozish mumkin:
(3)
Muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatkichi shu muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deyiladi. Nisbiy sindirish ko`rsatkichini birinchi va ikkinchi muhitlarning absolyut sindirish ko`rsatkichlari orqali ifodalash mumkin.
va
bo`lgani uchun bunda c – yorug`likning vakuumdagi tezligi bo`lsa, deb yozish mumkin. Absolyut sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan muhitni optik jihatdan zichligi kichikroq muhit deb atash qabul qilingan. Yorug`lik optik zichligini kichikiroq muhitdan optik zichligi kattaroq muhitga, masalan, havodan shishaga o`tganda bo`ladi va sinish qonuniga ko`ra n>1 bo`ladi. Shuning uchun singan nur muhitlarning ajralish chegarasiga perpendikulyar chiziqga qarab yaqinlashadi. Agar yorug`lik nuri teskari yo`naltirilsa, ya`ni optik zichligi kattaroq muhitdan optik zichligi kichikiroq muhitga qaratib avvalgi singan nur bo`yicha yo`naltirilsa, u holda sinish qonuni quyidagicha yoziladi:
. (4)
Singan nur optik zichligi kattaroq muhitdan chiqib, avvalgi tushuvchi nur bo`yicha yo`naladi. Shuning uchun ya`ni singan nur perpendikulyar uzoqlashadi. Tushish burchagining muayyan qiymatida sinish burchagi 90o ga yaqinlashadi va singan nur deyarli ikki muhitning chegara chizig`i bo`yicha yo`nalgan bo`ladi. Eng katta sinish burchagi 90o bo`lib, bu burchakka tushish burchagi mos keladi. Bu burchak to`la qaytish burchagi dеyiladi.
bo`lganda yorug`lik sinish mumkin emas. Demak, nur to`liq qaytishi kerak. Ana shu xodisa yorug`likning to`la qaytishi deyladi va u quydagicha aniqlanadi:
(5)