Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
15
genotip va fenotipini aniqlang. B)F2 necha xil fenotip hosil qiladi? C) Ular orasida yumoloq
yashili, uzunchoq chipor qancha?
2. G`o`zaning hosil shoxi cheklanmagan(S), gultojbarglari sariq limon rangdagi(Y) formasi, hosil
shoxlari cheklangan(s), gultojbarglari och sariq rangli(y) formasi bilan chatishtirilgan. Olingan
o`simliklarning ¼ qismi hosil shoxi cheklanmagan, gultojbarglari sariq limon rangda; ¼ qismi
hosil shoxi cheklanmagan, gultojbarglari och sariq rangda, ¼ qismi hosil shoxi cheklangan,
gultojbarglari sariq limon rangda; ¼ qismi hosil shoxi cheklangan, gultojbarglar och sariq rangli
bo`ladi. Ota ona genotipini aniqlang.
3. Odamda o`ng qo`lni ko`p ishlatish va uzoqni ko`ra olmaslik dominant belgi, chap qo`lni ko`p
ishlatish hamda uzoqni ko`ra olish retsessiv belgi sanaladi. Uzoqni yaxshi ko`ra olmaydigan
chapaqay erkak, ikkita belgisi bilan normal gomozigota ayolga uylandi. a) ota necha xil gameta
hosil qiladi? b) farzandlar qanday genotipga ega bo`lishi mumkin? c) ayolning 8 ta farzandidan
nechtasi normal ko`radigan o`ngaqay bo`lishi mumkin? d) farzandlardan nechtasi uzoqni ko`ra
olmaydigan, o`ngaqay bo`ladi?
4.Odamda ko`r bo`lishning 2 xil turi uchrab, ularning har biri retsessiv gen orqali nasldan naslga
o`tadi. Mazkur retsessiv genlar,har xil xromasomalarda joylashgan. a) agar ota-ona ko`rlikning
bir turi bilan xastalangan bo`lsa, ikkinchi turi bilan normal bo`lsa, bu oilada tug`iladigan
bolalarning ko`rish qobiliyati qanday bo`lishi mumkin? b) quyidagi ma`lumotlardan foydalanib,
oilada ko`r bola tug`ilish ehtimolini aniqlang: ota-ona normal ko`radi, buvilarning ikkisi ham bir
turdagi kasallik bilan kasallangan, ikkinchi turi bilan gomozigota holatda. Sog`lom Buvalarning
ajdodida ko`rlik kuzatilmagan.(javob: 4 tadan 1 ta ko`r farzand tug`lish ehtimoli bor)
5.Geterozigota sariq no`xatlar o`zaro chatishtirilganda, F1 dagi sariq, silliq no`xatlarning necha
foizi ota onaga o`xshamaydi? F1 dagi organizmlarning necha foizida ajralish kuzatilmaydi? F1
da necha foiz organizm 1 ta belgi bo`yicha geterozigota?
6.
Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganlgi silliqligi ustidan, meva eti oq rangda bo‘lishi
sariqligi ustidan dominantlik qiladi.Tajribada ikkala belgi bo‘yicha geterozigotali o‘simlik bilan
tukli oq mevali o‘simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o‘simlikdan 75% i mevasi tukli va
rangi oq, 25% i mevasi tukli va rangi sariq bo‘lgan. Olingan o‘simliklardan nechtasi ikkinchi
belgi bo‘yicha gomozigotali dominant bo‘ladi? J: 48 ta
7.
Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 6 barmoqli va o`naqay,
onasi har ikkala belgiga nisbatan normal oiladan chapaqay va barmoqlari soni normal bola
tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar tug‘ilishi mumkin? J: 1) o`naqay, 6 barmoqli; 2)
o`naqay,sog`lom 3) chapaqay,6 barmoqli 4) chapaqay,sog`lom
8.
G‘o‘za o‘simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo‘ng‘ir va
oq bo‘ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo‘lishi cheklangan tipda bo‘lishi ustidan to‘liq,
tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi esa oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.Cheklanmagan
shoxli,qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli,oq tolali o‘simliklar bilan
chatishtirilganda F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli,novvotrang tola
bergan. F1 o‘simliklari o‘z o‘ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa,ularning fenotipi qanday
bo‘ladi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang
.
Javob: 1) cheklanmagan, qo`ng`ir – 3 ta;
2)cheklanmagan, novvotrang - 6ta; 3)cheklanmagan,oq- 1 ta; 4) cheklangan,qo`ng`ir-1 ta; 5)
cheklangan, novvotrang-2 ta; 6) cheklangan,oq- 1 ta.
Do'stlaringiz bilan baham: