Fosforitlar



Download 75,97 Kb.
bet12/12
Sana25.07.2021
Hajmi75,97 Kb.
#128337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fosforitlar

nitrofos deyiladi. Agar unga kaliyli tuzlar (KCI, K2SO4) qo'shilib (donadorlashdan ilgari pulpaga qo'shiladi) tarkibida uchta ozuqa elementi saqlovchi (azot, fosfor va kaliy) nitrofosk yoki nitroammofosk deb ataluvchi murakkab o'g'it olinadi. Uning tarkibida

N-11-12 %; P2O-10-11%; K2O-11-12 %.

Sanoatda ko'p xil nitrofosklar ishlab chiqariladi, ammo ularning barcha navlarida P2O5 ning bir qismi suvda erimaydigan CaHPOshaklida bo'ladi.

Murakkab konsentrlangan va faqat suvda eruvchi P2O5 saqlovchi o'g'itni fosfat kislotasini ammiak bilan neytrallash orqali olinadi.

Н3РO4 + NH3 = NH4H2PO4

H3PO+ 2NH= (NH4)2HPO4

Olingan gidro- va digidrommofoslar ko'pincha kaliy nitrat, karbamid, kaliy xlorid yoki kaliy sulfatlar qo'shish bilan uchta oziqa elementi saqlovchi nitroammofoska, karboammofoska va boshqa murakkab o'g'itlar olinadi. Bu o'g'itlar suvda yaxshi eruvchi, tarkibida begona qo'shimchasi bo'lmagan, konsentrlangan o'g'itdir (55 % gacha oziqa elementlari bor).

Azofoskni olish uchun, tabiiy fosfatlarni nitrat kislota bilan o'zaro ta'siri natijasida olingan eritmadan kalsiyni, kalsiy nitrat shaklida eritmasini sovitish yo'li bilan cho'ktirib ajratib olinadida, so'ngra ammiak bilan neytrallanadi. Shunday qilinganda suvda eruvchi fosfor saqlovchi fosfatlar olish imkoniyati tug'iladi. Reaksiyani umumiy holda quyidagicha yozish mumkin.

2H3PO4 + l,5Ca(NO3)2 + 0,5HNO3 + 4,25NH3 =

3,5NH4NO3+ l,5CaHPO4+ 0,25 NH4H2PO+ 0,25 (NH4)2HPO4

Neytrallashning oxirgi bosqichida KCI qo'shiladi. Bunda almashinish reaksiyasi tufayli hosil bo'ladigan KNO3 va NH4C1 ham azofosk tarkibiga kiradi. Azofoskning tarkibida ko'p miqdorda suvda eruvchi P2O5 saqlovchi fosfor birikmalari bo'ladi.

Sobiq Ittifoq davrida O’zbekiston, asosan, paxta yetishtiruvchi respublika bo‘lgani uchun mamlakatdagi kimyo sanoati korxonalari, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligiga mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan edi. Achinarlisi, ularning yarmidan ziyodi almisoqdan qolgan uskunalar hisobiga bazo‘r faoliyat yuritgani sababli fosforitlar, kaustik soda, tuz kislotasi, xlor kabi xom ashyoning qariyb 70 foizi chetdan olib kelinardi. Vaholonki, yurtimizda azotli o‘g‘itlar tayyorlash uchun katta miqdorda zaxira mavjud edi.

Shular hisobga olingan holda, istiqlolning ilk yillaridan boshlab Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda kimyo sanoatini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uni mustahkam xom ashyo bazasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 1992 yilda hukumatimiz tomonidan fosforit xom ashyosi zaxiralarini o‘zlashtirishga doir qaror hamda Jer-Sardarin konini bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish dasturi qabul qilindi. Natijada 1998 yil may oyida yiliga 400 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan Qizilqum fosforit kompleksining ishga tushirilishi ushbu xom ashyo importini qisqartirishga poydevor yaratgan bo‘lsa, 2005 yilda uning bir yilda 716 ming tonna fosforit konsentrati tayyorlovchi ikkinchi navbati foydalanishga topshirilgach, mazkur mahsulotning xorijdan sotib olinishiga butunlay chek qo‘yildi. Ayniqsa, bu yerda pishirish pechi va fosforit xom ashyosini xlordan tozalash qurilmasi bunyod etilishi nafaqat Qizilqum fosforit kompleksida, balki “O’zkimyosanoat” AJning boshqa korxonalarida ham tayyorlanadigan mineral o‘g‘itlar sifatini yanada oshirish barobarida, PS-agro, suprefos kabi yangi turdagi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkonini berdi. Pirovardida eksport hajmi ham sezilarli darajada ortdi.

Shu bilan birga, “Farg‘onaazot” AJda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish evaziga ammiak selitrasi hamda azot kislotasi tayyorlash miqdori ko‘paytirildi, “Maksam-Chirchiq”, “Qo‘qon SFZ” va “Samarqandkimyo” aksiyadorlik jamiyatlarida rekonstruksiyalash hamda modernizatsiyalash ishlari olib borildi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida esa fosforit konsentratini pishirish va fosfat xom ashyosini dastlabki tarzda yuvib tozalash quvvatlari ishga tushirildi.

Bundan tashqari, 2001 yilda “Navoiyazot” AJda kaustik soda, xlor, tuz kislotasi, dezinfeksiya vositalari, Farg‘ona kimyo zavodida paxta sellyulozasi tayyorlashga kirishilgan bo‘lsa, 2002 yilda “Farg‘onaazot” AJda xlorat-magniy defolianti hamda xlorat natriy, 2003 yilda azot kislotasi va ammiak selitrasi ishlab chiqarishga erishildi. 2006 yilda ilg‘or texnologiyalar hamda asbob-uskunalar negizida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, 2010 yilda Tyubegatan kaliyli tuzlar koni bazasida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining birinchi navbati ishga tushirilishi esa kimyo sanoatimiz, umuman, milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyotida alohida ahamiyat kasb etdi. Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi foydalanishga topshirilgandan so‘ng O’zbekiston dunyodagi azot, fosfor va kaliy ishlab chiqaruvchi 11 davlat qatoridan joy oldi. Bugungi kunda “O’zkimyosanoat” AJ azot hamda fosfor o‘g‘itlari tayyorlash bo‘yicha Markaziy Osiyoda haqli ravishda yetakchi o‘rinni egallashi bilan birga, chet mamlakatlarga ammiak, karbamid, ammiak selitrasi, sulfat ammoniy, ammofos va nitrofoska yetkazib beruvchi eng yirik tizim hisoblanadi. 2016 yilda uning korxonalarida 2001 yildagiga nisbatan mineral o‘g‘itlar 1,9, shu jumladan, azotli o‘g‘itlar 1,7, fosforli o‘g‘itlar 1,3 barobar ko‘p ishlab chiqarilgani buning tasdig‘idir.

Qolaversa, “O’zkimyosanoat” AJ korxonalari qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, defoliantlar, chigit ekishda qo‘llaniladigan plyonkalarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashi barobarida, tog‘-kon sanoatiga tsianistli natriy va poliakrilamidlar, neft-gaz sohasiga parmalash reagentlari, qurilish industriyasiga kalsiylashtirilgan soda hamda boshqa mahsulotlarni ham yetkazib bermoqda.

Ayni chog‘da bozorni kengaytirish va diversifikatsiyalash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘zlashtirilishi, soha korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etgan holda, dunyo bozoriga integratsiyalashuvi tufayli tizimning eksport salohiyati ham tobora yuksalayotir. Ilgari jamiyat tovarlari yaqin qo‘shni davlatlarga sotilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, MDH, Yevropa, Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyoning 40 dan ortiq davlatlari, shuningdek, Xitoy, Eron, Avstraliya hamda Braziliyaga jo‘natilayapti. Bunda, shubhasiz, 2011 yilda “Navoiy” EIIZda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga yiliga 3 million donadan ko‘proq kosmetik, 120,8 million dona gigiyenik mahsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilgani muhim omil bo‘lmoqda.

Shu kunlarda esa “Navoiyazot” AJning yirik kimyo korxonalarida umumiy qiymati 1,8 million AQSh dollarilik uchta loyiha hayotga tatbiq qilinayapti. Chunonchi, Xitoyning “CAMCE Engineering” va “HQC Shanghai” konsorsiumlari hamkorligida respublikamiz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot — polivinilxlorid (PVX), kaustik soda hamda metanol, Yaponiyaning “Mitsubisi korporeyshn” va “Mitsubisi xevi indastriz” kompaniyalari bilan birgalikda ammiak hamda karbamid tayyorlovchi quvvatlarni barpo etish, Shveysariyaning “Kasale” kompaniyasi ko‘magida esa azot kislotasini ishlab chiqarish kompleksini yangilash bo‘yicha ishlar olib borilayotir. Buning samarasi o‘laroq, elektr energiyasi sarfi bir tonna azot kislotasi ishlab chiqarishda besh karra, ammiak tayyorlashda esa ikki barobar kamayadi. Muhimi, qariyb 1500 ta ish o‘rni yaratiladi.

Ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash hisobiga qo‘shimcha qiymatga ega yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash masalasi ham “O’zkimyosanoat” jamoasining diqqat-e’tiborida turibdi. Samarqand kimyo zavodida yiliga 240 ming tonna NPK-o‘g‘itlari tayyorlash korxonasi bunyod etilgani, “Angren” maxsus industrial zonasida esa “100 ming pogon metr konveyer lentasi, qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun 200 ming dona, avtomobillar uchun 3 million dona shina ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilayotgani ana shundan dalolat beradi.

Kimyo sanoatini 2020 yilgacha rivojlantirish dasturiga muvofiq esa, umumiy qiymati 2,65 milliard AQSh dollarilik 23 ta loyiha ro‘yobga chiqarilishi mo‘ljallanmoqda. Bu pirovardida 15 turdagi yangi mahsulot tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi bilan diqqatga sazovordir.

Xulosa o‘rnida aytganda, mamlakatimiz kimyo tizimidagi bu kabi ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar hamda diversifikatsiyalash jarayonlari qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, neft-gaz, to‘qimachilik, lok-bo‘yoq, avtomobil, qurilish sanoati, ayniqsa, kichik biznesning yanada ravnaq topishiga, umuman, iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlarda rivojlanishiga puxta zamin yaratmoqda.



Apatit (yun. apatao – aldayman) – fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f ele-mentlari, U, Sr va boshqa Oq, zangori, sariq, binafsha rang va boshqa rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab A. ftora-patit, gidroksilapatit va xlorapatitga bo‘linadi. A. magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Ba’zan A. kvars yertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Cho‘kindi jin-slarda A. guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar sha-klida uchraydi. A. o‘g‘it, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xom ashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Kamyob yer elementlari qo‘shilgan sintetik A. optikada qo‘llaniladi. O‘zbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi A.dir.
Download 75,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish