sakkizinchidan, me`yor talablariga mos keluvchi sinfxonalarni tashkil etish, tarbiyalanuvchilar ehtiyoji to'liq qondiruvchi sharoitlarni yaratish, sog'lom ovqatlanish dasturini qayta ko'rib chiqish hamda ularga tibbiy yordam ko'rsatish xizmatini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.
Qarorda aytilishicha, mazkur vazirlik barcha shartnoma, munosabat va sohaga doir masalalar bo'yicha Xalq ta`limi vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi. Aholi yashash joylarida talab va taklif munosabatlarini o'rganib chiqib, kelgusida butun O'zbekiston bo'ylab, maktabgacha ta`lim yoshida bo'lgan bolalarni ta`lim muassasalariga jalb etish maqsadida, 60, 70, 100, 120 va 150 o'rinli davlat hamda nodavlat MTM qurilishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |