c) Frame - mana eng asosiysi !
Frame - bu kadr. Aynan frame ketma-ketligi filmni hosil qiladi. Bir sekundda o'tadiga framelar soni esa film detalizatsiyasi va tezligini aniqlaydi. (qarang: pastda - fps)
Framelar ikki hil bo'ladi: frame va keyframe.
Keyframe (kalit frame) ning oddiy framedan farqi aynan unda biz obyekt xususiyatlari (joylashuvi, rangi, shakli va h.k.)ning o'zgarishini belgilaymiz. Flash esa (tweened animatsiyada /qarang pastda - tweened animatsiya/) ikki keyframe orasiga oraliq o'zgarishlarni aks ettiruvchi framelarni o'zi joylashtirib beradi (masalan biz 1 kadrda yashil to'rtburchak yasask, 30 kadrda esa xuddi shu to'rtburchakni qizilga bo'yab qo'ysak, flash oraliq framelarni shunday qo'yadiki /tweened animatsiyada/ yashil rang birdan qizilga o'tmay, balki ohistalik bilan oraliq ranglarga o'tgan holda qizilga aylanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |