ActionScriptga kirish
ActionScript (AS) nima va uni qayerda joylashtiramiz?
AS nima ekanligi va u qayerda joylashtirilishi Kirish qismining 7-bandida yoritilgan (Kirish. Flash atamalari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2043.msg99381#msg99381))).
Nom: Actions oynasidan foydalanish
Yuborildi: Usmon 18 Fevral 2008, 20:18:00
Actions oynasidan foydalanish
ActionScript (AS) da dasturlash uchun siz Action-Script oynasidan (uni chaqirish uchun pastki qismdagi Actions paneli ustida sichqoncha bilan bosiladi yoki F9 bosiladi) foydalanasiz. Oyna chap qismidagi buyruq, funksiya, operator va boshqa elementlarni tanlasangiz, ular o'ng qismdagi AS dasturga qo'shib qo'yiladi. Quyida gotoAndPlay - bir qatordan iborat dastur, chap qismda uning nomi ustida sichqonchani ikki marta bosih orqali o'ng qismdagi AS dasturga qo'shib qo'yildi. Buyruq tanlanganda, uning tepasida buyruqni qanday ishlatish haqida ko'rsatma paydo bo'ladi. Bizning holda bu - gotoAndPlay(Frame);.
(http://flash-doc.ru/imgs/998_01-1.gif)
2.1-rasm. AS oynasi (Chap va o'ng qismlarga e'tibor bering)
Nom: ActionScriptda birinchi dasturingiz!
Yuborildi: Usmon 18 Fevral 2008, 20:55:50
ActionScript da birinchi dasturingiz!
Keling, boshida trace buyrug'ini o'rganamiz. Bu buyruq Flash Output oynasiga ma'lumot chiqarish uchun ishlatiladi. Output oynasi - rolikni avvaldan ko'rib olish (предварительный просмотр) jarayonida chiqadigan matn oynasi. Undan odatda dastur ustida sozlash ishlari olib borayotganda foydalaniladi.
Bu buyruq tayyor rolikda ishlatilmasa-da, Flash siz bergan buyruqlarni bajarishini amalda isbotlay oladi.
Boshladik bo'lmasa :D
Avvaliga yangi Flash-rolik hosil qilib oling. Bunda bitta sloy va bitta kalit kadrdan iborat vaqt shkalasi paydo bo'ladi. Kadrni belgilang va F9 tugmasini bosing, Actions oynasi ochiladi. Endi oynaning o'ng qismida
Kod: [Belgilash]
trace ("Hello World!");
deb yozamiz.
Xuddi trace buyrug'idagi kabi nuqta-vergul barcha buyruqlar oxirida qo'yiladi.
Trace buyrug'i - Flashning ichki funksiyasi. Dumaloq qavslar ichida funksiya parametri ko'rsatiladi. Parametrlar - funksiyalar bajarilishi uchun kerakli ma'lumot. Trace funksiyasi bitta parametrga ega: u ham bo'lsa, Output oynasiga joylashadigan matnli qator. Ba'zi funksiyalar 1 yoki bir nechta parametrga ega bo'lishi, ba'zilari esa umuman parametrga ega bo'lmasligi mumkin.
Ekraningizda 2.2-rasmda ifodalangan tasvir paydo bo'lishi kerak. Actions oynasini ochganingizda yuqori qismida Actions - Frame sarlavhasini ko'rdingizmi? U AS kod hozirda tanlangan kadrga tegishli ekanini bildiradi.
(http://flash-doc.ru/imgs/998_03-1.gif)
2.2-rasm. Birinchi va yagona kadrga ilingan dastur
Control -> Test Movie (Контроль -> Запустить пробное воспроизведение ролика) amalini bajaring. Bunda Flash swf-file hosil qiladi va uni prevyu (avvaldan ko'rib olish / предварительный просмотр) uchun ochadi. Bo'sh oyna hosil bo'ladi. Chunki siz rolikka hech qanday grafik, matn yoki boshqa element qo'shganingiz yo'q. Biroq "Hello World!" output oynasi ham o'sha zahoti paydo bo'ladi (2.3-rasm).
(http://flash-doc.ru/imgs/998_04-1.gif)
2.3-rasm. "Hello world" - 1-dasturingiz natijasi
"Hello World" dasturini yaratish dasturlashni o'rganishni boshlayotganda birinchi bosqich vazifasini o'tashi allaqachon an'anaga kirib ulgurgan. Zero o'sha Basic, Pascal, Java, C++ yoki boshqa dasturlash tili bo'ladimi, barchasini o'rganish aynan shu dasturdan boshlanadi. Demak an'anaga sodiq qoldik. :D
Keyingi dars: Rolik ijrosini boshqarish
Nom: Flash rolik ijrosi ustidan nazorat
Yuborildi: Usmon 13 Mart 2008, 19:43:20
Tanaffusdan so'ng yana birgamiz : )
Rolik ijrosi ustidan nazorat
ASning gotoAndPlay buyrug'i bilan avval tanishgan edik. Bu buyruq kadrlarni ketma-ket emas, siz xohlagan tartibda ijro etish imkonini beradi. Demak, bu buyruq orqali rolik ijrosini boshqarish mumkin bo'ladi.
Yangi Flash-rolik hosil qiling. 4ta kalit kadr hosil qilib, ularni mos ravishda "part1" ... "part4" kabi nomlang. Bu kadrlar animatsiyamizning 4 qismi bo'ladi. Bundan tashqari kadrlarning har biriga foydalanuvchiga hozir ekranda rolikning qaysi qismini tomosha qilayotgani haqida ma'lumot beruvchi statik matn joylashtirish kerak.
Kadrlarga mos ravishda "PART 1" ... "PART 4" matnidan iborat statik matnlarni joylashtiramiz. "PART 1" matni "part1" kalit kadrida, "PART 2" matni "part2" kalit kadrida va sh.k. bo'lsin.
Kalit kadrlar orasida bir nechta kadr joylashtiring (Vaqt shkalasida kalit kadrimizning belgisi to'liq ko'rinib turishi uchun)
2.4-rasmda 4 belgidan iborat vaqt shkalasi tasvirlangan. Rasmda ikkinchi kalit kadr belgilangan, shuning uchun ish maydonida "PART 2" matni ko'rinib turibdi.
Ikkinchi kalit kadrni belgilang va Actions oynasini oching. Oynada quyidagi buyruqni kiriting:
gotoAndPlay ("part4");
Note: AS kod qo'shilgan kadr vaqt shkalasida "а" belgisiga ega bo'ladi.
(http://flash-doc.ru/imgs/998_05-1.gif)
2.4-rasm. 4 kalit kadrli rolik. Ikkinchi kalit kadr faol turibdi.
Bu rolikdagi yagona AS kod. Ijro vaqtida rolik "part 1" kadridan boshlanadi, ekranda "PART 1" matni hosil bo'ladi. Keyin vaqt shkalasi bo'yicha ijro etilib, "part2" gacha boradi. Lekin "part2" kadridagi "PART 2" matni ekran yuzini ko'rmaydi, sababi: hali matn chiqib ulgurmasdan kadrga ilingan AS kod ijroni "part 4"ga tomon burib yuboradi va "PART 4" matni hosil bo'ladi. Agar loop begilsi qo'yilgan bo'lsa, shu hol cheksiz davom etadi.
AS kod orqali "part 2", "part 3" kadrlari ijro vaqtida "chetlab o'tildi". Siz AS yordamida kadrlar ijrosi ketma-ketligini "buzishga" muvaffaq bo'ldingiz ;)
Nom: Flashda tugma
Yuborildi: Usmon 31 Mart 2008, 21:06:33
Do'stlaringiz bilan baham: |