Sheva
Sheva
(fors. — harakat tarzi, tarz, usul) — tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga
xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy tafovutlari
boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv
vositasi sifatida qoʻllanadi. Sh. — bu boshqa Sh. tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi
va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. Mas, qipchoq
lahjasining mangʻit yoki saroy shevasi, qarluq lahjasiga mansub margʻilon shevasi va boshqalar
oʻzbek tilining eng kichik hududiy koʻrinishlari hisoblanadi. Alohida Sh. lar birikib, lahjasi tashkil
etadi.
SH.lar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Sh. ning alohidalanish
(ajralib qolish) darajasi, muayyan Sh. vakillarining boshqa Sh.lar va tillarning vakillari bilan aloqa
qilish darajasi, adabiy tilning shahriga taʼsiri va shahrik.ga bogʻliq. Alohida ajralib qolgan Sh.larda
uning vakillari bilan atrofdagi aholi oʻrtasida aloqalarning yoʻqligi (geografik yoki siyosiy sabablar,
atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy eʼtiqod jihatdan ayni Sh. vakillaridan keskin farklanishi
tufayli), sheva vakillarining anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolishga astoydil intilishi oqibatida
Sh. juda sekinlik bilan oʻzgaradi, katta va kichik yoshdagilarning tilidagi farq sezilarsiz darajada
boʻladi. Adabiy tilning yoki boshqa shahrining kuchli taʼsiri ostida boʻlgan shahrida aholining turli
guruhlari nutqiga xos boʻlgan, birbiriga qarama-qarshi qoʻyilgan va turli darajada farqlanadigan
anʼanaviy (qad.) va yangi qatlamlar ajralib turadi.
Milliy til tushunchasining hajmi va qoʻllanish doirasi keng boʻlib, lahja va Sh.larni ham qamrab
oladi. Sh.lar adabiy til tushunchasiga kirmaydi, biroq ular tilning quyi shakli va tarmoqlari
hisoblanib, adabiy tilni boyitish uchun xizmat kiladi. Adabiy til meʼyorlarining takomillashuvi, fan
va madaniyat taraqqiyoti, shahar bilan qishloq oʻrtasidagi tafovutlarning kamayib borishi kabi
ekstralingvistik omillar tufayli Sh.lar ham asta-sekin oʻz hususiyatlarini yoʻqota boradi.
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
SH.lar tilshunoslikning dialektologiya boʻlimida oʻrganiladi. Oʻzbek Sh.larini oʻrganishga Gʻozi Olim
Yunusov, Ye.D. Polivanov, A.K. Borovkov, V.V. Reshetov, F. Abdullayev, Sh.Shoabdurahmonov, A.
Ishayev, S. Otamirzayeva, O. Madrahimov va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. Ad.: Reshetov V.V.,
Sh oabdurahmonov Sh., Oʻzbek dialektologiyasi, T., 1978. Abduvahob Madvaliyev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sheva
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Sheva&oldid=2389337
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |