Fonetika o`rganadigan masalalar noto`g`ri berilgan javobni toping



Download 53,4 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi53,4 Kb.
#216689
1   2
Bog'liq
ORALIQ TEST 1-KURS YEVRO OXIRGI VARIANT

Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti. 3.Ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?

  1. sinonim so‘zlar 

  2. omonim so‘zlar 

  3. antonim so‘zlar 

  4. ko‘p ma’noli so‘zlar 

ANSWER:B

Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida kuzatilmaydi?



  1. ikki so‘z orasida

  2. ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida

  3. ikki qo‘shimcha orasida

  4. sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin.

ANSWER:D

Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?



  1. A.yuvindi – yuvundi

  2. yoriq – yorug‘ 

  3. charlamoq – chorlamoq

  4. archish – artish 

ANSWER:C

Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi? 



  1. so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi 

  2. so‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatiladigan ma’nosi 

  3. so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri 

  4. so‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi.

ANSWER:A

Qaysi qatorda ayirish belgisining qo‘llanish o‘rniga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yilgan? 



  1. ma’zur, ma’bud, ma’yus

  2. ma’shum, ma’suliyat, ma’sud 

  3. ma’mur, ma’sum, ma’shuq

  4. mal’un, minba’d 

ANSWER:B
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q. Demak, maktabni bitirib, o‘qishga kirmoqchisan. Har ikkala gapdagi demak so‘zidan qaysi biri modal so‘z hisoblanadi?

  1. har ikki gapda modal so‘z

  2. birinchi gapda ot, ikkinchisida modal so‘z

  3. birinchi gapda harakat nomi, ikkinchisida modal so‘z

  4. birinchi gapda ot, ikkinchisida kirish so‘z.

ANSWER: C


Gap bilan ovora bo‘lib, kechikib ham qolibman. Ushbu gapdagi qolibman so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

  1. mustaqil fe’l 

  2. qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi

  3. bog‘lama 

  4. ko‘makchi fe’l.

ANSWER: D


Ot so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya (xususiyat)lar, otlarning yasalishi, ot yasovchi qo‘shimchalar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?

  1. morfologiya

  2. morfologiya va sintaksis

  3. morfologiya va so‘z tarkibi

  4. morfologiya va so‘z yasalishi

    ANSWER: A


Qaysi qatordagi tartib son dastlabkiilk (o’z) ma’nosida kelgan?



  1. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi.

  2. Endi ikkinchi tomonga nazar tashlaylik.

  3. Ikkinchi kattalarning so‘ziga aralashma.

  4. Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi.

ANSWER: D


Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ot turkumiga mansub?

  1. kelma, o‘qima, tugma

  2. gazlama, childirma, ko‘rsatma

  3. yasama, qaynatma, to‘qima

  4. yigirma, sekinlama, surma.

ANSWER: B

Qaysi qatorda faqat otlar berilgan?


  1. uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon

  2. yong‘in, toshqin, tuzdon, kuldon

  3. tuyg‘un, keskin, qumdon, xumdon

  4. so‘lg‘in, turg‘un, suvdon



ANSWER: B
Qaysi javobda otga xos bo‘lgan sintaktik vazifa noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. ega vazifasida keladi.

  2. kesim vazifasida qo‘llanadi.

  3. undalma vazifasida kelmaydi.

  4. to‘ldiruvchi vazifasida keladi

ANSWER: C


Ot qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar bilan birika olmaydi?

  1. ot, sifat

  2. olmosh

  3. ravish, fe’l

  4. ot mustaqil so‘z turkumlarining barchasi bilan birika oladi

ANSWER: D


Ot turkumi uchun asosiy belgi nimadan iborat?

  1. o‘ziga xos yasalish tizimiga ega va gapda gapning har qanday bo‘lagi vazifasida kela oladi.

  2. son, egalik, kelishik kabi grammatik ko‘rsatkichlarga ega

  3. ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish bilan birika oladi.

  4. otning asosiy belgisi predmetlik ma’nosini ifoda etish

ANSWER: B


Faqat mavhum otlar qatorini toping.

  1. bola, daftar, qishloq

  2. gul, zafar, shahar

  3. shodlik, sevgi, kulfat

  4. yo‘l, daraxt, vodiy

ANSWER: C


Mavhum otlar qatorini toping.

  1. uyqu, jahl

  2. soch, kiprik

  3. quyosh, tutun

  4. gul, orzu

ANSWER: A


Atoqli ot asosida paydo bo‘lgan turdosh otlar qatorini toping.

  1. asal, rayhon, arslon, muhabbat

  2. anor, lola, shirin, to‘qson

  3. etmish, bultur,turdi, ra’no

  4. rentgen, xosiyatxon, michurinchilar, amper

ANSWER: D


Faqat turdosh otlar asosida paydo bo‘lgan atoqli otlar qatorini toping.

  1. Ergash, Lobar, Gulchehra, To‘xtamurod

  2. Juma, Bahri, Rayhon, Nilufar

  3. Ulug‘, Suluv, Dilbar, Go‘zal

  4. Ortiq, Quvonch, Xursand, Vali

ANSWER: B


Mavhum otlarni aniqlang.

  1. do‘stlik, baxt, quvonch

  2. Suhrob, Feruza, shahnoza

  3. suv, g‘o‘za, shiypon

  4. bug‘doy, arpa, zig‘ir

ANSWER: A


Atoqli ot haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?

  1. bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ayirib ko‘rsatadi

  2. o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega

  3. atoqli otlarning ma’lum qismi sifat, fe’l, son turkumlariga oid so‘zlar asosida paydo bo‘ladi

  4. atoqli otlar ham grammatik jihatdan ko‘plik sonda qo‘llanadi

ANSWER: D


Yig‘lasa, yig‘lablar ketmaydimi?! gapidagi –lar qo‘shimchasining vazifasini aniqlang.

  1. ko‘plikni anglatish

  2. hurmatni ifodalash

  3. taxmin-chamani bildirish

  4. ma’noni kuchaytirish

ANSWER: D


Faqat birlikda qo‘llanadigan otlar qatorini toping.

  1. Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi

  2. bola, o‘quvchi, temir, mis

  3. bo‘ron, qo‘zg‘olon, qo‘l, muallim

  4. ko‘z, quloq, burun, g‘ildirak

ANSWER: A


O‘zbek tilida otning qaysi shakli sintaktik munosabatni ko‘rsatmaydi?

  1. kelishik shakli

  2. egalik shakli

  3. birlik va ko‘plik shakli

  4. egalik, birlik va ko‘plik shakllari

ANSWER: C


Ko‘plik qo‘shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni toping.

  1. Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko‘k dengizda sadafdek yaltiradi.

  2. Quvnashdi havasdan ko‘p bilan ko‘ngillar

  3. Vatandoshlarim bilan quvonaman

  4. Kechqurunlari bo‘sh bo‘laman, keling suhbatlashamiz.



ANSWER:D
-mi, -chi, -a, -ya yuklamalari yordamida qanday gap tuziladi?

  1. buyruq gap

  2. his-hayajon gap

  3. darak gap

  4. so‘roq gap

ANSWER:D
Ikki bosh bo‘lakli gap qaysi qatorda?



  1. Kulmoq hamisha umrni uzaytiradi. 

  2. Har kuni sport bilan shug‘ullaning. 

  3. Paxtakorlik kasbini ulug‘layapmiz. 

  4. Sharqda hamma keksalarni shoir hisoblashadi.

ANSWER:A
Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri otlarga xos?



  1. tuslanish

  2. turlanish

  3. daraja

  4. nisbat

ANSWER:B
Qaysi qo‘shimchalar tuslovchi qo‘shimchalar deyiladi?



  1. egalik qo‘shimchalari

  2. kelishik qo‘shimchalari

  3. shaxs-son qo‘shimchalari

  4. ko‘plik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha

ANSWER:C
Turlanish bilan bog‘liq tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping.



  1. kitob, xo‘roz, ittifoq

  2. samo, osmon, shivir

  3. bo‘taloq, chiroq, etik

  4. o‘qish, pedagog, etti

ANSWER:C
Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo... Ushbu misradagi bog‘lovchini toping.



  1. gar

  2. ro‘yo

  3. shul

  4. bog‘lovchi berilmagan

ANSWER:A


Uning kelayotganini sezmasdan eshikni yopdi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud va u qanday so‘z bilan ifodalangan?

  1. harakat nomi bilan sabab holi ifodalangan

  2. ravishdosh bilan sabab holi ifodalangan

  3. sifatdosh bilan sabab holi ifodalangan

  4. Ushbu gapda hol qo‘llanmagan

ANSWER:C


Dam o‘tmay o‘quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Gapdagi ravishga oid so‘zni toping.

  1. dam o‘tmay

  2. nom-banom

  3. xonalarga

  4. dam o‘tmay, nom-banom

ANSWER:B
Shart maylidagi fe’llarni toping.



  1. tozalaysan, yig‘ishtirasan, tushuntirasan

  2. ochilsa, ko‘rsangiz, sezmasak

  3. unutma, uyg‘otma, shoshilmaylik

  4. boryapman, eriyapti, qatnayapti

ANSWER:B
Qaysi gapda odamga so‘zi olmosh turkumiga ma’no jihatidan yaqin?



  1. Odamga ko‘p narsa kerak emas.

  2. Odam odamga do‘st, o‘rtoq.

  3. Har qanday odmaga yaxshilik qilish kerak.

  4. Odamga alam qilarkan...

ANSWER:D
Kasr sonni toping.



  1. Ikki hovli qo‘shib yuborilgan edi.

  2. ... qizarib-bo‘zarib, ketmondek oyning yarmi ko‘rinadi.

  3. ... to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi.

  4. Novvoyxonadan ikkita issiq non olib chiqay.

ANSWER:B
Otlashgan sifat qaysi gapda?



  1. Ichki go‘zallik bilan yo‘g‘rilmagan har qanday tashqi husn mukammal bo‘la olmaydi.

  2. Izchil mehnat hamma to‘siqlarni engadi.

  3. Otning yaxshisi uloqda bilinadi.

  4. Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir.

ANSWER:C
Bir so‘zi qaysi gapda chegaralash ma’nosini bildirgan?



  1. U Toshkentdan vakil bo‘lib kelgan bir rus kishi bilan gaplashmoqda.

  2. Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsirab, o‘zi, bolalari to‘g‘risida gapirdi.

  3. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda.

  4. Hammamiz imtihonlardan yaxshi o‘tdik, bir Ahmadning mazasi bo‘lmadi.

ANSWER:D
Atov gap qaysi qatorda?



  1. Xo‘p, o‘rtoq shifokor!

  2. Bolalikka buyuk ehtirom bilan qarash lozim.

  3. Mana Hirot. Husayn Boyqaro saroyi. Hamma motamda.

  4. Shu yorug‘yo‘lda sizga zo‘r baxtlar tilayman.

ANSWER:C
Tasdiqni bildiruvchi so‘z-gapni belgilang.



  1. - Kecha muzeyga bordingizmi? - Ha, bordik.

  2. Laylakning ketishini emas, kelishini kutadilar.

  3. Uh! Rosa charchadim.

  4. - Ertaga Yangierga borasizmi? - Ha.

ANSWER:D
Yaqindan musiqa ovozi eshitildi. Ushbu gapdagi ravishni toping.



  1. musiqa

  2. ovozi

  3. yaqindan

  4. eshitildi

ANSWER:C
Sonning qaysi turi hisob so‘zlari bilan qo‘llanmaydi?



  1. dona son

  2. chama son

  3. jamlovchi son

  4. tartib son

ANSWER:C
Numerativ (hisob) so‘zlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi?



  1. son, sanoq sonlar

  2. sifatlar, asosan yasama sifatlar

  3. gumon olmoshlari bilan

  4. otlar bilan

ANSWER:D
Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.



  1. Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating.

  2. Ey, yaxshilar, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik

  3. Asabga zo‘r bermang, odamlar.

  4. Ey farzand, aytar so‘zing, fe’l-atvoring odamlarni ranjitmasin.

ANSWER:D
Qo‘shma fe’llar yasalishida ishtirok etadigan so‘zlar qaysi javobda berilgan?



  1. ket, bor, yur

  2. qil, et, bo‘l

  3. o‘tir, qo‘y, sol

  4. yubor, chiq, kir

ANSWER:B
Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to‘liqroq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?



  1. ega

  2. to‘ldiruvchi

  3. aniqlovchi

  4. aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega, undalma

ANSWER:D
Fe’l asosli otni toping.



  1. paxtazor

  2. yaxshilik

  3. sharshara

  4. ochqich

ANSWER:D
Kirish gap (kiritma gap)(вводнаяконструкция) berilgan qatorni toping.



  1. Niyatingga etkur, quloq sol

  2. Bir so‘z bilan aytganda, tabiat ayolni alohida mahorat va muhabbat bilan yaratgan.

  3. Qosimjon aka (u bizdan to‘rt-besh yosh katta edi) choy olib keldi.

  4. Boboning aytishicha, bir vaqtlar bu telefonni Orif oqsoqolga eng katta oqsoqol sovg‘a qilgan ekan.

ANSWER:C
Qo‘shma sifatlarni toping.



  1. olachipor, qoraqizil, ochiqko‘ngil

  2. ko‘k muqovali, serjahl, xomxayolroq

  3. yam-yashil, uch g‘ildirakli, betakalluf

  4. qoramtir, sharsimon, oliy ma’lumotli

ANSWER:A
Sodda sonlar ishtirok etgan gapni aniqlang.



  1. Majlisga besh-olti ota-ona keldi.

  2. Karima to‘rt-besh yil sabr qildi.

  3. Yigirmanchida oxirgi imtihon bo‘ldi.

  4. O‘n beshinchi kuni hovlimizga ko‘chgan edik.

ANSWER:C
Qaysi uyushiq bo‘lakli gapda umumlashtiruvchi bo‘lak (umumlashtiruvchi so‘z) qo‘llangan?



  1. Kamtarinlikni, zahmatkashlikni, sabot va sobirlikni Asqad Muxtordan o‘rgansak bo‘ladi

  2. Aql, bilim va hikmat – oltindan qimmat.

  3. Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim.

  4. Siz bilan biz o‘z e’tiqodimizga sodiq ekanmiz.

ANSWER:C
Qaysi qatordagi atama (termin)lar grammatikaning sintaksis qismiga tegishli?



  1. taqlid so‘z, jamlovchi otlar, nisbat yasovchi qo‘shimcha

  2. paronimlar, qo‘shma gap, rasmiy uslub

  3. aralash qo‘shma gaplar, omonimlar, sifat

  4. bog‘lama, so‘z birikmasi, kirish so‘z

ANSWER:D
Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko‘rsatiladi?



  1. publitsistik uslubda

  2. badiiy uslubda

  3. ilmiy uslubda

  4. rasmiy uslubda

ANSWER:B
Ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?



  1. Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi.

  2. Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi.

  3. Muallif gapi faqat ko‘chirma gap orasida keladi.

  4. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin, keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko‘chirma gap orasida kelishi mumkin.

ANSWER:D
Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi?(I.A.Karimov).



  1. ega

  2. kesim

  3. aniqlovchi

  4. ega va kesim.

ANSWER:D
Biz tong qorong‘isida Rishtonga yetdik. Mazkur gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?



  1. Biz – ega, etdik – kesim, tong – belgisiz qaratqich aniqlovchi, qorong‘isida – hol, Rishtonga – hol.

  2. Biz – ega, etdik – kesim, tong – aniqlovchi, qorongisida – to‘ldiruvchi, Rishtonga – hol.

  3. Biz – ega, etdik kesim, tong qorong‘isida – hol, Rishtonga – to‘ldiruvchi. 

  4. Biz – ega, etdik – kesim, tong qorong‘isida – hol, Rishtonga – hol

ANSWER:D
Qaysi gapda fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmagan?



  1. Bizning nevaralarimiz, shubhasiz, xalqimiz qahramonligini eslaydilar.

  2. Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi.

  3. Yaxshi kishilar yuksak axloqiy yetuklik va yuksak axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar.

  4. Moviy osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.

ANSWER:D
Kesimi o‘zlik nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan gapni toping.



  1. Kamchiliklar ro‘y-rost ochib tashlandi.

  2. Ayvon yonidagi o‘choqqa o‘t qalangan.

  3. Atayin ho‘l sochiq bilan artindi.

  4. Doklad uchun Ziyodaxonga so‘z berildi.

ANSWER:C
Ikki dugona termilib qolishdi. Bu gap grammatik asosiga ko‘ra qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?



  1. bir bosh bo‘lakli gap

  2. yig‘iq sodda gap

  3. yoyiq sodda gap

  4. shaxsi ma’lum gap

ANSWER:C
Qaysi qatorda bir bosh bo‘lakli gap berilgan?



  1. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi.

  1. Xom suvni ichib bo‘lmaydi.

  2. Qimirlagan qir oshar.

  3. Ko‘chada hech kim yo‘q.

ANSWER:B
Mulla aka, sal nariroq surilib o‘tirmaysizmi? Ushbu gapda so‘roq mazmuni qaysi yo‘l bilan berilgan?



  1. taajjub

  2. iltimos

  3. gumon

  4. shubha

ANSWER:B
Gaplarning qurilish xususiyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?



  1. leksikologiyada

  2. fonetikada

  3. morfologiyada

  4. sintaksisda

ANSWER:C
Hayvon, parranda kabilarni kelish, ketish, to‘xtashga undashni bildiruvchi so‘zlar qaysi so‘z turkumiga oid?



  1. taqlid so‘zlar

  2. modal so‘zlar

  3. undov so‘zlar

  4. fe’l

ANSWER:C
«Atrofdagi ovozlarga gala-gala chug‘urchuqlarning vijir-vijiri qo‘shilib ketmoqda» gapidagi taqlid so‘zning turini aniqlang.



  1. holatga taqlid

  2. tovushga taqli

  3. harakatga taqlid

  4. ko‘rinishga taqlid

ANSWER:B
Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo‘shilganda, so‘z oxiridagi k yoki q tovushi o‘zgarmaydi?



  1. o‘rik, tuproq, istak

  2. o‘rtoq, kelajak, qarmoq

  3. idrok, nutq, axloq

  4. koptok, pichoq, tirnoq

ANSWER:C
Dam yomg‘ir yog‘adi, dam havo ochiladi. Bu gap tarkibida bog‘lovchining qaysi turi qo‘llangan?



  1. biriktiruv bog‘lovchisi

  2. zidlov bog‘lovchisi

  3. ayiruv bog‘lovchisi

  4. ergashtiruvchi bog‘lovchi

ANSWER:C
Sifatdoshlar fe’lga xos qanday ma’nolarni ifodalaydi?



  1. zamon, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat

  2. mayl, shaxs-son o‘timli-o‘timsizlik

  3. ko’plik

  4. barchasi to‘g‘ri.

ANSWER:A
Sifatdoshning qaysi shakliga bo‘lishsizlik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz beradi?



  1. –gan

  2. –(a)r

  3. –(a)yotgan

  4. –(a)digan

ANSWER:B
Orttirma nisbat qo‘shimchasi -dir haqida bildirilgan qaysi hukm xato?



  1. jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga doimo –tir tarzida qo‘shiladi

  2. jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga doimo -dir tarzida qo‘shiladi

  3. kesimlik qo‘shimchasi va gumon olmoshini hosil qiluvchi –dir qo‘shimchalari bilan omonim hisoblanadi

  4. orttirma nisbat qo‘shimchasi, so’z shakli yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi

ANSWER:B
Juft olmoshlar ishtirok etgan gapni toping.



  1. U har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasdi. 

  2. Har kim ekkanini o‘radi. 

  3. To‘yga kim-kimlar borishdi? 

  4. D.U-bu eb ol, o‘g‘lim.

ANSWER:D
Saida bu ayolni darrov yomon ko‘rib qoldi. Ushbu misoldagi olmosh gapning qaysi bo‘lagi bo‘lib kelgan?



  1. ega

  2. kesim

  3. aniqlovchi

  4. to‘ldiruvchi

ANSWER:C
Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo‘llangan?



  1. Bu sinfda yigirma beshta o‘quvchi ta’lim oladi.

  2. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.

  3. Shahrimizda o‘nlab teatrlar bor.

  4. Ikkovimiz ham pastga tushdik.

ANSWER:A
Chama sonni toping.



  1. Ularning har ikkalasi ham shu to‘g‘rida o‘ylar edi.

  2. ...to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi.

  3. Lekin ular yiqqan kitoblar chol yiqqan kitoblarning o‘ndan biriga ham teng kelmaydi.

  4. Hozir ular bo‘lajak shiyponning to‘rtinchi ustunini tayyorlashyapti.

ANSWER:B
Qaysi qatorda sifat otlashmagan?



  1. Boy qursin, uyat-andishani bilmaydimi?

  2. Quv, ichidan pishgan, fidoyi, jasur komandirni hamma sevadi.

  3. Yaxshidan ot qoladi, yomondan - dod.

  4. Bu xabarni eshitgach, onasi dovdirab, nochor qoldi.

ANSWER:B
Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini ko‘rsating.



  1. yig‘iq, yig‘loqi

  2. bosiq, bosqon

  3. qo‘g‘irchoq maqtanchoq

  4. kuyunchak, kelinchak, burchak

ANSWER:A
Qo‘shma otlar qatorini toping.



  1. gultojixo‘roz, sadarayhon, namozshomgul, muzyorar

  2. sohibjamol, tinchliksevar, ishyoqmas o‘zbilarmon

  3. allakim, allaqanday, allaqachon, kimdir

  4. ishlab chiqmoq, oh urmoq, nazar solmoq, payqamay qoldi

ANSWER:A
Quyida berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga qaysi qatordagi qo‘shimchalarni qo‘yish mumkin? U... voqea... bexabar ekani... bilib, butun vujudi... yengib bo‘lmas bir horg‘inlik sezdi.



  1. -ni, -ga,-dan, -da

  2. -dan,-ni, -ning, -ka

  3. -ning,-dan,-ni,-da

  4. -ni, -dan, -qa, -ning

ANSWER:C
Bog‘lovchilarning qaysi turi gaplarni ham, uyushiq bo‘laklarni ham bog‘lab kelishi mumkin?



  1. faqat ergashtiruvchi bog‘lovchilar

  2. faqat teng bog‘lovchilar

  3. teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar

  4. gaplarni ham, uyushiq bo‘laklarni ham bog‘laydigan bog‘lovchilar mavjud emas.

ANSWER:C
So‘z-gap qaysi qatorda bor?



  1. Hayot kitobiga hech qachon yakun yasab bo‘lmaydi.

  2. - Bu gap esingdan chiqmasin. Xo‘p, taqsir.

  3. – Ertaga teatrga borasizmi? -Yo‘q, borolmayman.

  4. Avlod uchun otadan ham ulug‘roq kishi bormi? – Bor.

ANSWER:D
Ravish gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang.



  1. Mayor sabrsizlanib, har yoqqa tikildi.

  2. Xayollarim shamoldan tezroq uchardi.

  3. Ko‘p kitoblar o‘qib chiqdim.

  4. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas.

ANSWER:D
Ko‘pni yomonlagan ko‘muvsiz qolar. Ushbu maqoldagi gap bo‘laklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.



  1. to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim

  2. to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim

  3. to‘ldiruvchi, ega, hol, kesim

  4. to‘ldiruvchi, ega, kesim

ANSWER:D
Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping.



  1. Avval o‘yla, keyin so‘yla.(Maqol)

  2. Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. (O.Y.)

  3. Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi.(O‘.Rashid)

  4. B va C.

ANSWER:D
Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?



  1. -gi, -ki, -qi, -iy, -viy, -chan

  2. -siz, -simon, ser-, ba-, be-

  3. -dosh, -kor, -kash, -chi, -gar

  4. D.-choq,-chak, -gir, -kir, -q,-qi

ANSWER:D
Otlashgan so‘zni toping.



  1. Bilmaslik ayb emas, o‘qimaslik ayb.

  2. Birov yonbag‘irdan gul tergani, birov buloq suvidan ichgani tarqalib ketdi.

  3. Dunyoda el va erga xiyonat qilishdan, zolimga do‘st bo‘lishdan ham ko‘ra og‘irroq, razilroq, mudhishroq jinoyat bormi?

  4. Donolikning bir belgisi – adolat.

ANSWER:C
Quyida berilgan hisob so‘z qanday ifoda uchun xizmat qilmoqda? Bir qultum suvga zor bo‘lib...



  1. butunning bo‘lagi

  2. og‘irlik o‘lchovi

  3. masofa

  4. predmetni yakkalab hisoblash

ANSWER:A
Otlashgan sonni aniqlang.



  1. Beshta qiz salqin hovlida chir-chir aylanib koptok o‘ynar edi.

  2. Ular ancha gaplashib turgandan keyin, biri qishloq tomonga ketdi, ikkinchisi orqaga qaytdi.

  3. Bir kilogramm paxta tolasidan o‘n ikki metr chit yoki yigirma metr batist tayyorlash mumkin.

  4. Alisher Navoiy XV asrda yashab ijod etgan.

ANSWER:B
Otning olmoshga ko‘chishi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?



  1. Yaxshi odam, yo‘ldoshing kitob bo‘lsin!

  2. Odam borki, odamlarning naqshidir

  3. Odam ketgisi kelyapti

  4. Inson yashamoqdan tolmasin uchun umid berilgan.

ANSWER:C
Maqsad ma’nosini anglatgan uchun ko‘makchisi qatnashgan gapni aniqlang.



  1. Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi.

  2. Daftarni ukam uchun keltirdim.

  3. G‘o‘za erta ekilgani uchun hosil mo‘l bo‘ldi.

  4. Yig‘ilish uchun imkon yaralmadi.

ANSWER:A
Biz sayohatga poyezdda yoki avtobusda boramiz. Ushbu gapda ayiruv bog‘lovchisi qanday bo‘laklarni bog‘lagan?



  1. qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni

  2. uyushiq bo‘laklarni

  3. turli gap bo‘laklarini

  4. bog‘lovchi vazifasini bajarmagan

ANSWER:A
Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo‘shilganda, keyingi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi?



  1. bilim, vazir, bog‘ich

  2. vakil, voris, do‘stlik

  3. o‘rin, bo‘yin, o‘g‘il

  4. idish, ilik, ayiq

ANSWER:C
Otlashgan taqlid so‘z qaysi gap tarkibida qo‘llangan?



  1. Yomon ishning oxiri voy.

  2. Ona, keldingizmi?

  3. Suvning shildir-shildiri kuchaydi.

  4. Qurbaqalar vaqir-vuqur deb sayrashar edi

ANSWER:C
«O‘hho‘, namuncha katta ketdingiz!» gapidagi undov so‘z qanday ma’noni anglatyapti?



  1. faxrlanish

  2. mag‘rurlanish

  3. mensimaslik

  4. e’tiroz

ANSWER:C
Ritorik so‘roq gapni toping.



  1. O‘qish qachon boshlanadi?

  2. Dadang qayerga borib kelganini aytaymi? – deb qoldi.

  3. Salomat yuribsizmi, Bahromjon?

  4. Sut ko‘r qilgur haromi. Gitler oq padar, Farzandning qadrini qayerdan bilsin?!

ANSWER:D
Chang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.



  1. holat ravishi

  2. payt ravishi

  3. daraja-miqdor ravishi

  4. sabab ravishi

ANSWER:A
Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g‘azal yozadi. Gapning turini toping.



  1. ergash gapli qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi

  2. bog‘langan qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi

  3. yoyiq sodda gap

  4. murakkablashgan sodda gap.

ANSWER:B
Quyidagi sinonim so‘zlarning ko‘proq so‘zlashuv uslubiga tegishlisini belgilang.



  1. rohat

  2. huzur

  3. mazza

  4. lazzat

ANSWER:C
Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi.



  1. badiiy

  2. publitsistik

  3. rasmiy

  4. so‘zlashuv

ANSWER:A
Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar. Ushbu misoldagi fe’lning sintaktik vazifasini ko‘rsating.



  1. ega

  2. to‘ldiruvchi

  3. kesim

  4. aniqlovchi


ANSWER:C
Download 53,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish