Fonetika o‘qitish metodikasi Reja


Undoshlar tasnifini ushbu jadval bo



Download 0,97 Mb.
bet6/6
Sana11.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#343390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NEED

Undoshlar tasnifini ushbu jadval boyicha yodlash tavsiya qilinadi.

Fonema

Hosil bo`lish o`rniga

ko`ra

Hosil bo`lish usuliga

ko`ra

Tovush paychalarining

ishtirokiga ko`ra

Ovoz va shovqinning

ishtirokiga ko`ra

B b

Lab-lab

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

D d

Til oldi

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

F f

Lab-tish

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

G g

Til orqa

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

H h

Bo`g`iz undoshi

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

J j

Til oldi

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

J (dj)

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

K k

Til orqa

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

L l

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Sonor

M m

Lab-lab

Portlovchi

Jarangli

Sonor

N n

Til oldi

Portlovchi

Jarangli

Sonor

P p

Lab-lab

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

Q q

Chuqur til orqa

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

R r

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Sonor

S s

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

T t

Til oldi

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

V v

Lab-tish

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

X x

Chuqur til orqa

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

Y y

Til o`rta

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

Z z

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

G` g`

Chuqur til orqa

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

Sh sh

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

Ch ch

Til oldi

Qorishiq-portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

Ng ng

Til orqa

Portlovchi

Jarangli

Sonor

Tovushdosh so‘zlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh so‘zlar bir-biridan atigi bitta tovush bilan farqlanuvchi, turli xil ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardir. Har bir unli va undosh tovushning talaffuzi, imlo xususiyatlari o‘rganilgach, bolalar berilgan so‘zlarga tovushdosh so‘zlar tanlashlari va ularning ma’nolarini izohlashlari mumkin. Masalan, ber-bur-bor-bo‘r; loy-moy-soy-toy-boy-voy-yoy-hoy va h.k.

O‘quvchilar nutqini tovushdosh so‘zlar bilan boyitishda, ayniqsa, tovush juftlari ustida olib boriladigan ishlar yaxshi samara ko‘rsatadi. Chunonchi, u-o‘ (un-o‘n, ul-o‘l, o‘r-ur, uq- o‘q, bur-bo‘r, tur-to‘r, sur-so‘r, qur-qo‘r, yul-yo‘l yuq-yo‘q, qul-qo‘l, yundi-yo‘ndi; va h.k.) u-i (bur-bir, sur-sir, tur-tir va h.k.); u-o (bur-bor, tur-tor, qur- qor va h.k.); i-e (bir-ber, tir-ter, it-et va h.k.); p-b (pir- bir, pol-bol, put-but va h.k.) kabi so‘z juftlari ustida ishlash o‘ta foydalidir.

So‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash orqali. Ma’lumki, og‘zaki nutqda unli yoki undosh tovushlarni cho‘zish vositasida ma’noni kuchaytirish (masalan, ka-tta bino, ki-chkina bola, qa-ri chol kabi), ishonchsizlikni ifodalash (masalan, yo‘-q -q, kela-r-r, bora-r-r kabi), yalinish-erkalash (masalan, oyijo-ni-m, buvijo-n kabi) ma’nolarini berish mumkin. Qat’iylikni ifodalash maqsadida so‘z oxiridagi undoshni qattiq talaffuz etish usulidan foydalanilsa, ishonchsizlik ma’nosini berish uchun oxirgi undosh tovush talaffuzini susaytirishdan foydalaniladi. Masalan, «Yo‘qq, yo‘qq. U ko‘rmadi», - deb qichqirdi bola va «Yo‘q,-dedi ishonchsizlik bilan Salima» gaplaridagi yo‘q va yo‘qq so‘zlarining ma’nosida farq bor.



So‘z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug‘at tarkibidagi barcha so‘zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o‘xshash bo‘lgan (omonim) so‘zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg‘u (leksik urg‘u) fonetik vosita bo‘lishi mumkin.

«So‘z juftlarini davom ettir» o‘yinida o‘quvchilarga san’at- sanat, tal’at-talat, qal’a-qala, ta’na-tana, ta’b-tab singari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan so‘z juftlarini belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 ta so‘z juft) yetkazgan o‘quvchi g‘olib deb topiladi. Ushbu o‘yin o‘quvchilarning fonetik bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, zukkolik, epchillik, topqirlik qobiliyatlarini ham yuzaga chiqaradi.



«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini. O‘quvchilarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha davom ettirish talab etiladi. Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.

Tavsiya etilgan so‘zlar:

  • bosh, tosh, osh, qosh, yosh, fosh;

  • bol, pol, tol, sol, qol, mol, hol, xol.



«Ikkala bo‘g‘inida bir xil unli bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatini tuzing» o‘yinida birinchi bo‘g‘inida ham, ikkinchi bo‘g‘inida ham bir xil unli qo‘llaniladigan so‘zlarni (masalan, tutun, butun, uzun, quzg‘un, burgut, uyg‘un, tuyg‘un, mushuk, ustun, uyg‘ur, uchun, uzum, tushum va h.k.) topish va so‘zlar ro‘yxatini muayyan miqdorga yetkazish topshiriladi. Belgilangan miqdorda eng ko‘p so‘z topa olgan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi.

Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381-mashq berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan bo‘lsa. 382-mashqda esa berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini qo‘yish vazifasi topshirilgan. 383-mashq esa o‘quvchining mavzu yuzasidan egallagan bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir so’zning ikki xil yozilishi berilgan: tuyg‘i-tuyg‘u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to‘g‘ri yozilganini aniqlash topshirilgan. 384-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Ko‘rinadiki, mana shu mavzu orqali o‘quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so‘zlarning imlosi haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” nomli mavzu ham o‘rin olgan. Ushbu mavzu ham o‘quvchilar savodxonligini mustahkamlashda muhim o’rin tutadi. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa, bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat, saodat kabi. Bunday so‘zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir undosh tovush qo‘yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan so‘zlarning imlosida qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu mavzu esa o‘quvchilarga shunday so‘zlarning yozilishini o’rgatishda yaxshi yordam beradi.

Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o‘rgatish orqali ham o‘quvchilarga orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi nomli mavzu quyidagicha o‘rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan bob, yod, eg kabi so‘zlarning talaffuzi o‘rganiladi va so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yoq‘olib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so‘ng darslikdagi mashqlar orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g‘ kabi jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi, v, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi o‘rganiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga j, x va h, f, ng, sh va ch harflarining, qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo‘g‘in, tovushlarining orttirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog‘liq holda ham o‘rgatiladi.

Fonetik mashqlar – o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. Ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligi ko‘p jihatdan so‘zning ma’nosi va shakli, grammatik kategoriyalar va ularning nutqda ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlarga bog‘liq bo‘ladi. Ammo, afsuski, amaldagi mavjud dastur va darsliklarda bu bog‘lanishlar to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy talqini asosiy o‘rinni egallab, so’z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu holning oldni olish choralaridan biri o‘zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi semantika va amaliy uslubiyat bilan bog‘lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilning barcha bo‘limlari qulay imkoniyatlarga ega. «Fonetika»ni o‘rganishda o’quvchilar ko‘proq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilish, hosil qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u — o’, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqlanuvchi so’zlar topish va ularning ma’nolarini izohlash, ma’lum bir guruhlardagi so’zlar ro‘yxatini tuzish(masalan, birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum—tushim kabi so‘zlar); berilgan so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho‘zishdan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fonetikani o‘rganishda eng muhim masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh tovushlar (harflar) haqida gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga qaratishga to‘g‘ri keladi. «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda a, i, u, u harflari ishtirok etgan so‘zlarni matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u — o‘, i — u, a — i va h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan so‘zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i — u tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; q, g‘, h, x tovushlari (harflari) va k, g,. y tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o‘ tovushlarining talaffuz xususiyatlari, i, u tovushlarining o’ta qisqa va aniq talaffuzi ustida ishlash.

Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun misli ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib tarixga kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va yangi axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy islohotlar bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda.

Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni amalga oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Fikrlashga yo‘naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal qilib, ish tutilsa, ta’lim tizimidagi qaytariq va o‘rinsiz takrorlarga chek qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa til fanini barcha bo‘limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini ta’minlashi shubhasizdir.

Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So‘ng tushunchangizni so‘zlab bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi. Uning nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda ifodalovchi belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning lug‘at tarkibini o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va so‘zning tarkibi morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.

1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang.

Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u.



2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang.Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r; Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh.

3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring.

Biror matnni o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va so‘z tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang.



4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring. Ularda qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting.

Masalan: ranj/ganj; r va g tovushlari ma’no farqlashga xizmat qilmoqda



5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling va dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil qiling.Ish desa, ayyor, Sher izini it bosmas.Osh desa, tayyor.

Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar



6-mashq. Talaffuz qilganingizda hech qanday to‘siqqa uchramay chiquvchi nutq tovushlarini ajrating. So‘ngra she`rni ifodali o‘qib, mazmuni haqida tushunchangizni bayon qiling.

Aziz asrimizning aziz onlari,

Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.

Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la,

Bezamoq chog‘idir, umr daftarin.

G‘.G‘ulom



7-mashq. Yangi bo‘g‘in qo‘shib so‘zlar yasang va to‘g‘ri talaffuz qiling.

1.Bir bo‘g‘n/ 2.Ikki bo‘g‘n/ 3.Uch bo‘g‘in/

Sal Sa-ra Sa-mar-qand

So‘…


Si…

Se…


So…

Su…


Mustahkamlovchi test savollari

Fonetika o‘rganadigan masalalar noto‘g‘ ri berilgan javobni toping.

A) nutq tovushlarining hosil bo‘lishi B) urg‘u, bo‘g‘in, ohang C) nutq tovushlarining turlari, o‘zgarishi D) nutq tovushlarining so‘z ma’nolarini ajratishdagi roli.

2. Fonetika bo‘limida tovushlarning qaysi tomoni o‘rganiladi?

A) lingvistik xususiyatlari B) ijtimoiy mohiyati C) fizik-akustik xususiyatlari D) ma’no farqlash xususiyatlari

  • 3. Fonologiya bo‘limida tovushlarning qaysi tomoni o‘rganiladi?

  • A) qay tarzda hosil bo‘lishi B) sifat tomonlari C) kuchi va cho‘ziqligi D) ma’no farqlash xususiyatlari.

  • 4. Tovushning xususiyatlari noto‘g‘ ri berilgan javobni toping.

  • A) so‘z va qo‘shimchalar bir-birlaridan tovushlari bilan farq qiladi B) har qanday so‘z tovushlardan tashkil topadi C) nutqning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismi D) birchasi to‘g‘ ri.

  • 5. Bir xil tovushlarning turlicha joylashuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar qaysi javobda berilgan?

  • A) kitob, maktub, maktab B) suvrat, tasvir, tasavvur, musavvir C) uchqur, chuqur, urchuq D) ahbob, habib, muhib.

  • 6. Bir tovushi bilan farq qiladigan so‘zlar berilgan javobni toping.

  • A) kalom, qalam, malak B) borlik, borliq, torlik C) jodu, jodi, juda

  • D) sohib, hisob, solib

  • 7. Tovushlarning ortiqligi bilan farqlanadigan so‘zlar berilgan javobni toping.

  • A) adab, abad, odob B) alam, qalam, a’lam C) stol, ustol, ustul

  • D) mulk, molik, komil.

  • 8. Fonemaning belgilari noto‘g‘ ri berilgan javobni toping.

  • A) eshitilishi B) aytilishi C) ma’no farqlashi D) tuzilishi.

  • 9. Fonemaning eng muhim belgisi ko‘rsatilgan javobni toping.

  • A) ma’no ajratishi B) akustikasi C) artikulyatsiyasi D) aytilishi va eshitilishi.

  • 10. Nutq tovushlarining balandligi nima bilan ta’minlanadi?

  • A) un paychalarining ko‘p tebranishi bilan B) un paychalarining kuchli tebranishi bilan C) un paychalarining past tebranishi bilan D) un paychalarining kam tebranishi bilan

Javoblar

  • 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

  • D B B D C C B D A A

 

Metodik tavsiya

Amalda bo‘lib turgan maktab darsliklarida nutq tovushlari yaxlit holda tasnif qilib berilmagan. Norasmiy qo‘llanmalarda biroz farqi bilan tasnif qilingan. Ularda (masalan, N.Rasulova qo‘llanmasida) “o” unlisi lablarning ishtirokiga ko‘r oraliq tovush ekanligi aytilib, misol tariqasida “tonna”, “noyabr” so‘zlarida lablangan, “olma”, “ona” so‘zlarida lablanmagan deb berilgan. Bunga e’tirozimiz yo‘q. Lekin millatning bolasiga milliy tilimizdan saboq berganda tushuntirilayotgan qoidaga imkon qadar ona tilimizdagi o‘z qatlamga mansub til birliklaridan misol keltirish didaktik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. (Men tashlagan yuqoridagi Fonetikadan savol-javoblardagi misollarga diqqat qiling.) Chunki bu tilimiz tabiatini ko‘rsatadi va bu qoida ona tilimizning fitratiga mosligini anglatadi. Avval o‘z qatlamdagi misollar bilan tushuntirib, so‘ngra o‘zlashgan so‘zlardan misol aytish, ya’ni qoidaga ilova qilish maqsadga muvofiq. Bu repetitor hamkasblarimizga ham tegishli. Chunki abiturientga o‘qishga tayyorgarlik asnosida maktabda berilmagan milliy tarbiya, bilim va shuurni berish bo‘ynimizgadagi qarz. Faqat ma’lumot berib, test yechtirish bilan kifoyalanib qolayotgan repetitor o‘qituvchilar o‘z ishlarini vijdonan bajarmayotgan bo‘lib chiqadi.



XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Fonetika bo‘limini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga ko‘plab lingvistik bilimlar berish, ularning savodxonligini yaxshilash imkoniyatlari keng. Buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.

“ Fonetika” bo‘limini o‘qitishda ko‘zda tutiladigan amaliy maqsadlardan biri o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishdir. Bu ish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

1.Tovushdosh so‘zlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh so‘zlar bir-biridan bir tovush bilan farqlanadi hamda turli ma’noga ega bo‘ladi: ber-bor-bur, loy-moy-soy, choy-toy kabi. O‘quvchilar har bir unli va undosh tovushning talaffuzi va imlo xususiyatlarini o‘rganib bo‘lgach, shu tovushlarga mos tovushdosh so‘zlar to‘playdilar: Bu esa o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga yordam beradi.

2.So‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash orqali.

Unli va undosh tovushlarni cho‘zish vositasida ma’noni kuchaytirish, so‘zga ishonchsizlik, yalinish-erkalash kabi ma‘nolarni yuklash mumkin. Masalan: kaaatta (ma’noni kuchaytirish), yo‘o‘o‘q (ishonchsizlik ma’nosi), buvijooon (yalinish) kabi. Ana shunday ifodalarni o‘quvchilarga o‘rgatish ularning so‘z boyligini oshiradi.

3.Ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida ishlash orqali.

O‘qituvchi Fonetika bo‘limidagi har bir mashq ustida ishlashda ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida ishlash imkoniyatiga ega.

Masalan, ng tovushining imlosi ustida ish olib borilar ekan, o‘quvchilar ohangi, tengi, tonggi, manglay singari so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratadilar. Shu bilan birga ma‘nodoshlar topishi ham mumkin. Masalan: ohang-sas, teng-barobar-tengqur, tonggi-sahargi, manglay-peshona kabi.

Tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar ustida ish olib borilayotganda ham shunday ishlar davom ettirilishi mumkin: urish-urush, yumish-yumush.



“Fonetika bo‘limini o‘qitishda sathlararo bog‘lanishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham keng. Bu bo‘limni orfografiya, leksikologiya, sintaksis kabi bo‘limlar bilan bog‘liq holda o‘qitish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Umumiy orta ta’limning davlat ta’lim standarti va oquv dasturi. Ona tili. Adabiyot. Ozbek tili (ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) . Toshkent. “Sharq” nashriyotmatbaa konserni. 1999-yil, 1-maxsus son.

2.Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Ta’lim togrisidagi Qonuni”. 2020-y 24-sentabr

3.B.Toxliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. “Ozbek tili oqitish metodikasi” Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2006-y.

4.A.Gulomov, M.Qodirov “Ona tili oqitish metodikasi” Toshkent. “Universitet” nashriyoti. 2001-y.

5. “Ozbek tilining asosiy imlo qoidalari” Toshkent. “Oqituvchi” nashriyoti 1995-y.

6.Y.Gulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedov. “Ozbek tili oqitish metodikasi” Toshkent. “Oqituvchi” nashriyoti 1975-y.

7.O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev “Ona tili didaktikasi” Toshkent. “Yangi asr avlodi nashriyoti” 2005-y.

8.www.google.uz

9.www.ziyonet.com



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish