Fonetika Hurmatli bo‘lajak talabalar, bugun sizlar bilan fonetika bo'limini boshlaymiz avvalo, sizlar (avval tayyorlangan bo'lish-bo'lmasligingizdan qat`i nazar) quyida berilgan savolni ishlashga harakat qilib ko‘rasizlar


Egalik qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari



Download 2,39 Mb.
bet29/49
Sana19.02.2022
Hajmi2,39 Mb.
#459452
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
fonetika (3)

Egalik qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari:

Egalik qo'shimchalari o'zidan oldin kimning? nimaning? qayerning? kabi so'roqlarga javob bo'ladigan so'zlarni talab qiladi va bu so'zlar matnda qatnashmagan bo'lishi mumkin, lekin o'rniga tiklashimiz mumkin bo'ladi:
Muallim kitobimni avaylab ochdi. (mening kitobim) --- tushundingizmi? Endi misollar keltiramiz:
Birinchi shaxs birlik: mening kitob+im, mening hovli+m
Birinchi shaxs ko'plik: bizning kitob+imiz, bizning hovli+miz
Ikkinchi shaxs birlik: sening kundalik+ing, sening orzu+ng
Ikkinchi shaxs ko'plik: sizning uy+ingiz, sizning hovli+ngiz
Uchinchi shaxs birlik: uning hovli+si, uning kitob+i
Uchinchi shaxs ko'plik: ularning kitoblari, uylari.
ESLATMA: -m, -miz, -ng, -ngiz, -si kabilar unlidan keyin keluvchi egaliklardir, -im, -imiz, -ing, -ingiz, -i kabilar esa undoshdan keyin keladigan egaliklardir. Uchinchi shaxs ko'plik -(lar)i holati unlidan keyin ham, undoshdan keyin ham bir xil qo'llanilaveradi.
2) Kelishik qo'shimchalarining xususiyatlariga to'xtalib o'tirmaymiz, chunki juddda oddiy.
Belgili va belgisiz kelishiklar haqida ismlar mavzusida gaplashamiz.
3) Bog'lamalarning xarakterli xususiyatilari:
-man, -miz, -san, -siz, -dir, -dir(lar) kabilar bog'lamalar hisoblanadi va ular har doim KESIM tarkibida, ya'ni ot kesim tarkibida qo'llaniladi va o'zidan oldin ega vazifasini bajargan "MEN, BIZ, SEN, SIZ, U, ULAR, O'ZIM, O'ZING, O'ZIMIZ, O'ZINGIZ, O'ZI, O'ZLARI" kabi olmoshlarni talab qiladi(ular matnda qatnashmagan bo'lishi mumkin, Lekin o'rniga tiklash juda oddiy):
Birinchi shaxs birlik: Men eng faol o'quvchi+man.
Birinchi shaxs ko'plik: Biz navqiron Vatanning tayanchi+miz.
Ikkinchi shaxs birlik: Sen ishonchli sirdosh+san.
Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz kelajakning bunyodkori+siz.
Uchinchi shaxs birlik: U go'zallik timsoli+dir.
Uchinchi shaxs ko'plik: Ular eng yaxshi quruvchi + dir(lar).
ESLATMA: -man, -miz, -san, -siz shaxs-son qo'shimchalari hamda -man, -miz, -san, -siz (-dir) bog'lamalari kesim tarkibida qo'llanilishi va biiir xil egalarni talab qilishi jihatidan juda o'xshab ketadi, biroq qanday kesim tarkibida kelishiga ko'ra bir-biridan farqlanadi: -man, -miz, -san, -siz shaxs-son qo'shimchalari har doim fe'l kesim tarkibida keladi. -man, -miz, -san, -siz bog'lamalari esa har doim ot kesim tarkibida qo'llaniladi:
Men shifokorman. (Bog'lama, chunki ot kesim tarkibida kelgan)
Men ishonaman. (Shaxs-son, chunki fe'l kesim tarkibida kelgan)

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish