Fonetika bo’yicha test
1. Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi? A) fonetika. B) grafika. C) morfologiya D) leksikologiya. 2.So’z turkumlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi? A) sintaksis B) grafika C) morfologiya D) orfoepiya. 3. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq qanday nutq shakli hisoblanadi? A) og’zaki nutq B) yozma nutq C) harf D) tovush. 4.O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’izda to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar qanday nomlanadi? A) unli tovushlar B) undosh tovushlar C) nutq tovushlari D) tabiiy tovushlar. 5. Qaysi qatorda lab-tish tovushlari mavjud? A) b, m B) m,p C) v, f D) v, m 6. Tovushning yozuvdagi ifodasi nima deyiladi? A) nutq tovushi B) harf C) unli tovush D) undosh tovush. 7. Qaysi qatorda lab tovushlari berilgan? A) b, m, v, d, t. B) b, p, m, v, f. C) m, v, t, z, h. D) d, t, ng. 8. Til o’rta undoshini aniqlang? A) q, b, m. B) g, v, f. C) y. D) t, sh, ch. 9. Qaysi javobda chuqur til orqa undoshi berilgan? A) q, g’, x. B) b, n, g. C) p, t, k. D) f, s, h. 10. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuvi qanday nomlanadi? A) nutq tovushlari B) harf C) alifbo D) bo’g’in. 11.Qaysi qatordagi so’zda imlo xato mavjud? A) mualif, sumbula, B) muattar, fonetika, C) soat, siyosat D) maosh, muammo.. 12. Og’zaki nutqning bir necha xil talaffuz etiluvchi tovush, qo’shimcha va so’zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi qanday nomlanadi? A) imlo (orfografiya) me’yorlari B) to’g’ri tallafuz me’yorlari C) orfoepiya D) sintaksis. 13. To’g’ri yozish me’yorlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi qanday nomlanadi? A) punktuatsiya B) to’g’ri talafffuz me’yorlari. C) orfoepiya D) orfografiya(imlo me’yorlari). 14. Nutq a’zolari berilgan qatorni aniqlang? A) burun, o’pka, ko’z. B) til, quloq, tish. C) un paychalari, o’pka, bo’g’uz. D) yurak, lab, til. 15.Qaysi qatorda burun undoshlari mavjud? A) b, p, m. B) m, n, ng. C) v, f, k. D) q, g’, x. 16. Quyidagi so’zlardan qaysilarida tutuq belgisi unli cho’ziqroq aytiladi? 1) ma’no; 2) san’at; 3) mo’tadil; 4) in’om; 5) shu’la. A) 1,2,3,4,5 B) 1,5 C) 1,3,5 D) 2,4 17. Kongress so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud? A) 2ta til orqa, 2ta til oldi, B) 2ta til orqa, 4ta til oldi C) 2ta til orqa, 3ta til oldi. D) 1ta til orqa, 1ta chuqur til orqa, 4ta til oldi. 18. Qaysi harfiy birikma batta til orqa undoshini ifodalaydi? A) ng B) sh C) ch D) ts 19. Qaysi qatordagi so’zlarda nuqtalar o’rniga a harfi qo’yilishi lozim? A) z..mon, h..mon B) h..li, h..zir C) k..mil, k..mol, D) q..drdon, z..lim. 20. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima? A) gap hosil qilish B) nutq hosil qilish C) matn hosil qilish D) so’z ma’nosini farqlash. 21. So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nima deyiladi? A) so’z B) gap C) nutq D)fikr. 22. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi bu…. ? A) harf B) nutq tovushi C) undosh tovushlar D) unli tovushlar 23.J va dj undoshlarini to’g’ri tasniflangan qatorini toping? A) J-9 jarangli, til oldi, portlovchi. Dj-9, jarangli, til orqa, sirg’aluvchi; B) J-9 jarangli, til oldi, portlovchi. Dj-9, jarangli, til oldi, sirg’aluvchi; C) J-9 jarangli, til orqa, portlovchi. Dj-9, jarangli, til orqa, sirg’aluvchi; D) B) J-9 jarangli, til oldi, sirg’aluvchi. Dj-9, jarangli, til oldi, sirg’aluvchi; 24. Alifbo deb nimaga aytiladi? A) luga’t tarkibiga. B) nutq tovushlarining ifodalanishiga C) to’g’ri me’yorga D) harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga. 25. O’ unlisini to’g’ri tasniflangan qatorni toping? A) o’rta keng unli, til orqa, lablangan. B) o’rta keng, til orqa, lablanmagan. C) yuqori tor unli, lablangan, D) o’rta keng unli, lablanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |