65 Qaysi qatordagi so‘zlarda i tovushi bilinar-bilinmas talaffuz etiladi? A) bilan, tilim, sira B) tushib, tirnoq, tingla C) qiliq, qiziq, torlik D) tartib, keltiring, kelib
66 Qaysi so‘zlardagi jarangli undoshni jarangsiz juftiga almashtirganda yangi so‘zlar hosil bo‘ladi? A) bir, bol, tong, sut B) bayt, band, dori, dog‘ C) dil, dor, ozod, bob D) darz, sud, azon, yod
67 Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko‘rmassan. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi D) tovush tushishi va almashishi
68 Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y bergan? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush almashishi va orttirilishi D) tovush almashishi
Do'stlaringiz bilan baham: |