Fonetik oʻzgarishlar
Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning
fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar
boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi
tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning
kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat, joylashish)
oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi
natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio—
moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman
moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g' , x)ning talaffuz
etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza
(qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz
tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga
qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya
taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi:
prokop a (
yunoncha
: rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi:
yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning
tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz
oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan,
doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib
krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi
omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) —
unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan
birining tushib qolishi. Mac, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha
sandhi — aloqa, bogʻlanish) — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan
fonetik oʻzgarishlarga ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi
tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya,
mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda
kelgan ikki unlining biri kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi
va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning
anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz
tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum;
brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki
morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk >
kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi yoki
tushib qolishi bilan bogʻliq Fonetik o'zgarishlardan biridir.
[1][2]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. "Fonetik oʻzgarishlar"
OʻzME
.
F-harfi (http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/
O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20F%20harfi.pdf)
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M.,
1998; Jamolxonov H.A., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 2004.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar
Adabiyot