Folklorshunoslikka


 FOLKLORDA MOTIV VA SYUJET



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

1.7. FOLKLORDA MOTIV VA SYUJET
Butunni bilish uchun uni yuzaga keltiruvchi qismlami bilish kerak 
boiadi.  Shu  ma’noda  epik  asarlarning  syujet asosini tashkil  etuvchi 
motivlami  bilmasdan,  ulaming  mohiyatini  anglash  mushkul.  De- 
mak, dastlab «motiv o‘zi nima» degan savolga javob berish lozim.
«Adabiyotshunoslik  terminlarining  ruscha-o  zbekcha  izohli 
lug‘ati»da  «Motiv—syujet  tarkibidagi  halqalardan  biri»,  deyilgan. 
Syujet  asar  mazmunini  tashkil  etgan  voqealar  tizimi  bo  lsa,  motiv 
shu voqelikni yuzaga keltiruvchi asosiy unsur hisoblanadi. Ya ni epik 
asar qurilma-strukturasini motivlarsiz tasawur etish mumkin emas.
Epik  asarlarning  syujet  va  motivi  haqida  mutaxassis  olim- 
laming  qarashlari  turlicha.  Biroq  ko  pchilik  olimlar  rus  olimi 
A N.Veselovskiyning  bu boradagi  fikrlariga asos sifatida tayanisha- 
di. Mazkur olim motivlarning 
s y u j e t n i  
yuzaga keltiruvchi eng asosiy 
bo‘g‘ in ekanini ta’kidlab, «Motivlar birlashib syujet halqasini yuzaga 
keltiradi» -  deydi.  U motivlami syujetning eng kichik bir bo  linmas
boiagi sifatida tahlil etadi.
V.Propp  va  B.Putilovlar  esa  A.N.Veselovskiyning  qarashla- 
rini  rivojlantirib,  motivlarning  hamisha  o‘zgaruvchan  ekanligiga, 
ular  syujetning  kichik  bir  b o iagi  bo  lgan  holatda  uning  o  zi  ham 
boiaklardan, qismlardan tashkil topishiga e tibor qaratadilar.
105
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Motiv syujetning mag‘zidir», -  deydi B.Putilov. Bu o‘rinda oiim 
motivlaming tabiiy evolyutsion jarayonini nazarda tutadi.
Syujetning yuzaga kelishi motiv hilan chambarchas bog‘liq ekan, 
motiv  birlamchi  ekanligiga  hech  shak-shubha  yo‘q.  Eng  muhimi 
esa  har  bir  motivning  syujet  halqasida  qanday  o‘rin  tutishini,  qan- 
day  mazmun  va  mohiyat  kashf  etishini  aniqlash  folklorshunos- 
likning  dolzarb  vazifalaridan  biridir.  0 ‘zbek  xalq  ertak  va  doston- 
lari  tahliliga  bagishlangan  fundamental  tadqiqotlar  mavjud.  Bular 
orasida  H.Zarifov,  M.Saidov,  M.Afzalov,  T.Mirzayev,  K.Imomov, 
X.Egamov,  GMalolov,  B.Sarimsoqov,  A.Musaqulov,  M.Jo'rayev, 
SH.Turdimov  kabi  olimíaming  ishlarini  alohida  ta’kidlab  o ‘tish 
lozim.  Epik asarlarning syujeti, versiya va variantlari, tarixiy asos- 
lari  va  badiiyati  borasida  bu  olimíarimizning  izlanishlari  nazariy 
manba  b o iib  xizmat qilishiga  hech shak-shubha yo‘q.  Biroq shun- 
day  bo isa-da,  birgina N.Do‘stxo‘jayevaning  o‘zbek  ertaklari  tah­
liliga bagishlangan ilmiy ishini istisno qilganda,  epik asarlar struk- 
turasi bizda haligacha yetarlicha o‘rganilgan emas.
Har qanday epik ijod,  birinchi  navbatda, ertak va dostonlar ham 
o ‘z qurilmasiga ega. Motiv esa ana shu qurilmada asosiy o‘rin tutadi. 
Shunday  ekan,  folklor  asarlari  tahlili  motivlar  tahlili  orqali  amalga 
oshm ogi  kerak.  Epik  asarlardagi  motivlami  aniqlash,  har  bir  mo­
tivning boshqa motivlar bilan bogiiq jihatlarini, ichki harakat va xu- 
susiyatlarini, badiiy-estetik vazifalarini tahlil etish folklorshunoslik- 
dagi muhim masalalardan biridir.
M aium ki,  epik  asar  syujeti  albatta  biror  makon  va  zamonda 
kechar ekan, bu harakat, shubhasiz, motivlar harakati orqali amal­
ga oshiriladi. Bizning maqsadimiz esa ana shu motivlar,  xususan, 
tush motivining epik asardagi o‘rni, boshqa motivlar bilan muno- 
sabati, voqelikni yuzaga keltirishdagi tadrijiy rivojini tahlil etish- 
dan  iborat.  Zero,  tush  va tush  rnotivi  epik asarlarda muhim  o ‘rin 
tutadi.
«Alpomish»  dostonining  barcha  variantlarida  biz  tush  motiviga 
duch kelamiz.  Dostondagi voqealar boshlanishida, rivojida va yaku-
106
www.ziyouz.com kutubxonasi


nida kelgan bunday tushlar o‘miga qarab bir-biridan farqlanib turadi. 
Misol uchun dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantida tush motivi 
voqeaning  boshida  va rivojida  keladi.  Qahramon,  ya’ni  Alpomish- 
ning  dunyoga  kelishi.  ulg‘ayishi,  uylanishi,  hayot  qiyinchiliklarini 
yengib,  murod va maqsadiga yetishi tush motivi orqali ochib berila- 
di. Agar  dostondagi tush motivi  tushirib  qoldirilsa,  unda  syujet jid- 
diy  zarar  ko‘radi.  Dostondagi  befarzandlik,  ulg‘ayish,  sinov,  safar, 
uylanish va uyga qaytish motivlari bevosita tush motivi  bilan cham- 
barchas bog‘liq holda keladiki, tush bu o ‘rinda voqealar rivoji uchun 
asosiy poydevor vazifasini o‘taganini ko'ramiz.
Tush  motiviga  xos  boigan  asosiy  xususiyatlardan  biri  uning 
ko‘pincha  boshqa  motivlami  o‘zi  bilan  birga  yetaklab  kelishidir. 
«Alpomish»  dostonida  Alpomish,  Barchin  va  Qorajon  bir  vaqt- 
ning  o‘zida  ayni  bir  tushni  ko‘radi:  «Alpomish  cho‘ponlaming 
qo‘shxonasida uxlab yotdi.  Kechasi fayzi  sahar vaqtiga yetdi,  sahar 
vaqti  cho‘ponlaming qo‘shxonasida yotib  bir tush ko‘rdi.  Izlab  bo- 
rayotgan Barchin yori,  bul  ham  baxmal o‘tovda yotib,  subhi sodiq 
tuqqan  vaqtda bir tush ko‘rdi.  Kas’hal  g‘orida, to‘qson qalmoqriing 
ichida  Qorajon alp ham bir tush ko‘rdi. Uchovining tushi oldin keyin, 
docg‘ulish ko‘rdi».12 Ana  shu tush  motivida butun  doston  voqealari 
oldindan bashorat qilinib, ramzlar tilida bayon qilinadi. Ya’ni doston 
syujetining butun keyingi voqealari rivoji ana shu parchada ko‘rsatib 
beriladi.  Ushbu  motivdan  so‘ng  doston  voqealari  tezlashib,  syujet- 
ning keyingi halqalari uchun vaziyat yaratiladi. Qorajon ana shu tush 
tufayli Alpomish bilan do‘st tutinadi.  Sinovda o‘zi tugishgan akala- 
rining yonida turib  emas, Alpomish tomonda turib davraga tushadi. 
Alpomishning  do‘sti,  sirdoshi,  yaqin  ko‘makchisiga  aylanadi.  Shu- 
ning  uchun ham  ana  shu  tush parchasini  doston  syujetining  «yad- 
rosi» deb qarash mumkin.
O'zbek  dostonlaridagi tush motivi  sinov, uylanish, safar, qaytish 
kabi  keyingi  motivlar  bilan  chambarchas  bog‘langan  holda  keladi.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish