Turli xalqlar folklori oitasidagi aloqalarning bir
necha tiplari mav-
jud b o iib , ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan
xarakterlanadi. Shuning uchun ham folklor asarlarini ilmiy tadqiq
etishning keng tarqalgan va samarali metodlaridan biri “qiyosiy-
tipologik metod” hisoblanadi. “Qiyoslash” deganda muayyan folk
lor janri, epik syujet, motiv yoki obrazni boshqa xalqlar og‘zaki
badiiy ijodi materiallari bilan solishtirib, taqqoslab o‘rganish aso-
sida o ‘zaro o‘xshash hamda farqli xususiyatlarni aniqlash nazarda
tutiladi.
Fransuz olimi Arnold Van-Gennep “Din, odatlar va afsonalar”
nomli besh jildlik asarining 1908-yilda chop ettirilgan 2-jildidagi et-
nografiyaning tarixiy taraqqiyoti haqidagi maqolasida folklorshunos-
likdagi tarixiy va qiyosiy metodlarni bir-biridan
farqlanuvchi usullar
sifatida baholagan. U tarixiy metod hodisalarni muayyan xronologik
tartib asosida baholaydi hamda yozma niateriallardan foydalangan
holda hujjatlilikka tayanadi; qiyosiy metod esa zamoniy va makoniy
jihatdan abstrakt holatda ish ko'radi hamda og'zaki manbalarni ham
jalb qiladi. Har ikkala holatda ham tadqiqot predmeti o‘zgarmasligi
bu metodlar muvaifaqiyatli qoilanilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Jo‘g‘rofiy o'rniga ko'ra bir-biridan olisda joylashgan va lisoniy
mansubiyatiga ko‘ra turli xil tillar oilasiga
kiradigan xalqlar folklori-
dagi poetik elementlar mushtarakligi tipologik o‘xshashlik namunasi
hisoblanadi. X.M. va N.K.Chadviklar polineziyaliklarning madaniy
qahramon haqidagi miflari, Sibirda yashovchi turkiy xalqlar ertak-
lari, antik, qadimgi gennan va
kelt qahramonlik dostonlari, rus ham
da janubiy slavyan eposi syujetini o‘zaro qiyoslab o‘rganish asosida,
tahlil etilgan matnlarning badiiy qurilmasida tipologik mushtarak-
lik mavjudligini aniqlashgan. Ularning fikricha, turli xalqlar folk-
loridagi bunday tipologik mushtaraklik “adabiy an’ananing parallel
rivoji” hamda “turmush tarzi va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlaming
o'xshashligi” natijasida yuzaga keladi.
0 ‘rta asr Yevropa eposi syujetini
turkiy va mo‘g‘ul xalqlari
folklori bilan qiyoslab o‘rgangan G.N.Potanin tipologik aloqalarni
89
www.ziyouz.com kutubxonasi
tizim sifatida tahlil qilish muhim nazariy xulosalar chiqarishga asos
boiishini qayd qilgan edi.
Genetik-kontakt aloqalar nazariyasi Slovak olimi D.Dyurishin to-
monidan ilgari surilgan boiib, milliy adabiyotlardagi mushtaraklik
badiiy tafakkurning tarixiy rivoji hamda adabiv an’analarning o‘zaro
ta’siri doirasida tekshiriladi.
0 ‘zaro adabiy ta’sir yoki adabiy aloqalarning syujet rivo-
jini ta’minlashdagi badiiy-estetik o‘rnini belgilash ham qiyo-
siy folklorshunoslikning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
A.N.Veselovskiyning yozishicha, u yoki bu milliy folklordagi mush-
tarak motivlar o‘z-o‘zidan yuzaga keladi. Ammo motivlar tizimidan
tashkil topgan epik syujetlardagi o ‘xshashlik adabiy o‘zaro ta’sir
natijasida hosil boiishi ham mumkin11. Har qanday adabiy ta’sir va
o ‘zaro aloqalar tarixan asoslangan ijtimoiy zaminga egadir, Ikki xalq
folklorining o‘zaro bir-biriga ta’siri muayyan ijtimoiy zaruratdan
kelib chiqadigan estetik ehtiyojga bogiiq boiadi. Ana shu estetik
qonuniyatlarga suyangan holda dunyo xalqlari folklori epik syujet-
larining 0 ‘rta Osiyo turkiy xalqlari og‘zaki ijodiyotida ommalashish
jarayonini tahlil qilish, obraz va motivlar epik tabiatida ro‘y bergan
fimksional-semantik o ‘zgarishlarni aniqlash mumkin,
A.N.Veselovskiy o‘zining o‘zaro adabiy ta’sir haqidagi qarashla-
rini rivojlantira borib, adabiyotlararo ijodiy munosabatlarning o ‘ziga
xos jihatlaridan biri - “qarshi oqim nazariyasi”ni ilgari surgan edi.
Adabiy jarayonning muhim belgilaridan biri hisoblangan “o ‘zaro
ijodiy o‘zlashtirish deganda qandaydir bo‘shliqda muayyan badiiy
elementning paydo boiishini emas, balki ijodiy an’analaming “qar
shi oqimi”ni, tafakkur usulining o‘xshashligi va olamni fantastik
idrok etish asosida tugilgan obrazlar mushtarakligi nazarda tutiladi”.
Bu nazariyaning tub mohiyati (qolaversa, bu fikr komparatavist-
larning asosiy nazariy xulosalaridan biri ham edi) jahondagi turli-
tuman xalqlar folkloridagi syujetlar genetik jihatdan yagona epik
o‘zakka borib taqalishini asoslashdan iborat edi. Demak, turli xalq-
Do'stlaringiz bilan baham: