Folklorshunoslikka


“kezuvchi  syujetlar  nazariyasi”,  “sayyor  syujetlar  nazariyasi”



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

“kezuvchi  syujetlar  nazariyasi”,  “sayyor  syujetlar  nazariyasi” 
kabi turli xil nomlar bilan ataluvchi mazkur ilmiy yo‘nalish XIX asr­
ning  50-yillaridan  e ’tiboran  G'arbiy  Yevropa  folklorshunosligida 
“migratsion maktab” nomini oldi.
Turli xalqlar epik syujetlarining o'xshashligi birinchi marta “Ka- 
lila va Dimna” masallarini tadqiq etgan fransuz olimi  Silvester de 
Sasi tomonidan aniqlangan edi. U uzoq yillar mobaynida “Panchat- 
antra” ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib  bordi va  1816-yilda “Kalila 
va Dimna” yoki arab tilidagi «Bidpay masallari” nomli kitobni chop 
ettirdi.  S.Sasi buddaviylik aqidalarini targ‘ib etuvchi adabiyotlarni, 
xususan,  budda  kohinlarining  afsona,  rivoyat,  naql  va  masallari­
ni  o ‘rganib,  buddizm  inqirozidan  keyin  bu  ta ’limotning  ma’rifiy-
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


adabiy  merosidan  braxmanlar  foydalanishi  va  “Panchatantra”ning 
shakllanish tarixiga doir qimmatli fikrlar bildirdi.
Garchi  bu  tadqiqotda  epik  syujetlarning  ko‘chishi  xususida  fikr 
yuritilmagan  bo‘lsa-da,  S.Sasining  ilmiy  qarashlarini  davom  ettir- 
gan L.Delonshanning “Hind masallari va uiaming Yevropaga tarqalishi- 
ni  o‘rganish  tajribasidan”  (1848),  V.Vageneming  “Hind  va  yunon 
apologlari  orasidagi  o‘zaro  aloqalar  haqida  ocherk”  (1852)  asarida 
xalq  og‘zaki  badiiy  ijodi  asarlarining  ommalashishida  o‘zaro  ta’sir 
va  madaniy  aloqalar  muhim  rol  o‘ynaganligi  e’tirof etildi.  Bu  ikki 
tadqiqotchi  qadimgi  yunon  masallarining  ma’lum  bir  qismi  Osiyo 
xalqlari folklorining ta’sirida yuzaga kelganligini asoslab, hind ada- 
biyotining ma’rifiy xarakterdagi adabiy janri -  apologlarning yunon- 
lar  tomonidan  o‘zlashtirilishi  natijasida  masal  janri  kelib  chiqqan, 
degan qarashni ilgari surdilar.
L.Delonshanning  hind  apologlari  va  yunon  masallari  orasidagi 
aloqadorlik  to ‘g‘risidagi  gipotetik  qarashlari  taniqli  nemis  filolog 
olimi,  qiyosiy  tilshunoslik  va  hind  filologiyaga  doir  ko‘plab  ilmiy 
asarlar  muallifi,  Gyottingen  universiteti  professori  Teodor  Benfey 
(1809-1881)  tomonidan  yaratilgan  “migratsion  nazariya”ning  kelib 
chiqishiga asos bo‘ldi.
T.Benfey “mifologik maktab” vakillarining folklor asarlari g‘oyat 
qadimiy  asoslarga  egaligi  haqidagi  ilmiy  qarashlarini  ma’qullagani 
holda, “xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining taraqqiyoti o'zaro madaniy 
va adabiy ta’sir jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir”, degan xulo- 
saga  keldi.  U  folkloming  rivojlanishida  milliy  mentalitet va tarixiy 
omillarning ahamiyatini e’tibordan soqit qilganiga qaramay, o‘zining 
hind  adabiyoti  syujetlarining  boshqa  xalqlar  folkloriga  “ko‘chib 
o‘tishi” haqidagi ilmiy qarashlari bilan folklorshunoslik tarixida bu- 
rilish yasadi.
T.Benfey  qadimgi  hind  ertaklari,  naql  va  masallari  to‘plami 
“Panchatantra”(milodiy  I  asr)ni  nemis  tiliga  tarjima  qildi  va  1859- 
yilda  nashr  ettirdi.  Olimning  ana  shu  nashrga  so‘z  boshi  sifatida 
ilova  qilingan  qariyb  600  sahifalik  tadqiqotida  sanskrit  ertaklari
57
www.ziyouz.com kutubxonasi


jahondagi  boshqa  xalqlar  folklorida  mavjud  boigan  epik  syujetlar 
bilan  o‘xshashligiga  ko'plab  dalillar  keltirdi.  Shuning  uchun  ham 
T.Benfeyning ana shu so‘z boshi-tadqiqoti folklorshunoslik tarixida- 
gi “migratsion maktab” nazariyasining boshlang‘ich nuqtasi boidi.
Chunki  T.Benfey  “Panchatantra”  va  Yevropa  xalqlari  ertaklari 
syujet  tizimidagi  o‘xshashlikning  sababini  hind-yevropa  xalqlari- 
ning etnik tarixidagi  mushtaraklik (ya’ni  “mifologik maktab” taraf- 
dorlari  ta’biri  bilan  aytganda,  “hind-yevropa  bobosyujetlari”)dan 
emas, balki bu xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro madaniy-tarixiy aloqalardan 
izlash  lozim,  deb  hisobladi.  Uning  fikricha,  Sharq  madaniyatining 
G ‘arbiy Yevropa xalqlariga ta’siri  bir necha tarixiy  bosqichlarni  o ‘z 
ichiga  oladi.  Iskandar  Zulqarnaynning  yurishlari  va  ellinizm  davri 
(miloddan burungi VIII  asrlar)da amalga oshirilgan savdo-iqtisodiy, 
madaniy  aloqalar  “epik  syujetlarning  ko‘chishi” jarayoni  ro‘y  ber­
gan  birinchi  bosqich  boisa,  arab  isteiochilarining  xuruji  va  salb 
yurishlari  davri  ikkinchi  bosqich  deb  talqin  qilinadi.  T.Benfeyning 
taxminicha,  Osiyo  xalqlari  adabiyotining  Yevropa  folkloriga ta’siri 
sezilarli  darajada  kuchayishi  bilan  xarakterlangan  ana  shu  “ikkin­
chi  bochqich”da  Sharq  adabiyoti  Yevropaga  asosan  uch  yo‘nalish 
bo‘ylab  kirib  kelgan:  1)  0 ‘rta  yer  dengizi  sohillari  mamlakatlari, 
shuningdek,  Ispaniyaning  arablar  tomonidan  iste’lo  etilishi  hamda 
“Mavritaniya madaniyati”ning yuzaga kelishi; 2)  Sharq madaniyati­
ning Yunoniston arxipelagi orqali  Sitsiliya va Italiyaga kirib kelishi;
3)  folklor  asarlari  va  adabiy  syujetlarning  0 ‘rta  va  Kichik  Osiyo- 
dan Vizantiya hamda Bolqon  yarim  oroli  orqali  Sharqiy  Yevropaga 
“Buyuk ipak y o ii” bo‘ylab kirib kelishi.
T.Benfeyning  yozishicha,  “X  asrdan  e ’tiboran  Hindistonga  is- 
lom dinining kirib borishi  natijasida yozma adabiyot og‘zaki badiiy 
an’ana  ustidan  ustunlik  qila  boshladi.  Hind  adabiyoti  namunalari 
arab  va  fors  tillariga  tarjima  qilinib,  arablarning  bosqinchilik  yur­
ishlari tufayli Osiyo, Afrika va Yevropaning turli mamlakatlarida ya- 
shovchi aholi orasida keng yoyila boshlandi”. U hind adabiyoti syu- 
jetlarining Yevropa xalqlari  orasida tarqalishida mo‘g‘ullar  iste’losi
58
www.ziyouz.com kutubxonasi


muayyan  darajada  ahamiyat  kasb  etganligini  ham  e ’tirof  etadi: 
“milodiy  I  asrda  buddaviylik  adabiyoti  bilan  birga  hind  masallari, 
naql va afsonalari aw al Xitoyga, so‘ngra Tibetga kirib borgan. Tibet 
orqali  esa  bu  masal,  naql  va  afsonalar  buddaviylik  aqidalari  bilan 
birga  Mo‘g‘uliston aholisi  orasida tarqalgan.  Bizga  ma’lumki,  hind 
adabiyotining ko‘pgina namunalari  mo‘g‘ul  tilidan tarjima qilingan 
va shu tariqa, hind hikoyatlari mo‘g‘ullaming qariyib ikki yuz yillik 
hukmronligi davrida Yevropaga keng yoyilgan”.
Sharq va G ‘arb xalqlari o ‘rtasidagi adabiy aloqalaming ana shun- 
day murakkab tarixiy-folkloriy tavsifini ilmiy jihatdan dalillaganligi 
uchun  ham  T.Benfey  konsepsiyasi  folklorshunoslik  tarixida  “tari- 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish