Ko‘kcha va dono”, “Ilonning ishi zahar solmoq”, “Hiylagar bedana”
ertaklari syujeti “Kalila va Dimna” hikoyalariga o ‘xshab ketsa,
milodning I asrida vujudga kelib, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va
Tibet xalqlari orasida juda mashhur boigan “Vetalining yigirma besh
hikoyasi” kitobidagi beshinchi hikoya uch og‘a-ini botirlar haqidagi
o‘zbek xalq ertakiarini esga soîadi.
“Sayyor syujetlar” yoki “ko‘chib yuruvchi syujetlar”ning
o‘zbek xaiq ertaklari syujet silsilasini boyituvchi manbalardan biri
boiganligini to‘g‘ri e’tirof etgan G‘.Jalolov qadimgi hind adabiyoti
namunalarining 0 !rta Osiyo xalqlari, jumladan, o ‘zbeklar orasida
tarqalishi interpretatsiya y o ii bilan amalga oshgan, deb hisoblay-
di: “ertaklar qanday boisa, shundayligicha qabul qilinmaydi, balki
ularning ba’zi motivlari qabul qilinib, juda katta o‘zgarishlar (înter-
pretatsiya)ga uchradi. Xalqimiz bu ertaklar motivlarini o ‘z hayoti,
madaniyati, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari, orzu-istaklari
zaminida qayta ishlab chiqdi, o‘z talabiga javob beradigan o‘rinlarni
qoldirib, ba’zilarini
esa batamom qayta ishlab,
original ertaklar dara-
jasiga k o ia rd r.
Ertak syujetlarining shakllanishini asosan “syujetlaming ko‘chib
o ‘tishi” jarayoni bilan bogiiq, deb hisoblagan “migratsion maktab”
vakillaridan farqli oiaroq, G ‘.Jalolovning fikricha, epik syujetlar
quyidagi ikki omil asosida yuzaga kelgan: “o‘zbek xalq ertaklari
syujetming xalqimiz hayoti, dunyoqarashi, urf-odati, milliy xususi-
yati va yashash sharoiti bilan chambarchas bogiiqligi uning o'ziga
xos xususiyatlaridandir. Shuning uchun ham bu ertaklaming syujeti
xalqaro ertak syujetiga monand boiishi, ko‘chib yuruvchi syujet deb
nomlanishidan qat’i nazar, ulax o‘zbek xalqining uzoq asrli juda qa-
dimiy madaniyati bilan bogiiq ho Ida vujudga kelgan”.
0 ‘rta Osiyo turkiy xalqlari ertakchilik an’analari tarixini qi-
yosiy-tipologik nuqtayi nazardan tadqiq etgan folklorshunos olim
X.Egamovning “Sayyor syujetlar” (1975), “Rang-barang olam” .
(1979), “Turkiy xalqlar ertakchilik an’analari aloqalari tarixidan
oeherklar” (1980) kabi asarlarida o‘zbek xalq ertaklari syujet silsilasi
61
www.ziyouz.com kutubxonasi
dagi rolini haddan ortiq darajada bo‘rttirib ko‘rsatishga berilib ke-
tishda ko‘zga tashlanadi. Ular har bir xalq og‘zaki badiiy ijodiyotida
uning milliy mentaliteti, ma’naviy madaniyati, estetik qarashlari,
ruhiy tabiati, etnik mansubiyati va turmush tarzining o'ziga xosligi
ham aks etishini nazardan soqit qilishgan. Qolaversa, foikloming
asosiy g‘oyalari bevosita uning ijodkori bo‘lgan xalq ommasi tomo-
nidan yaratilar ekan, u yoki bu epik syujetning o‘zlashtirilishi folklor
taraqqiyotining asosiy sharti emas, balki ijodkorlikdagi ikkilamchi
holat hisoblanadi.
“Migratsion maktab” vakillari (mas.: V.V.Stasov, V.F.Miller va
boshq.) turli xalqlar folkloridagi uchraydigan mushtarakliklarning
barchasini “adabiy o‘zlashtirish mahsuli” deb qaraydilar. Ammo
folklorda tipologik mushtaraklik ham mavjudligi har qanday
o‘xshashlikni “syujetlarning ko‘chishi” yoki «folklor elementlari-
ning migratsiyasi natijasida yuzaga kelgan holat», deb baholash
to‘g‘ri emasligini ko‘rsatadi. XIX asming oxirlarigacha folklorshu-
noslikda yetakchi yo‘nalish hisoblangan bu ilmiy maktabning shu
kabi kamchiliklari ko‘zga tashlangach, xalq og‘zaki badiiy ijodiyo-
tini tadqiq etishning yangi metodlariga ehtiyoj sezila boshladi. “Mi
gratsion maktab”ning tarixiy-folkloriy jarayon rivojida real hayotiy
voqelik rolini hisobga olmaslik natijasida kelib chiqqan nazariy ka-
mchiliklar “antropologik maktab” ta’limoti tomonidan to ‘g ‘rilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: