Tashkiliy qism: a) salomlashish b) navbatchi va davomatni aniqlash
c) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
d) ma’naviyat daqiqasi o’tkazish
II O’tilgan mavzuni so’rash: a) bo’sh o’zlashtiruvchilar uchun savollar
Ikkidan bir ulushni yana qanday nom bilan ataymiz?
To’rtdan bir ulushni –chi?
Miqdorlarning nimchorak qismi deyilganda qanday ulushi tushuniladi?
200 sonining yarmi,choragi va nimchoragini toping
Foiz deb nimaga aytiladi?
100 ning 40%i necha?
Miqdorning yuzdan bir ulushi bir foiz bo’lsa miqdorning o’zi necha foiz bo’ladi?
Sonning foizi qanday topiladi?
b) faol o’quvchilar uchun savollar
1) 1kg ning 3% necha gramm?
2) O’nli kasrni foizga aylantirish uchun nima qilish kerak?
Misollar keltiring?
3)O’nli kasrni foizga aylantirish uchun nima qilish kerak?
4)Foizni o’nli kasrga aylantirish uchun nima qilish kerak?
5) Tog’ri tortburchaklar yuzalarining necha foizi bo’yalgan?
3) Aks test (berilgan javoblarga ko’ra barch o’quvchilar savol tuzadilar va birinchi guruhdan bittasi ikkinchi guruhga savolni o’qiydi ikkinchi guruh unga javob beradi ikkinchi guruh uchinchi guruhga savol o’qiydi va shu tariqa davom etadi)
a) _________________________________________________________?
A) 1 kg B)10 gr C)1 sr D)100gr
III.Yangi mavzu bayoni
Biz berilgan sonlarning foizini topishni avvalgi darsimizda o’rgandik.
1-masalani ko’raylik Abdurahmon 36 betini o’qib chiqdi bu kitobning 18%ini tashkil qiladi Kitob necha betdan iborat?
Yechish : shartga ko’ra kitobning 18% fozi—36 bet. Unda kitobning bir foizi
36:18=2 betni tashkil qiladi. Endi kitobning barcha betlari sonini ya’ni 100%ini topsak
2 ni 100 ga ko’paytiramiz 2∙100=200(bet)
Demak javob 200 (bet)
Xulosa : Foiziga ko’ra sonni o’zini topish uchun avval shu sonning 1%i topilib so’ngra 100 ga ko’paytirilar ekan
2- misol:Abdullayev bankka 50 000 ming so’m pul qo’ydi. Bank Abdullayevga bu pulni 1 yilda 25% ga ko’paytirib qaytaradigan bo’ldi? Bir yilda uning puli qanchaga ko’payadi.
Yechish: Omonatning 1%i 50 000:100=500 so’m
25%i 500∙25=12500 so’m
Demak,uning omonati 1 yilda 12 500 so’mga ko’payadi va yil oxirida u bankdan
50 000+12 500=62 500 o’m qaytarib oladi
Bir son ikkinchi sonning necha foizini tashkil qilishi qanday topiladi?. Quyidagi masalani ko’raylik
3-masala 300 ga lik dalaning 225 ga si haydaldi dalaning necha foizi haydalgan?
Yechish : dalaning qismi haydalganbu kasrni o’nli kars ko’rinishida ifodalasak
ni hosil qilamiz demak, dalaning 75 ta yuzdan bir ulushi haydalgan yuzdan bir ulush bir foiz ekanini hisobga olsak, 0,75∙100=75%
Ekani kelib chiqadi.
IV. Mustahkamlash: Savol –javob:
Sonningf foiziga ko’ra o’zi qanday topiladi?
25 % i 50 ga teng bo’lgan sonni toping
40%i 60 ga teng bo’lgan son qaysi?
10 %i 56 ga teng bo’lgan son qaysi?
Bir son ikkinchi sonning necha foizini tashkil qilishi qanday topiladi.?
200 soni 500 ning necha foizini tashkil etadi? 250 soni-chi ? 400 soni-chi?
№1111 Dalaning 1%i ga no’xat ekildi.Agar 3,35 gfa yerga no’xat ekilgan bo’lsa, butun dalaning yuzini toping.
Yechish 100∙3,25=325 ga
Javob 325 ga
№1116 bug’doydan 80% un olinadi Agar 440 kg un olinsa qancha bug’doy tegirmonda yanchilgan?
Yechish: 440:80∙100=550kg
V. Uy vazifasi № 1127-1130 masalalar
VI Baholash:darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi rag’bat kartochkalar soni bo’yicha o’quvchilar baholanadi.
Tarqatma materiallar
Iikkidan bir ulushni yana qanday nom bilan ataymiz?
t
Tto’rtdan bir ulushni –chi?
1100 ning 40%i necha?
Miqdorning yuzdan bir ulushi bir foiz bo’lsa miqdorning o’zi necha foiz bo’ladi?
Miqdorning yuzdan bir ulushi bir foiz bo’lsa miqdorning o’zi necha foiz bo’ladi?
6. Foizni o’nli kasrga aylantirish uchun nima qilish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |