Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari.
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko‟rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog‟lab narxlarni tenglashtirish» qoidasini oldinga surgan. Buning ma‟nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste‟moldagi o‟zgarishlar kabi omillarga bog‟liq.
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
Mamlakatlarda mahsulotlarni eksport qilishda ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan foydalaniladi va aksincha, yetishmayotgan ishlab chiqarish omillarini qoplash uchun mahsulotlar importida o‟zgarishlar kuzatiladi.
Ushbu vaziyatlarda xalqaro savdoda «omillar narxi»ning tenglashishi kabi o‟zgarishlar kuzatiladi.
Mahsulotlar eksporti ishlab chiqarish omillarining qo‟shilib ketishi natijasida o‟zgarishi mumkin.
Xeksher-Olin kontseptsiyasida omillar faoliyatining xususiyatlariga bog‟liq bo‟lgan bir nechta vaziyatlar keltirladi.
E. Xeksher va B. Olinlar D. Rikardo kontseptsiyasining davomchilari mahsulotlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatlararo o‟ta qiyin harakatlanishini noaniq baholashgan.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko‟rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya‟ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko‟rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma‟lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‟ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital – intensiv ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo‟lgan mamlakatlar aynan ushbu yo‟nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug‟ullanadigan mamlakatlarda ko‟proq er resurslari kerak bo‟ladi va ular shu yo‟nalishga ixtisoslashgan bo‟ladi.
Xeksher–Olin kontseptsiyasi ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning zamonaviy sharoitlariga moslashtirilgan.
Demping
Demping (ing . dumping — tashlash, tashlama) — tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri. Tashqi bozorda tovarlarning oʻz qiymatidan arzon sotilishidan birlashmalar zarar koʻradi. Bu zarar ichki bozorda sotilgan tovarlardan olingan yuqori foydadan mablagʻ ajratish yoki davlat byudjetidan hamda soliklar hisobidan qoplanadi. D. davlat yoki kompaniya tomonidan kelgusida kutilayotgan zararlarni bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi va bu yoʻl bilan zarur boʻlgan pul valyuta mablagʻlari tezda toʻplanadi.
20-asr boshlarida, Yevropa davlatlarida D. ommaviy tus oldi. 1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida, ayniqsa, keng yoyildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin D. siyosati AQSH monopoliyalari tomonidan muntazam oʻtkazib turildi. D.ning ayrim mamlakatlar tomonidan qoʻllanilishi oʻz nav-batida boshqa mamlakatlarning unga qarshi chora koʻrishiga olib keladi va mol kiritish boʻyicha olinadigan boj summasini oshirishda oʻz ifodasini topadi. Jahon iktisodiy tajribasidan maʼlumki, koʻpgina davlatlarda D.ga qarshi qonunchilik, D.ga qarshi maxsus bojlar amal qiladi. Tariflar va savdo buyicha Bosh kelishuv (hoz. Ja-hon savdo tashkiloti) 1967-yilda xalqaro dempingga qarshi kodeks kabul qildi. Unda D. holatini aniklash va is-botlash tartib-qoidalari, import mamlakat firmalari tomonidan D. natijasida shu turdagi tovarni ishlab chiqaradigan eksport qiluvchi mamlakatlarga yetkazilgan zararni toʻlash yoʻllari koʻzda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |