Tarix fakulteti, Tarix yo’nalishi ________guruh talabasi ___________________________________“xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” fanidan tayyorlagan taqdimot ishi
Florensiya va Venetsiya xalqaro munosabatlar tizimida (XII-XV)
O’rta asrlarga kelib kapitalistik munosabatlar yuqoriga ko’tarilishi, shuningdek mamlakatni birlashtirish g’oyalari yevropa bo’lab tarqalayotgan paytda shimoliy Italiya shaxarlari rivojlanishning cho’qqisiga kelib turgan edi. Iqtisodiy jihatdan kuchaygan shaxarlar endi markazga bo’y sunishni istamas hamda o’zining ta’sirini jadal ortirib borar edi. Shu o’rinda Florensiya va Venetsiya kabi shaharlar yevropa markaziy bozorlariga aylanib ulgurgan va qoidalar bozor egalari tomonidan o’rnatiladigan arajada kuchaygan edi. Florensiya salib yurishlari vaqtida salibchilarni moddiy tomondan doim qo’llagani va yurdam qilib turgani buni yaqqol dalilidir
Yuksak rivojlangan hunarmandchilik, tovar-pul munosabatlarining keng tarqalishi va krepostnoy qaramlikning yo’qolishi Shimoliy va O’rta Italiyada XIV asrda kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishiga olib keldi. Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishi o’rta asrlarda Italiya tarixining muhim xususiyati hisoblanadi. Shahar-davlatlardagi siyosiy vaziyat-hokimiyatni boy popolonlarga yoki savdogar-so’dxo’rlarga o’tishi bunga yordam beradi.

XIV asr boshida tsex tartiblari hunarmandchilikning ilg’or tarmoqlarining keyingi rivojiga to’siq bo’lib qoladi. Tsexlar “katta” va “kichik” tsexlarga bo’inadi, ular orasida ijtimoiy tengsizlik kuchayadi, xalfa va shogirdlarni ishlatish kuchayadi.
Tadbirkorlarni, savdogarlarni, bankirlarni o’z ichiga kiritgan katta tsexlar kichik tsexlarni bo’ysundirib, mayda hunarmandlar va ishchilarni ishlatganlar.