1854-yil Qrim urushi boshlanadi. Bu ko’pgina odamlar uchun sinov vaqti edi. Chunki harbiylarga va askarlarga g’amxo’rlik qiladigan shifokorlarning o’zi yo’q edi. Mana shunday qiyin vaziyatda Naytingel o’zi kabi 38 nafar ko’ngilli rohibalarni olib urush o’chog’iga yo’l oladi. Biroq u borgan vaqtda kasalxonaning ahvoli juda ham achinarli ahvolda edi. U yer bemorlar bilan to’lgan, yopiq yo’laklar, singan xojatxonalar va kalamushlar bilan to’la edi. U yeda na tibbiy anjomlar va na dorilarni topish mumkin edi. Askarlar esa kir polda yotishar, ular uchun ko’rpa-to’shak, toza suv va yemish ham yo’q edi hisob. Shu sabablardan ham kasallik tez tarqalar, bemorlarda o’lim soni 48 foizni tashkil qilardi. O’zining ajoyib metodalari va urinishlari tufayli Florens bu ko’rsatkichni 2 foizga tushirishga muvaffaq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |