Bog'liq 301-guruh Rozikov Javlon PDV larni loyixalashtirish
Informatika o`qitish metodikasi
301-guruh talabasi
Rozikov Javlonbekning
Pedagogik dasturiy vositalarni loyixalashtirish mavzusida tayyorlagan
T A Q D I M O T I REJA
Pedagogik dasturiy vositalar
Pedagogik dasturiy vosita loyihasini ishlab chiqish
Loyixalash
Kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o’quv fani bo’yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo’shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar bu – moʻljallangan obʼyektlarni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni hisoblanadi.
Loyixalash
Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Tayyorgarlik bosqichi;
Pedagogik dasturiy vosita dizaynini ishlab chiqish;
Pedagogik dasturiy vosita uchun ovoz fayllarini tayyorlash;
Integratsiyalashgan muhitda ishlash;
Pedagogik dasturiy vosita yaratish metodikasi.
Loyihalashning birinchi bosqichida pedagogik dasturiy vosita yaratilishi kutilayotgan fanga oid kerakli ma’lumotlar to’planadi. Ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, mavzularga oid barcha adabiyotlar, rasmlar, videolar va taqdimotlar jamlanadi. Loyihalashning ikkinchi bosqichida Adobe Photoshop dasturidan foydalanib bir nechta bo’lajak dezayn ishlab chiqiladi va eng maquli tanlab olinadi. Uchunchi bosqichda pedagogik dasturiy vosita uchun ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari ko’rib chiqiladi. Bu masalani Sound Forge dasturi yordamida hal etish mumkin. Keyingi bosqichda pedagogik dasturiy vosita uchun multimedia mahsulotlarini namoyish etish va yaratish vositalari amalga oshiriladi. So’ngi bosqichda grafika asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligi ta’minlanadi. Pedagogik dasturiy vosita loyihasini ishlab chiqish. Birorta pedagogik dasturiy vosita yaratish uchun avvalom bor fanga oid malumotlar to’planishi kerak. Ma’lumotlarni internetdan olish mumkin. Masalan Axborot texnologiyalari fanidan elektron majmua yaratish kerak bo’lsin.
Buning uchun kompyuterni internetga ulanadi. GoogleChrome dasturi ishga tushuriladi. Qidiruv punktiga kerakli mavzu kiritib Enter tugmasi bosiladi va ma’lumotlar yuklab olinadi.
Qidiruv punkti
Topilgan malumotlar
Internetdan malumot izlash. Axborot texnologiyalari fan dasturiga oid barcha mavzular birma-bir yuklab olingandan keyin rasm, video va boshqa shunga o’xshash ma’lumotlar jamlanadi.
Ma’lumotlar to’plangandan keyin, uning dezayni ishlab chiqiladi. Dizaynni yaratishda rastrli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular qatoriga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator kabilarni kiritish mumkin. Topshiriqqa ko’ra Axborot texnologiyalari fanining elektron majmuasi dizaynini yaratishda Adobe Photoshop eng maqul sanaladi. Ushbu dastur bo’yicha boshlang’ich ko’nikmalar yo’q bo’lsa, u holda Windows va Officening standart dasturlari MS Paint va MS Photo Editordan foydalanish mumkin.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushuriladi. File menyusidan New… bandi tanlanadi. Ochilgan New oynasining Width va Height qismlariga Elektron majmuaning kengligi va balandigi kiritilib OK tugmasi bosiladi. Adobe Photoshop dasturida yangi oyna hosil qilish Yangi bo’sh oyna paydo bo’ladi. Ushbu oynada yaratuvchi o’zining fantaziyasidan kelib chiqib yangi dizayn yaratishi mumkin. Masalan oyna ikki qismga ajratib olinadi va rang beriladi (3-rasm). Buning uchun M tugma bir marta bosiladi, 1 qism belgilab olinadi, G tugma bir marta bosiladi va gradient rangi tanlanadi. Belgilangan qismga sichqoncha yordamida gradient rang beriladi. Ikkinchi qism ham shu ketma-ketlikda bo’yaladi. Birinchi qism
Ikkinchi qism
Elektron majmua uchun dastlabki fon Dizayn yaratilayotganda ta’lim oluvchi o’tkir ranglardan toliqmasiligi, soddaligi, milliyligi, betakrorligi va animatsiyon bo’lishligiga etibor qaratish kerak. Shunday ekan fonga uchta tugma va O’zbekiston xaritasini qo’yish mumkin Buning uchun oldin rasmlar fonsiz holatga keltirib olinadi. Klaviaturadan Ctrl+O tugmalari birgalikda bosilib, rasm turgan papkadan rasmlar yuklanadi. L tugmani bosib rasm chegaralari belgilab olinadi. V tugma bosilib sichqoncha yordamida ajratib olingan rasm dastlabki fonga o’tkaziladi. Tugmalar ham shu tartib olingach quyidagi fon hosil bo’ladi. Endi yozuvlar shrifti va rangi tanlanadi. Yozuv rangi fon rangidan ajralib turishi talab etiladi. Klaviaturadan T tugmasi bosiladi. Yozuv rangi va shrifti xususiyatlar panelida o’zgartirilib kerakli matn kiritiladi Endi struktura ishlab chiqiladi. Bunda MS Word dasturining
Вставка bo’limida joylashgan WordArtdan foydalanish mumkin.
Loyihalashning qolgan bosqichlari pedagogik dasturiy vositani ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!