Fiziologiyasi va gigiyenasi


Bolalarning  o ksish va  rivojlanish  qonuniyatlari:  rivojlanish­



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

Bolalarning  o ksish va  rivojlanish  qonuniyatlari:  rivojlanish­
ning  turli  bosqichlarida  gavda  proporsiyasi.  Bolalar  o ‘sish  va 
rivojlanishining  muhim  qonuniyatlariga,  o'sish  va  rivojlanishning 
bir tekisda kechmasligini va tinimsizliklarim , hayotiy muhim funk­
sional tizim lar va akseleratsiyani. y a’ni  ularni yetilishidan oldin yu­
zaga  keluvchi  hodisalar -  geteroxroniyalarni  kiritish mumkin.
I. 
A.  Arshavskiy  faqatgina  turli  yosh  davrlarida  organizmning 
fiziologik  funksiyalarni  spetsifik  xususiyatlarini  emas,  balki  shax­
siy  rivojlanish  qonuniyatlarini  ham  tushunish  imkonini  beruvchi 
asosiy  omil  sifatida  «skelet  muskullarining  energetik  qoidasini» 
shakllantirdi.  Uning  m a'lum otlariga  k o'ra,  turli  yosh  davrlaridagi 
energetik jarayonlarning xususiyatlari hamda nafas va yurak tom ir­
lar  tizimining  faoliyatining  o'zgarishi  va  qayta  shakllanishi  onto- 
genez jarayonida yuqoridagi a ’zolarga mos  b o ‘lgan skelet m uskul­
larining  rivojlanishiga  bog'liq  bo'ladi.
A. A.  M arkosyan  shaxsiy  rivojlanishining  umumiy  qonunlariga 
biologik tizim lar  ishonchliligini  ham  qo'shishni  taklif etdi.
Biologik  tizim larning  ishonchliligi  deganda,  organizmdagi  ja- 
rayonlam ing  boshqarilish  darajasining,  qaysini  imkonivatdagi 
zaxiralardan  favqulodda  foydalanish  natijasida  yuqoridagi  jara- 
yonlarning  (optimal)  maqbul  holatda  kechishi  ta ’minlanishi  va 
о ‘zaro almashinuvi natij asida yangi sharoitga moslashishini ta ’min- 
lovchi  va juda  tez  ilgarigi  holatga  qaytish  darajasi  tushuniladi.
P.  K.  Anoxin  geteroxroniva  haqidagi  ta ’limotni  (funksional 
tizim larning  notekis  yetilishi)  ilgari  surdi  va  undan  sistemogenez 
haqidagi  ta ’limotning  kelib  chiqishini  tushuntirib  berdi.  Uning 
ko'rsatishicha  funksional  tizim lar  deganda  turli  lokalizatsiyalan- 
gan  tuzilm alarni  keng  ko'lam dagi  funksional  jihatdan  q o ‘shilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


natijasida  aynan  shu  paytda  olinadigan  oxirgi  moslashish  samara- 
si  (masalan.  nafas  olish  funksional  tizimi.  tananing  bo'shliqdagi 
harakatini  ta'm inlovchi  funksional  tizim  va  h.  k.)  tushuniladi.
Funksional  tizim.  tuzilish jihatidan juda  murakkab va o 'z   ichiga 
afferentli  sintez,  qaror  qabul  qilish,  o 'z-o 'zid an   harakat  qilish  va 
uning  natijasi,  effektor a ’zolardan qayta afferentatsiva  va.  nihoyat, 
akseptorli  ta'sir,  kutilgan  natija  bilan  olingan  samaralarni  qiyos- 
lashlarni  qamrab  oladi.
Afferentli  tahlil.  o 'z   ichiga  asab  tizimiga  tushadigan  turli  tur- 
dagi tahlil  qilingan axborotlarni.  tahlil  qilinganlarni  qayta ishlashni 
oladi.  Tushayotgan  axborotlarni  tahlil  va  umum lashtirish  natijalari 
avvalgi  tajribalar  bilan  solishtiriladi.
Akseptordagi  harakat  bo'ig 'u si  harakat  modeli  sifatida  shakl- 
lanadi.  boMg'usi  natijalarni  oldindan  aniqlash  yuz  beradi  va  aniq 
natija  bilan  ilgari  shakllangan  model  solishtiriladi.
Funksional  tizim lar notekis yetiladi, ontogenetik rivojlanishning 
turli  davrlarida  organizmning  moslashishini  ta'm inlab  bosqich- 
ma-bosqich  qo'shilib.  almashinib  turadi.
Tuzilmalar birgalikda tu g'i 1 ish oldidan  hayotiy muhim vazifalar- 
ni bajaruvchi funksional tizimlarni tashkil qilib, ular hosil bo'ladi va 
tanlanib  hamda tezlashgan  holda yetiladi.  Masalan,  og'izning ayla- 
na  muskuli  yuzning  boshqa  muskullari  innervatsiya  qilinishidan 
oldinroq.  tezlashgan  holda  innervatsiya  qilinadi.  O g'izning  aylana 
muskullaridan  tashqari  boshqa  muskullar  va  emish  aktini  bajari- 
lishini  ta'm inlovchi  markaziy  asab  tizimining  boshqa  tuzilmalari 
ham  tezlashgan  rivojlanishga  uchravdi.  Q o'lning  barcha  nervlari 
orasida  eng  avval  ushlash  refleksida  ishtirok  etuvchi  muskullarni 
qisqarishini  barmoqlarni  bukilishini  ta'm inlovchi  nervlar  bunday 
to 'la   qiymatli  funksional  tizimlarni  tashkil  qiluvchi  m orfologik 
hosilalar,  ya'ni  yangi  tug'ilgan  bolalarning  yashashini  ta'm in lo v ­
chi  morfologik tanlanib  va tezlashib  rivojlanishi  sistem ogenez deb 
ataladi.
Sistemogenez  rivojlanishning  umumiy 
qonuniyati 
bo'lib, 
aynan  em brional  rivojlanish  bosqichida  yaqqol  namoyon  bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lekin  funksional  tizim larning  geteroxronli  yetilishi  va  bosqich- 
ma-bosqich q o ‘shilishi hamda almashinishi shaxsiy rivojlanishning 
boshqa  bosqichlari  uchun  ham  xarakterlidir.
Odam  organizmida  u  tu g ‘ilganidan  told  o iim ig a   qadar  uning 
hayotining  turli  davrlarida tuzilishning  maxsus  xususiyatlari,  bio- 
kimyoviy jarayonlar,  organizmning  to i iq   yoki  uning  ayrim  tizim- 
larining  funksiyalarini  o'zgarishi  qayd  qilinadi.  Bu  o'zgarishlar 
m a ’lum darajada o'sish va rivoj lanishning bosqichlarini  aniqlovchi 
irsiy  omillar  bilan  ta ’min  etiladi.  Ammo  bu  irsiy  omillarning  na­
m oyon  bo'lishi  uchun  hal  qiluvchi  ahamiyatga,  yoshga  oid  xusu- 
siyatlarni  shakllanishida  oziqlanish  va odamlarning  ijtimoiy  hayo­
tining mohivatini  tashkil  qiluvchi  o'qitish va tarbiyalash hayotning 
gigiyenik sharoitlari, bolaning odam lar bilan muloqoti, jism oniy va 
mehnat  faoliyati  va  boshqa  omillar  egadir.
Odamning  hayoti  -   bu  rivoj lanishning  uzluksiz  jarayonidir. 
Dastlabki  qadam  va  harakat  funksiyalarining  kelgusi  rivojlanishi, 
bolaning  boshlab  gapirgan  so'zi  va  nutq  funksiyasining  rivojla­
nishi,  bolaning  ovqat  hazmi  va  o'sm irlik  davrida  jinsiy  yetilish, 
markaziy  asab  tizimining  tinimsiz  rivojlanishi,  reflektor  faoliyat- 
ning  murakkablashuvi,  bularning  hammasi  organizmning  uzluksiz 
o'zgarishidan  keltirilgan  ayrim  misollardir.
Bola  organizmining  o'sish jarayoniga  taalluqli  xususiyatlardan 
bo'lib,  uning  notekisligi  yoki  geteroxronizm  va  toiqinsim onligi 
hisoblanadi.  O 'sishning tezlashgan  davrlari  uning biroz  sekinlashi- 
shi  bilan almashadi.  Bola organizmining o'sish  dinamikasini grafik 
kuzatishlarda bu qonuniyat juda yaqqol  nam oyon bo'ladi  (1-rasm).
Bola  o'sishining  ancha  jadallashgan  davri  hayotining  birinchi 
yilida  va jinsiy  yetilish davrida,  y a ’ni  11-15  yoshlik  bo'lgan payt- 
larga  to 'g 'ri  keladi.  Endi  tug'ilgan  bolaning  bo'yi  50  sm  bo'lgan 
bo'lsa,  bir yoshning  oxiriga  kelib  75-80  sm  ga yetadi,  y a ’ni  50  % 
dan  ortishi  kuzatiladi,  gavda  og'irligi  esa  uch  martaga,  y a ’ni  yan­
gi  tug'ilgan  bola  bor  y o 'g 'i  3,0-3,2  kg  bo'lsa,  birinchi  yil  oxiriga 
kelib  9,5-10.0  kg  gacha yetadi.  Keyingi  yillarda jinsiy  voyaga ye- 
tish davrigacha o'sish tezligi pasayadi va o 'rtacha viliga  1,5-2,0 kg 
qo'shilsa,  b o'y  uzunligi  4,0-5,0  sm  ga  o'sadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1-rasm.  Yoshga  bog'liq  holda  tana  proporsiyalarining o'zgarishi.
O 'sish  tezligining  ikkinchi  marta  sakrashi  jinsiy  yetilish  davri- 
ning boshlanishi bilan bog'liq  bo’lib.  bo'y uzunligi  bir vilda 7-8  sm 
ga  hatto  10  sm  gacha ortadi.  Vaholanki  11-12  yoshda qizlar o 'sish 
bo'yicha  o 'g 'il  bolalardan  bo'ydorroq  boiadilar.  13-14  yoshda 
ularning  bo'ylari  deyarli  bir  xil  bo'lsa.  14-15  yoshga  borib  esa 
bo'yi  bo'yicha o 'g 'il  bolalar qizlardan  o'tib  ketadilar va bu ortiqlik 
butun  hayot  davomida  saqlanib  qoladi.
Yangi  tug'ilish davridan to  to 'lig 'ich a voyaga yetish yoshigacha 
tana uzunligi -  3,5  marta. gavda uzunligi -  3  marta, qo 'llar uzunligi
-  4,5  marta,  oyoqlar uzunligi  esa  5  marta ortadi.  Yoshga qarab tana 
proporsiyasi ham  kuchli  almashadi.
Yangi  tug'ilgan  bola  voyaga  yetgan  odamlarga  nisbatan  oyoq- 
larning  kaltaligi,  gavda  va  boshining  kattaligi  bilan  farq  qiladi. 
Yangi  tug'ilgan  bola  boshining  balandligi  gavda  uzunligining 
1/2  qismini,  2  yoshli  bolada  1/5.  6  yoshda  1/6.  12  yoshda  1/7  va 
voyaga  yetgan  odam larda  1  8  qismini  tashkil  qiladi.  yosh  o'tishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


biian  bosh  o'sishi  sekinlashib,  oyoqlariniki  esa  tezlashadi.  Jinsiy 
yetilish  davri  boshlanguniga  qadar  (pubertatoldi  davri)  gavda pro- 
porsiyalarida jinsiy  farqlar kuzatilmaydi, jinsiy yetilish davrida esa 
(pubertat  davri)  o'sm irlarning  oyoq  qo'llari  qizlarnikiga  nisbatan 
uzunroq,  gavda  kaltaroq,  chanoq  suyagi  torroq  bo'ladi.
Gavdaning  uzunligi bilan kengligi orasidagi proporsiyalar farqi- 
ni  uch davrga  bo'lish mumkin:  4  yoshdan 6 yoshgacha;  6  yoshdan 
15  yoshgacha  va  15  yoshdan  voyaga  yetgan  holatgacha  bo'lgan 
davrlar. A garda pubertatoldi  davrida umumiy  o'sish,  asosan,  oyoq- 
larning  o'sishi  hisobiga  ortsa,  pubertat  davrda  esa gavdaning  hiso­
biga  ortadi.
Tananing  ayrim  qismlarini  hamda  ko'plab  boshqa  a'zolarning 
ham  o'sish  tasviri  tananing  uzunligini  o'sish  chizig'i  bilan  mos 
keladi.  Lekin  ayrim  a'zolar  va  tananing  qismlarida  o 'sish  boshqa- 
cha tipda  bo'ladi,  masalan, jinsiy  a ’zolarning o'sishi jinsiy  yetilish 
davrida  tezlik  bilan  yuz  beradi,  limfatik  to'qim alarning  o'sishi  bu 
davrda  tugagan  bo'ladi.  4  yoshli  bolalarda  boshning  o'lcham lari 
voyaga  yetgan  odam lar  bosh  oTchamining  75-90  %  ga  yetadi. 
Skeletning  boshqa  qismlari  4  yoshdan  keyin  ham  jadal  o'sishda 
davom  etadi.
Jinsiy  yetilish  davrida  faqatgina  jadal  o'sishgina  yuz  bermay, 
balki  ikkilamchi jinsiy  belgilarning  shakllanishi  ham jadal  davom 
etadi.
Organizmning  ayrim  tizim larining  o'sish   jarayonida  getero- 
xroniya hodisasi faqatgina ularning o'sish tezligini oshirish paytida 
kuzatilmaydi.  Fiziologik  tizim larning  ayrim  qismlari  ham  notekis 
yetiladi.
Asab tizimi  doimo  yaxlit bir butun holda faoliyat ko'rsatadi,  le­
kin uning ayrim  qismlari  turli  m uddatlarda va turli tezlikda rivojla­
nadi  va  shakllanadi.  Masalan,  asab  tizim ining  markazga  intiluvchi 
yoki afferent tolalari, y a ’ni  tananing periferik qismidan impulslarni 
markaziy asab tizim iga olib boruvchi qismi bola tug'ilishidayoq ye- 
tarlicha shakllangan b o ’ladi  va 6 -7  yoshda to 'liq  va oxirigacha ye­
tiladi.  Shu  bilan birga,  asab tizim ining  markazdan qochuvchi,  yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi


efferent, v a'n i markaziy asab tizim idan  impulslarni  ishchi  a'zolar -  
muskullar va bezlarga olib  boruvchi  qismi  faqatgina 23-25  yoshga 
kelib to iig 'ic h a  yetiladi.
O lis h n in g   notekisligi  -   bu  evolutsiya  davomida  shakllangan 
moslashishdir.  Hayotning  birinchi  yilida  tananing  uzunasiga ju d a 
tez  o'sishi  tana  o g ‘irligining  ortishi  bilan  bog'liq  b o is a ,  kelgusi- 
yillarda o'sishning sekinlashishi  a'zolar. to'qim alar, hujayralarning 
faol  tabaqalanish  jaravonlarini  nam oyon  b o iish i  bilan  ta 'm in la­
nadi.
Yuqorida  qayd  qilganimizdek.  rivojlanish  morfologik  va  funk­
sional  o'zgarishlarga  olib  kelsa.  o'sish   esa  to'qim alar,  a'zolar  va 
butun  tananing  og'irligining  ortishiga  olib  keladi.  Bola  m o'tadil 
rivojlanganda bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy b o g ian g an  bo'ladi. 
Ammo,  o'sishning jadal  davri  tabaqalanishning jadal davrlari  bilan 
mos  kelmasligi  mumkin.
Kuchli  tabaqalanish  o'sishning  sekinlashishini  chaqiradi.  Bosh 
va orqa miyalarning  massasining o'sishi,  asosan, bola 8-10  yoshga 
yetganida  deyarli  voyaga  yetgan  odam nikiga  tenglashib  tamomla- 
nadi,  asab  tizimining  funksional jihatdan  takomillashishi  yana  an­
cha uzoq  muddat  davom  etadi.
Harakat  analizatorlarining  yetilishi  qator  harakat  funksiyalarini 
takom illashishi  bosqichlarini  bosib  o'tganidan  keyin,  asosan.  13- 
14  yoshda  tugaydi.  Shu  bilan  birga,  15-18  yoshlar  davom ida  m u­
skul  to'qim alarining yana jadal  o'sishi  va tabaqalanishi  yuz beradi.
Rivojlanishning geteroxroniyasi tezlashgan va tanlangan o 'sish ­
ning  va ontogenezning  aynan  shu  bosqichida  barcha a'zolarga nis­
batan  organizm  uchun  zarur  b o ig a n   tuzilm alarning  va  ularning 
funksiyalarini  tabaqalanishini  ta'm in   etadi.
Avrim  morfologik  hosilalarning  yoki  funksiyalarning  rivojla- 
nishini  qiyosiy jihatdan  o'rganishda  kuzatiladigan  geteroxronizm, 
bola  organizmining.  uning  hayotining  avrim  bosqichlaridagi  gor- 
monik  rivojlanishni  yo'qolishini  yoki  buzilishini  ko'rsatkichi  hi- 
soblanmaydi.  Har  bir  yosh  davrlariga  xos  b o ig a n   xususiyatlar  bi­
lan  bir  qatorda  rivojlanishning  shaxsiy  xususiyatlari  ham  o 'zgara
www.ziyouz.com kutubxonasi


boradi.  Bu  xususiyatlar  salomatlik,  hayot  sharoiti  asab  tizim ining 
rivojlanish  darajasiga  b o g iiq   holda  o'zgarib  turadi.  Rivojlanish- 
dagi  keskin xususiy  o'zgarishlar,  odatda,  hayotning  birinchi  yilida, 
qachonki  ular tug 'm a xususiyatlar va tarbiyalash sharoiti  bilan bir­
ga  b o ig a n d a   namoyon  b o ia d i.

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish