Fiziologiyasi va gigiyenasi



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

12. 4. Uglevodlar almashinuvi
Uglevodlarning organizmdagi roli. 
Odam hayoti davomida
10 tonnaga yaqin uglevodlarni iste’mol qiladi va ular organizmga 
asosan kraxmal shaklida tushadi. Ovqat hazmi traktida glukozaga-
www.ziyouz.com kutubxonasi


cha parchalangan uglevodlar qonga so'riladi va hujayralar tomoni- 
dan o'zlashtiriladi. Ayniqsa. uglevodlarga non. yormalar, sabzavot 
va m evalar kabi o'sim lik oziqalar ju d a boy. Hayvonot dunyosi 
mahsulotlari (sut bundan mustasno) juda kam miqdorda uglevodlar 
saqlaydi.
Uglevodlar. ayniqsa. kuchli jism oniy ish bajarganda energiya- 
ning asosiy manbayi hisoblanadi. Voyaga yetgan odamlarning 
organizmi uchun zarur bo'lgan energiyaning yarmidan ko'pini 
uglevodlar hisobidan oladi. Uglevodlar parchalanishi natijasida 
energiyaning hosil bo'lishi ham kislorodsiz muhitda, ham kislorod 
ishtirokida amalga oshishi mumkin. Kislorodli muhitda uglevodlar 
parchalanishining oxirgi mahsuloti bo 'lib karbonat angidrid gazi va 
suv hisoblanadi. Uglevodlar boshqa organik moddalarga nisbatan 
juda tez parchalanadi va oksidlanadi.
O g 'ir musobaqalar paytida kuchli charchagan paytida bir necha 
bo'lak qand iste'm ol qilinsa. organizmning holati vaxshilanadi.
Qon tarkibida glukozaning miqdori nisbatan doimiy darajada 
(110 mg %) saqlanib turiladi. Glukoza miqdorining kamayishi tana 
haroratining pasayishini chaqiradi. asab tizimi faoliyatining buzi- 
lishiga. holsizlanishga olib keladi. Qon tarkibidagi qand m iqdori­
ning doimiy darajasini ta'm inlashda jigar katta rol o'ynaydi. Gluko­
za miqdorining ortishi uning jigarda zaxira hayvon kraxmali - gli- 
kogen shaklida o'tirishini chaqiradi. Qon tarkibidagi qand miqdori 
kam ayganida jigar tom onidan glikogenning glukozaga aylantirili- 
shi yuz beradi. Glikogen faqatgina jigarda hosil b o ‘lmasdan. balki 
muskullarda ham hosil bo'ladi va u yerda 1-2 % gacha jam lanishi 
mumkin. Glikogenning jigardagi zaxirasi 150 g gacha yetadi. Och- 
lik paytida va jismoniy ish bajarganda bu zaxiralar kamayadi.
Agarda qon tarkibidagi qandning miqdori 0,175 gacha ortsa. u 
organizmdan siydik bilan chiqariladi. Odatda, bu holat ovqatlar bi­
lan katta miqdorda uglevodlar qabul qilganda yuz beradi. Shundav 
bo'lsada qondagi qandning miqdori o 'z holiga qaytib tenglashadi.
Lekin qon tarkibidagi qandning miqdori turg'un holda ko'taril- 
gan - oshgan bo'lishi mumkin. bu esa sekretsiya bezlari faoliyati 
buzilganida (ayniqsa, m e'daosti bezi) yuz beradi, chunki bu qandli
www.ziyouz.com kutubxonasi


diabetning rivojlanishiga olib keladi. Bu kasallik paytida to'qim a- 
lar qandning o'zlashtirish xususiyatini y o ‘qotadi hamda uni gliko- 
genga aylantirish va jigarda jamlanishi ham buziladi. Shu sababli 
qondagi qandning miqdori doimo ko'tarilgan, bu esa uning siydik 
bilan kuchli ajralishini chaqiradi.
Glukozaning organizm uchun ahamiyati uning energiya man- 
bayi ekanligi bilan tamom b oim ayd i. U sitoplazm atarkibiga kiradi 
va demak, ayniqsa, o'sish davrida yangi hujayralar hosil bo'lishi 
uchun zarur. Uglevodlar nuklein kislotalar tarkibiga ham kiradi.
Uglevodlarning markaziy asab tizimidagi moddalar almashinu- 
vida ham ahamiyati ju d a kattadir. Qon tarkibida qandning miqdori 
keskin kam ayganida asab tizimi faoliyatida keskin buzilish kuzati- 
ladi. M uskullarning tortilishi, alahsirash, hushini yo'qotish, yurak 
faoliyatining o'zgarishi boshlanadi. Agarda bunday odamning qo- 
niga glukoza kiritilsa yoki odatiy qand yedirilsa. m a’lum muddat- 
dan keyin bu o g 'ir sim.ptoml.ar yo'qoladi.
Ovqatlar tarkibida qand yoki uglevodlar bo'lm aganida ham qon- 
da qand yo'qolm avdi. chunki organizmda oqsillardan va yog'lar- 
dan ham uglevodlar hosil b o ia d i.
Turli a'zolarning glukozaga bo'lgan talabi har xil. Masalan. jigar 
o'ziga kelgan glukozaning 12 % gacha bo'lgan miqdorini ushlab 
qolsa, ichaklar - 9 %, muskullar - 7 %, buyraklar - 5 % ushlab qola- 
di. Taloq bilan o'pkalar umuman glukozani o'zida ushlab qolmaydi.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish