tajribalari) va klinik kuzatishlar shundan guvohlik beradiki, hayvon yoki
odam ning biror ta ’sirga ijobiy yoki salbiy m unosabatini izhor qiladigan
emotsional reaksiyalarida limbik sistema va ayniqsa, gippokamp bevosita
qatnashadi. Bu reaksiyalarda retikulyar form atsiya va bodom sim on
yadrolar juda muhim ahamiyat kasb etadi, ular bilan gippokamp o'rtasidi
ikki tom onlam a nerv aloqalari ko'p. Yuqorida aytilgan tuzilm alarning
ham masi birgalashib ishlab, qidirish, jinsiy him oyalanish va boshqa
murakkab biologik reaksiyalarning boshqarilishini ta’minlaydi.
73. MNT mediatorlari va ularning fizialogiyasi.
Markaziy nerv tizimida postsinaptik membranani giperpolyarlovchi yoki tormozlovchi
mediatorlik vazifasini aminokislotalar, serotonin, gamma-aminomoy kislota bajaradi.
74. Gipotalamus. Gipofiz fizialogiyasi.
Gipotalamusda ADG va oksitotsin ishlab chiqaruvchi yirik neyrosekretor hujayralardan
tashqari mayda asab hujayralardan iborat gipofizotrop soha ham mavjud. Bu sohadagi kichik
neyrosekretor hujayralar adenogipofizdan garmonlarning sintezlanishi va qonga òtishini
tezlashtiradigan rilizing garmonlarni va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillarni
ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni portal tomirlardagi qon yetkazadi. Garmonlar ishlab
chiqaruvchi gipotalamus neyronlariga bir vaqtning òzida sekretor va nerv hujayralari
funksiyalari hosdir. Bu hususiyat shundan iboratki, garmonlar sekretsiyasi jarayonida nerv
hujayralarida qòzĝalish tufayli yuzaga keladigan harakat potensiali kabi biotoklar paydo
bòladi. Bez hujayralardagi sekretsiya esa xech qachon potensiallarni yuzaga keltirmaydi.
Umuman gipotalamus ikki turdagi, yani asab va gumoral boshqarilishlarni òzaro boĝlab
turadi. Undagi neyronlar endokrin hujayra sifatida gormonlarni sintezlaydi va bundan
tashqari ularning aksonlari miyaning qòl qisimlariga impuls yetkazadi.
Gipofiz oldingi bòlagi funksiyasining boshqarilishida gipofizning qon bilan taminlanish
muhim òrin tutadi. Gipotalamik sohadagi kapillyarlardan oqib ketadigan qon gipofizdagi
darvoza tomirlariga kelib, undagi hujayralarni yuvib òtadi. Gipotalamik sohada bu kapillyarlar
atrofida nerv tòri mavjud bòlib, u nerv hujayralari òsimtalardan tashkil topgan. Bu tuzilmalar
orqali gipotalamusdagi hujayralar neyrosekretsiyasi mahsulotlari qonga òtib, qon oqimi bilan
gipofiz oldingi bòlagining hujayralariga yetkazadi va ularning funksiyasini òzgartiradi. Gipofiz
3 bòlakdan tashkil topgan: Oldingi ( adenogipofiz), orqa ( neyrogipofiz), oraliq.
Do'stlaringiz bilan baham: